Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


O‘rta guruhda rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə24/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

O‘rta guruhda rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari.
Hayotining 4 yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olishni bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning ma’nosini biladilar.
Ular o‘zlari chizgan shaklsiz rasmlarni predmetning biror bir belgisiga asosan o‘xshatib chizadilar. Pedagog bolalarning rasm bilan predmetning o‘xshash belgilarini topishga urunishini rag‘batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda turli shakllarni to‘g‘ri tasvirlashga o‘rgatib borish zarur.

Bu guruhda to‘g‘ri va egri chiziqlarni to‘g‘ri chizishga o‘rgatish birinchi vazifa bo‘lib qoladi. Bunda turli chiziqlarni turlicha chapdan o‘ngga, tepadan pastga, kesishgan chiziqni chizishga o‘rgatiladi. Bularni, masalan, tizimcha, yo‘lakcha, qalam, yomg‘ir shaklida chizish mumkin. Kichik guruh bolalariga bir xil shakldan (qorbobo, ikki yoki uch aylanadan iborat) yoki ikki xil shakldan iborat (quyi bitta aylana va birgina to‘g‘ri chiziqdan iborat) bo‘lgan predmetlarni ancha qiyin, chunki uch yoshli bolaning tahlil sintez qilib fikrlashi yaxshi rivojlanmagani uchun bu guruh dasturida faqat ikki xil shakldan iborat bo‘lgan predmetni, masalan, (quyoshning nurlari, archaning ignachalari) tasviri kiritilgan.


Shakl qanchalik murakkablashsa rangdan foydalanishi ham shunchalik murakkablashadi. Bolalar rasmda aniq predmetlarni tasviri uchun shu predmetga mos rangni ishlata olishni o‘rganadilar. Masalan, qizil rang bayroq, sariq rang osh, yashil rang archa va boshqalar.
Bu guruhda o‘rgatishning vazifalari quyidagilar:

To‘g‘ri to‘rtburchakli va aylanasimon shakldagi predmetlarni tasvirlash ularning tuzilishini, asosiy qismi va detallarini berishga o‘rgatish.

Rangdan badiiy ifodalash vositasi sifatida foydalanishga o‘rgatish.

Qog‘oz markazida predmetni joylashtirishda kompozitsion uquvini bilishda rivojlantirish.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin