Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o‘rgatish



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə38/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o‘rgatish.
Maktabgacha ta’lim muassasasida applikatsiya mashg‘ulotlari birinchi kichik guruhdan boshlab olib boriladi. Bu guruhda barcha mashg‘ulotlardagi kabi bolalar kattalar tomonidan qilib berilgan tayyor shakllarni qog‘ozga to‘g‘ri, turli xil joylashishda terib chiqib va yopishtirishga qaratilgandir. Bu guruhda asosiy vazifa – bolalarni yelimlash usullarini o‘rgatish hisoblanadi. Kattalar uchun oddiy hisoblangan bu malaka qator harakatlarni ketma-ket bajarishdan iborat bo‘ladi, ya’ni mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlab, unda ozgina yelim olish, shaklni teskarisi bilan qo‘yib, yelimni butun shaklga tekis qilib surib chiqish, surayotgan chap qo‘lining barmog‘i bilan shaklni tutib turish, so‘ng mo‘yqalamni ehtiyotkorlik bilan qo‘yib, shaklni sekin rang tomoni bilan o‘girib, qog‘oz varag‘ining kerak joyiga qo‘yish va salfetka yordamida sekin bosish, chekkalaridan chiqib ketgan ortiqcha yelimni sekingina artib olish. Bu yoshdagi bolalarga ana shu harakatlarni egallab olish, albatta oson emas. Eng sodda shakl – kvadrat va doira, shuning uchun ishni shu shakllardan boshlash lozim.
Yil davomida bolalar shu shakllarni nomini to‘g‘ri aytishni egallab olishlari lozim. Lekin butun yil davomida o‘tkaziladigan applikatsiya mashg‘ulotlarida faqat shu shakllar bilan kifoyalanib qolib bo‘lmaydi. Bu guruhda bolalarda dastlab bir, keyin 2-3 qismdan tuzilgan predmetlarni (qo‘ziqorin, bayroqcha, qorbobo, uy) yopishtirishga o‘rganadilar. Shuningdek, yil oxiriga borib bolalar olti-yetti xil rangni: qizil, ko‘k, sariq, yashil, jigarrangni to‘g‘ri aytib berishlari lozim. Bu guruh bolalariga qaychi berilmaydi, chunki bolalarning qo‘l harakati yetarli taraqqiy etmagan va hali o‘zini boshqarish nazorati yetarli bo‘lmaganligi sababli bolalar qo‘lidagi qaychi xavf tug‘dirishi mumkin.
Kichik guruhda bolalarni applikatsiya qilishga o‘rgatishida ish uchun beriladigan materiallar va mashg‘ulotni tashkil etish katta ahamiyatga egadir. Materialning rangi bolalar diqqatini tortib ularni chalg‘itadi. Shuning uchun dastlabki mashg‘ulotlarda material alohida paketlarda, tushuntirilib bo‘lgandan so‘ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo‘lganidan so‘ng material tarqatilib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda kesmaga terib chiqadilar. Tarbiyachi dastlab elementlarni qo‘yib chiqilganini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga yelim ishlatish uchun ruxsat beriladi.
Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatishda namuna bilan birgalikda olib borish kerak. Namunani ko‘rsatish jarayonida tarbiyachi shaklning rangini aniq atash va barmog‘i bilan uni ko‘rsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko‘rsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan ishni bajarilishini ko‘rsatib berilishi, bolalarni turli malaka va o‘quvini vujudga kelishida muhimdir. Shuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko‘rsatib boradi. Qanday shaklni oldi, qanday ushlab yelim surtadi va boshqalar. Tarbiyachi o‘zining har bir harakatini so‘z bilan birgalikda olib boradi.
Kichik maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar esa tayyor shakllarni va ularning rangini bir-biriga moslab, tanlab yopishtiradilar. Juda yaxshi estetik effekt bilan qilingan ishlar, ayniqsa dekorativ bezaklar guruh xonasini bezatish mumkin. Shunday qilib, olib borilgan tekshirish ishlari shuni ko‘rsatadiki, yaxshi uyushtirilgan appilikatsiya mashg‘ulotlari, bolalarni boshqa mashg‘ulotlarga, dekorativ, predmetli va mazmunli mashg‘ulotlariga ijobiy ta’sir etadi. Bolalarda sensor madaniyat oshadi, qo‘l bilan tahlil qobiliyati o‘sadi va badiiy didlari shakllanadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin