Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI APPLIKATSIYA ISHLARIGA O’RGATISH



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə36/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

7. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI APPLIKATSIYA ISHLARIGA O’RGATISH.

Tasviriy faoliyat metodikasida rasm solish, loydan buyum yasash metodikasi bilan bir qatorda applikatsiya ham asosiy turlardan biri sifatida maktabgacha ta’lim muassasasi dasturiga kiritilgan. Applikatsiya mashg‘uloti bolalarni har tomonlama o‘sishida katta ahamiyatga ega. U bolalardagi hayolni uyg‘otadi, ijodni tug‘diradi, kuzatuvchanligini faollashtiradi, diqqat va tasavvurini, irodasini tarbiyalaydi, qo‘l malakasini rivojlantiradi, shaklni sezishni, mo‘ljallay olish, rang sezish hissini rivojlantiradi.


Olimlar fikricha, insonlar eng kuchli rang sezishda 1300 xil rangni ajrata oladilar. Demak, bolalarda ranglarga nisbatan qiziqishni uyg‘ota olsak, atrofimizdagi olam, ranglar jilosi haqidagi tushunchalari kengayadi. Rang sezishni o‘stirish orqali bolalarda estetik tarbiya qobiliyati tarbiyalanadi. Qirqish texnologiyasini egallagan holda qog‘ozdan predmetli, mazmunli, dekorativ applikatsiya, quritilgan o‘simlikdan, somondan applikatsiya bajaradilar.
Applikatsiya haqida ma’lumot.
Applikatsiya so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «joylashtirish» degan ma’noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turi. Applikatsiyada ishlatiladigan ashyo o‘ziga xosligi bilan ajraladi. Qog‘oz, somon, quritilgan o‘simlik o‘ramga joylashtirilib, turli xil yelim bilan yelimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq – ularda esa tiqiladi. Applikatsiya bir xil rangda yoki rangli bo‘ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko‘p ranglisi esa go‘zallik. Uni ham buni ham badiiylik desa bo‘ladi. Applikatsiya chamalash va buyumni hajmiy tasvirlash harakterida bo‘ladi.
Rang applikatsiyani ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir. Shuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uyg‘unlashuviga e’tibor qaratish, ularning mos tushishi, hayoliy va dekorativ kompozitsiyaning ifodaliligi, garmoniyasini izlab topishdir. Applikatsiya bolalarda qog‘ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi. Bola tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individual belgisini ko‘ra olishiga o‘rgatadi, ularni o‘zaro bog‘liqligi, butun, qismlar, ritm, simmetrik chamalash rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma-bosqich ko‘rsatish malakasini ko‘rsata oladi.
Applikatsiya badiiy ishlarni oddiy va mos vosita orqali xaqqoniy asosni saqlagan holda amalga oshiruvchi faoliyatdir. Masala: mustaqil asar, pannolar, surat, plakat. Suratli tasvirda elementar mavzuga o‘rgatuvchi ko‘rgazma qurol, tabiat, nutq o‘stirish metodikasi uchun ijodiy o‘yin, o‘yinchoq, 8-mart bayram sovg‘asi, qurolli kuchlar va boshqa bayramlarda bezatish uchun devoriy gazeta, ko‘rgazma, maktabgacha ta’lim muassasasini bezatish ishlarida ham bolalar applikatsiya ishlarining o‘rni katta.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin