Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Rasmni qalam va bo‘yoq bilan bo‘yashda texnik ko‘nikmalarni mustahkamlash



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə25/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Rasmni qalam va bo‘yoq bilan bo‘yashda texnik ko‘nikmalarni mustahkamlash.

Bu guruhda bolalarga ritmik joylashgan predmetning qismlarini tasvirlash o‘rgatiladi (yuqorida, pastda, o’ng tomonda, chap tomonda) hamda bir qancha proporsional joylashgan qismlarni tasvirlash o‘rgatiladi. Bu alohida qismlarni o‘zaro solishtirish va tahlil qilish imkonini beradi. Masalan, Qorbobo va archa 2 tomonlama joylashgan novdalari bilan. Bu guruhda tasvirlash qiyin bo‘lgan ob’ekt – odamni rasmini chizish mashg‘ulotlarga kiritiladi. Odamni chizishdan oldin bolalar soddaroq shakllarni: qorbobo, nevolyashka, matreshka, qo‘g‘irchoqlarni chizishni o‘rganadilar.
Katta guruhda rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. Bu guruhda bolalarni tasvirlash va yorqin obrazlarni yaratish qobiliyatlarini tasvirlashning turli usullardan foydalanib chizishga o‘rgatiladi.

Bu yoshda bolalar rasmda bir xil predmetni o‘xshash va farqli tomonlarini tasvirlash va topishga o‘rganadilar. Masalan, 2 ta turli olmalar formasi va rangi bilan farqlanadi, yoki lavlagi bilan turup, ular sabzavotlar uchun umumiy bo‘lgan dumaloq shaklda. Bu guruhda bolalar yana asosiy ranglar bilan tanishib, rasmda ularning chiroyli turlanishlarini keltirib chiqarishni o‘rganadilar. Bolalar rangli qalamlardan tashqari oddiy qora qalam bilan predmetning umumiy belgilarini chizib olish uchun foydalanadilar.


Tayyorlov guruhida rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari:
Bu guruhda tasvirlash qobiliyatiga va ko‘nikmalariga o‘rgatish yakunlanadi. Quyidagi asosiy vazifalar bor:




Naturadan va tasavvur qilishdan predmetning harakterli belgilari: tuzilishini, hajmini tasvirlashga o‘rgatish




Shakl va bo‘yoqlarning boyligi, tasvirlab berishga va yorqin obrazlar yaratishga o‘rgatish.




Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish (predmetning hajmi va formasining harakterini hisobga olib predmetni qog‘ozda joylashtirish).




Rang qobiliyatlarini rivojlantirish (1-rangni turli tuslarini bera olish qobiliyati).




Texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish (bo‘yoqlarni boshqacharoq bo‘yoq olish uchun aralashtirish, predmet formasi bo‘yicha qalamda shtrix o‘tkazish).

Olti yoshli bolalarda analitik fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ulardan turga mansub predmetlar belgisini ajrata olganliklari kabi, ularning bir predmetni boshqasidan ajratib turuvchi individual xususiyatlarini ham tasvirlay oladilar. Bu esa ijodiy tasavvurni rivojlantiradi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin