Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Kichik guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə45/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Kichik guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari.
Bolalarga qurilish materiali – kubik, g‘ishtcha, turli xil shakldagi formalar bilan, ularning qanday holatda joylashganligi (g‘ishtcha yotibdi, turibdi) bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari kubiklarni gorizontal holda joylashtirish, bir-birini ustiga qo‘yish, darvoza, uycha qurish kabilar ham o‘rgatiladi. Tarbiyachi qurilmalar va tevarak olamdagi tanish predmetlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni topishni bolalardan so‘raydi.
Bolalarga asosiy qurilish materiallarini (kubik, g‘ishtcha, plastilin) farqlash bilan birga ularni nomini aytish, katta, kichik, uzun, qisqa, baland, past kabi so‘zlarni ma’nosini tushunib aytish, g‘ishtchalarni orasini teng masofada joylashtirish kerakligi tushuntiriladi.
Kichik guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning mazmuni.
Bolalarga 8-10 xil qurilmalarni qurishga o‘rgatiladi: mebel (stol, stul, divan, krovat), zinapoya, ko‘prik, uycha, tramvay. Birinchi mashg‘ulotlarda bolalar oldingi guruhlarda yasalgan qurish-yasash ishlarini qaytaradilar, so‘ng bolalar mebel quradilar. Avval bolalar alohida predmetlarni turli variantlarda, so‘ng 2-3 qurilmalarni birdaniga qurishni o‘rganadilar (stol va stul, divan va hokazo). Keyingi mashg‘ulotda bolalar katta uy quradilar, 3-4 kubiklardan, so‘ng 6 kubik yoki g‘ishtchadan zinapoya quradilar. Ishning keyingi etapi – 2ta kichik prizmadan ko‘prik qurish.
Dastlabki mashg‘ulotlar ikkinchi kichik guruhda g‘ishtchalarni bir tekisda yo‘lakcha qilib terib chiqish malakalarini rivojlantirish, mustahkamlashga qaratiladi. Bolalar qisqa yo‘lka, keng yo‘lkalar quradilar. Keyinchalik tramvay yo‘li qurishni bolalardan talab qilish mumkin. Bu mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi – bolalarga g‘ishtchalarni bir tekislikda joylashtirishga va uzun-qisqa, tor-keng kabi tushunchalarini o‘rgatish. Keyingi mashg‘ulotlarda bolalar g‘ishtchalarni vertikal holda joylashtirishni o‘rganadilar. Shundan keyin tarbiyachi bolalarga darvozani turli variantda yasashni o‘rgatadi (g‘ishtchalardan, kubik, plastilindan), bularni bolalar ma’lum ketma-ketlikka asoslangan holda bajaradilar. Tor-keng, baland-past tushunchalari darvoza qurish jarayonida bolalarga tushuntirib boriladi: keng darvoza – yuk mashinasi uchun, tori esa – yengil mashina uchun, baland darvoza – katta qo‘g‘irchoq uchun, pasti esa – kichik qo‘g‘irchoq uchun mo‘ljallangan.
Bolalarga bir necha mashg‘ulot davomida mavzuli ravishda uychani yangi konstruksiyasi berib boriladi. Tarbiyachi har gal yangi konstruksiyani oldingi konstruksiya bilan solishtiradi, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarini topadi. Bolalarni namunaga qarab uychani qurish malakasi hosil bo‘lganligini tekshirish uchun, namunani o‘zlari mustaqil tarzda qurib berishlarini tarbiyachi iltimos qiladi. Masalan: tarbiyachi boladan namunada qurilgan uychani, faqat baland qilib qurib berishni so‘raydi. Masalaning bu turi bolalarda aqliy faollikni yanada oshiradi.
Birinchi kichik guruhda tarbiyachi dastavval bolalarni qurilish materiallari – kub, g‘isht bilan ularning shakli, katta-kichikligi, tekis stol yuzasida turlicha joylanishi (ya’ni, g‘isht yotibdi, g‘isht turibdi) va uning mustahkamligi, holatiga bog‘liq ekanligi bilan tanishtirib boradi. G‘ishtlarni ketma-ket gorizontal joylashtirib (poezd, yo‘lkacha) bir-biri ustiga qo‘yish orqali oddiy to‘siqlar (darvozalar, uylarni) qurishga o‘rgatib boriladi. Tarbiyachi bolalarni o‘z qurilmalari bilan hayotdagi tanish predmetlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni topishga, aniqlashga o‘rgatib boradi.
Kichik guruhda bolalarni faqatgina qurilish detallari (kub, g‘isht, plastina) ni bilishga farq qilishga ularni to‘g‘ri atashga o‘rgatib boriladi. Masalan: katta-kichik, uzun-qisqa, past-baland g‘ishtlarni bir biridan bir xil masofada doira, to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘ylab (panjara) ularni ensiz tomoni bilan qo‘yib chiqishga o‘rgatib boriladi.
Kichik guruhda bolalarni 8-10 hildagi oddiy bo‘lgan qurilmalarni (stol, stul, divan, krovat, minoracha, ko‘prikcha, uycha, tramvay) qurishga o‘rgatiladi. Dastlabki mashg‘ulotlarda bolalar oldingi guruhda bajarilgan qurilmalarni qaytatdan quradilar, so‘ng mebel qurishga o‘rganadilar. Oldin bu predmetlar alohida turli xil variantlarda quriladi, so‘ng bolalarga birato‘lasiga ikkita qurilmalarni qurish taklif etiladi (stol, stullar, stol va divanlar). Bu qurilmalar bilan bolalar o‘yin o‘ynashlari uchun turli xil qo‘g‘irchoqlar, idishlar beriladi.
Keyingi mashg‘ulotlarda bolalar uycha qurishlar uchun 3-4ta kubikdan bir-birining ustiga qo‘yish va 3 yoqli prizma bilan ustini qoplash orqali quradilar. So‘ng kubikdan yoki g‘ishtdan yuqoriga tahlash orqali narvoncha quradilar. Bolalar bu qurilmalarni qurish yo‘llarini o‘zlashtirib olishgach, ular tarbiyachining so‘zi orqali 2 ta kubikdan plastinalar va ikki kichik uch yoqli prizma yordamida ko‘prikni qurishga o‘rganadilar. Tarbiyachi bolalarni bog‘cha uchastkasida va guruh hovlisida mashg‘ulot jarayonida o‘rgangan qurilmalarni ko‘rib, ular bilan o‘yinlar o‘ynashga nisbatan qiziqish uyg‘otish kerak. Bolalar keng va tor yo‘lkachalarni, g‘ishtlarni qatorasiga tekislikda joylashtirish orqali quradilar. Keyinchalik tramvay uchun har bir bola kalta yo‘lkachani, hammasi bir bo‘lib tramvay yo‘lini quradilar. Bu mashg‘ulotlardan maqsad bolalarni g‘ishtchalarni tartibli qilib bir-biriga ulashga yoki birlashtirishga ularning fazoviy belgilarini to‘g‘ri atashga (uzun-qisqa, keng-tor) o‘rganadilar.
Keyingi 2-3 ta mashg‘ulotlarda bolalar g‘ishtlarni bir-biriga zich yoki ma’lum bir oraliqda vertikal joylashtirishni o‘rganadilar. Bunda g‘ishtlarni uzunasiga yoki ensiz qisqa tomoni bilan joylashtirishga o‘rganadilar. Masalan: shu maqsadda bolalar o‘z hayvonlari o‘rdakcha, kuchukcha uchun panjaralar quradilar.
Keyingi mashg‘ulotlarda bolalar darvozalarning turli variantlari bilan tanishadilar. Bularni kub va plastinalardan quradilar. Tarbiyachi bolalarni keng va tor haqidagi tushunchalarni egallashlari uchun, yuk mashinasi uchun keng darvoza, yengil mashina uchun tor darvozalar qurishni taklif etadi. Bitta qurilma detalini o‘zgartirish orqali uning qurilish yo‘llarini o‘zgartirish mumkinligini bolalalarga tushuntirish maqsadida tarbiyachi bir nechta mashg‘ulotlar uyushtiradi. Har bir mashg‘ulot davomida qat’iy mavzu asosida yangi qurish konstruksiyasi bilan tanishtiriladi va uni eski konstruksiya bilan solishtirilib, ular orasidagi farq aniqlashtiriladi.
Bolalar tarbiyachining namunasiga qarab qurishni o‘zlashtirib olishgach, tarbiyachi bolalar oldiga namuna qo‘yib, xuddi shunday uychani balandroq yoki uzunroq qilib qurishni taklif etishi mumkin. Mashg‘ulot avvalida tarbiyachi shu konstruksiyani saqlab qolib, faqatgina uni uzunroq yoki balandroq qilib qurish yo‘llarini oldindan tushuntirib beradi. Bu esa bolalarni aqliy faolligini o‘sishga olib keladi.
Kichik guruhda bolalarni qurishga o‘rgatishda kublar, g‘ishtlar, plastina va uch yoqli prizmalar to‘plamidan iborat qurilish materialidan foydalanadilar. Yil davomida tarbiyachi kichik guruhda bolalarni to‘rtta, oltitaga bo‘lib mashg‘ulotlarni uyushtiradi. Asta-sekin kichik guruhchalar soni ko‘paytiriladi, yilning ikkinchi yarmidan boshlab butun guruh bolalari bilan o‘tkaziladi. Kichik guruh bolalarini qurishga o‘rgatishda turli metodlardan foydalaniladi. Asosiy o‘rinni informatsion retseptiv metod va repraduktiv metod egallaydi. Bolalarni nimani qurish va qanday qurish kerakligi bilan tanishtiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi qurish namunasidan qurish yo‘llarini ko‘rsatish va to‘g‘ri tushuntirish jarayoni foydalanadi. Bolalarni u yoki bu qurilmani qurishga o‘rgatishdan oldin tarbiyachi bolalarni o‘sha predmet, uning qismlari, ularning amaliy belgilari bilan tanishtirib boriladi. Masalan: tarbiyachi sayr vaqtida bolalar bilan sirpanchiqni kuzatadi, u ikki qismdan iborat: birinchi qism zinapoya, ya’ni bolalarning tepasiga chiqishlari uchun, ikkinchi qismi esa tushishi uchun sirg‘aluvchi qismi. Bundan maqsad, ko‘rib chiqishlar, uyushtirishlar yordamida bolalar bu narsalarni o‘z qurilmalarida ijobiy hal qilishlariga yordam beradi.
Tarbiyachi bolalarni qurishga o‘rgatishda o‘z namunalarini ko‘rib tahlil qilib chiqadi. Oldin namuna yaxshilab ko‘rib chiqiladi, butun bir holda, so‘ng esa ularni qismma-qism ko‘rib chiqiladi. Masalan: uycha devorlari, to‘siqlari va tomi. So‘ng ularning shakllari va bir-biriga nisbatan joylanishlari ko‘rib chiqiladi. So‘ng har bir qismning qaysi detallardan qurilganliklari ko‘rib chiqiladi. Masalan: uychaning tomi, qatorma-qator qo‘yilgan prizmalardan iborat va hokazo.
Namunani bunday tartibda ko‘rib chiqish, qurilmani bunyod etishda qanday ketma-ketlikka rioya qilish lozimligini anglatib, bolalarning qurish-yasash jarayonini ancha osonlashtiradi. Tarbiyachi bolalarni qurish-yasashning texnik usullariga o‘rgatishda, ularni o‘zlari mustaqil ravishda harakat qilishlari uchun qurish-yasashning hilma-xil variantlaridan va uni qurishning turli yo‘llaridan foydalanishga o‘rgatib boriladi.
Bu vaqtda tarbiyachi reproduktiv va evristik metodlardan birgalikda foydalanadi yoki qo‘llaydi. Har bir mashg‘ulot ohirida tarbiyachi bolalarni o‘zi qurgan ishlarini yoki qurilmalari bilan o‘yin o‘ynashlari uchun ikki-uch minut ajratib beradi. Bu esa bolalarda o‘yin jarayoniga nisbatan qiziqishni uyg‘otadi, unda foydalanadigan o‘yinchoqlar esa bolalarni qurish-yasashga chalg‘itmay, balki qurish-yasashga nisbatan qiziqish, xavas paydo qiladi. Tarbiyachi bolalarni qurilish materiallari detallari nomini faqatgina mashg‘ulotlarda emas, balki mashg‘ulotdan keyin ularni yig‘ib qo‘yish jarayonida ham amalga oshiradi. Masalan: qurilmalarni yig‘ib terganda, oldin kublar, so‘ng plastinalarni. Bolalar qurish-yasash jarayonida she’r, qo‘shiqlardan, ertaklardan («Uch ayiq») foydalanadilar. Mazkur ertakdan uy jihozlarini qurishda foydalanish, bolalar qurilish ishlarini yana ham qiziqarli bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, qurish-yasash jarayonida ba’zi bolalarga savollarni amaliy harakat orqali berish mumkin. Agarda ko‘ngilli bolalar vazifani bajarishga qiynalsalar yoki bilmasa unda tarbiyachi qaytatdan tushuntirib beradi.
Tarbiyachi bolalar ishlarini tahlil qilishda toza va to‘g‘riligini ko‘rsatib o‘tilmay, balki barcha jarayon, ya’ni, namunani qanday ko‘rib chiqishligi, material qanday tanlanganligi, ayrim harakatlar qanday bajarilganligi haqida gapirib o‘tadi. Har bir mashg‘ulotdan so‘ng tarbiyachi bolalarga qurilmani qanday joy-joyiga tahlashni, qanday ish qo‘yishni tizimli ravishda ko‘rsatib beradi. Qurish-yasashning oddiy qurilmalarini yasashda bolalar texnik malakalarga ega bo‘ladilar. Masalan: Darboza qurish (keng-tor, baland), mebel, o‘yinchoqlarni kattaligiga qarab garaj qurish. Tarbiyachi garaj qurib ko‘rsatishdan avval bolalarga mashinani katta-kichikligiga e’tibor berishni iltimos qiladi. Yuk mashinasi uchun katta garaj, yengil mashina uchun kichik garaj qurish kerak.
Keyingi mashg‘ulotlarda bolalar tarbiyachini ko‘rsatmasi va namunasi asosida ko‘prik, trolleybus, tramvay, avtobus, yuk mashinasini qura boshlaydilar. Shunda bolalar silindr bilan, undan qurilmada qanday foydalanish kerakligi bilan tanishadilar. Har bir qurilmani o‘rganish uchun bir nechta mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Dastlabki mashg‘ulotlarda bolalar namuna bo‘yicha, keyingilarida esa mustaqil qurishni o‘rganadilar. Masalan: bolalar namuna bo‘yicha ko‘prik qurishni o‘rganib bo‘lganlaridan so‘ng, ularga mustaqil tarzda baland, keng ko‘prik qurish taklif etiladi. Bunda bolalar o‘zlari qurilish materiali tanlab, ko‘prikni konstruksiyasini o‘ylab topadilar. Har bir mavzu, konstruksiya borgan sari murakkablashib boradi. Har bir mashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida olib boriladi, ba’zi bir variantlarni bolalar o‘zlari mustaqil bajaradilar, shu orqali bolalarda mustaqil fikrlash malakasi rivojlanadi.
Yilning ikkinchi yarmida bolalar o‘zi o‘ylagan, istagan narsalarini yasashlari mumkin. Bundan maqsad hosil bo‘lgan malakalarni mustahkamlash, mustaqil fikrlashga o‘rgatish va o‘ylagan narsalarini ijodlarida qo‘llashga o‘rgatish.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin