Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


O‘rta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə47/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

O‘rta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari.
O‘rta guruhda bolalarga tanish bo‘lgan qismlarni (kubik, g‘ishtcha, plastilin) nomlash bilan birga, uni bir-biridan farqlashga ham o‘rgatiladi. Bolalar qurilmalarni mustaqil tahlil qilishni o‘rganadilar: uning asosiy qismlarini ajratish, uni katta kichikligi, tuzilishini farqlash, narsalarni qanday joylashganligini o‘rganadilar. Bolalar kichik guruhda tarbiyachini namunasi asosida ko‘rgan bo‘lsalar, o‘rta guruhda esa mavzuni nomlanishi, o‘zlari o‘ylaganlari bo‘yicha quradilar. Shuning uchun bolalar diqqati qurilmani oldindan rejalashtirib, unga kerakli bo‘lgan formalarni tanlashga qaratiladi.
O‘rta guruhda qurish-yasash predmetlarini farqlash, ularni xususiyati bilan tanishish, shu xususiyatiga asoslanib predmetlarni guruhlarga ajratishni o‘rganadilar. Qurilmalarni qurish ishning ketma-ketligini rejalashtirishga bolalarni oldindan detallarni shakliga, katta-kichikligiga va mustahkamligiga qarab tanlashga o‘rgatilib boriladi. Bularni qurish jarayonida bolalar silindr nomini to‘g‘ri aytishga, uni o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanishga o‘rganadilar. Bolalarning har bir konstruksiyasini o‘zlashtirib olishlari uchun bir necha mashg‘ulot o‘tkaziladi. Birinchisida bolalar namunaga qarab qurishga o‘rganadilar, keyingi mashg‘ulotlarda esa bu namunani o‘zlari mustaqil hal qilishga ya’ni konstruktiv masalani hal qilishga o‘rganadilar. Masalan: bolalar namuna asosida ko‘prik qurishni o‘rganib olishgach (ko‘prikning tayanch qismini, ko‘prik qurilmalarini va mashinalar uchun plastik qismi, ya’ni tushuvchi qismini bilib olishgach, uni qurish uchun qanday detallardan foydalanish kerakligini), bolalarga shu usulda baland yoki keng ko‘prik qurish tavsiya etiladi.
Keyinchalik, bolalar o‘zlarida bor bo‘lgan qurilish materiallaridan keng foydalanib, o‘zlari yangi ko‘prik konstruksiyasini o‘ylab topadilar. Tarbiyachining rahbarligida bolalar bitta konstruksiyani bir necha murakkablashgan ko‘rinishlarda qurishga o‘rganadilar. Bu esa bolalarda qurishning turli yo‘llari haqidagi tasavvurlarini shakllantiradi, fikrlash qobiliyatlarini o‘stiradi. Yilning ikkinchi yarmidan boshlab bolalarga yuqoridagi vazifalardan tashqari, o‘z ixtiyorlari bo‘yicha qurish-yasashlar beriladi. Bu ixtiyoriy qurish mashg‘ulotlari davomida bolalar qurish bo‘yicha olgan bilim va malakalari rivojlanadi, mustaqillik va tashabbuskorliklar o‘sadi.
Bolalarda o‘z maqsadlarini qurish-yasash ishlarida amalga oshirish shakllanadi. Mashg‘ulotlarini uyushtirganda turli-tuman mayda o‘yinchoqlardan (odamlar, hayvonlar, o‘simliklar, transport) foydalanadilar. Bu esa bolalar qurilish o‘yinlarini yanada boyitadi, uni maqsad sari yo‘naltiradi va o‘yin faoliyatlarini yanada rivojlanishiga olib keladi. Qurilish materiallari alohida-alohida bo‘lakchalarga yoki bo‘limlarga ajratilgan shkaflarda saqlanishi mumkin. Har bir qurilish materiallarining turi bir-biridan tuzilishiga ya’ni shakliga qarab alohida saqlanadi, bolalar o‘zlari tezda va osonlikcha kerakli qurilish materiallarini ajratib oladilar va har bir shaklni tezroq o‘zlashtirib olishlariga yordam beradi.
Yilning ikkinchi yarmidan “Shaharcha” mazmunli to‘plamidan foydalaniladi, bu to‘plam prizma, kubik va daraxt siluetlaridan iborat.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin