Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Qog‘oz, tabiat va tashlandiq materiallar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə51/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Qog‘oz, tabiat va tashlandiq materiallar. Bu materiallar Maktabgacha ta’lim muassasasida turli-tuman o‘yinchoqlar yasash jarayonida foydalaniladi. Bu jarayon faqatgina foydali bo‘libgina qolmay, balki qiziqarli va bolalar tomonidan sevib bajariladigan jarayondir. Bolalar xilma-xil turlardagi qog‘ozlar bilan ishlaydilar. Xilma-xil tabiat materiallari manzarali daraxt mevalari, shox-shabbalar va boshqalar. Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda tabiat materiallarini oldindan tayyorlab boradi. Masalan: urug‘lar, danaklar, yaxshilab yuvilib, quritilib yig‘iladi. Eman daraxti mevasi va kashtanlarni daraxtdan to‘kilishi bilan terib oladilar. Klen va yasen daraxtining urug‘i esa qishda yig‘iladi. Har bir tabiat materialining turi alohida qutichalarda saqlanadi. Shuningdek, ulardan o‘yinchoqlar yasashda, yordamchi materiallar, qog‘oz, karton, plastilin, simlar, kley va mehnat qurolllari, qaychi, bigiz, igna va boshqalar qo‘llaniladi.
O‘rta guruhda tabiiy material va qog‘ozdan qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari. Bolalarni yangi qurilish materiali – qog‘oz bilan, uning xususiyati bilan tanishtiriladi. O‘rta guruh tarbiyalanuvchilari tabiat materiali bo‘lgan – shox, barg, ildiz, turli yong‘oqlar, ularni po‘stlaridan narsa yasashga o‘rgatib boriladi. Tarbiyachi bolalarga tabiiy materialning borligi va uni turli xil narsalarni yasashda kerakligini yoritib beradi. Bolalarda umumiy ko‘nikma va malakalar shakllanib boradi, ya’ni predmetlarni tekshirish, ketma-ketlikka asoslanib ishlash, boshlagan ishni oxirigacha bajarish, hamda qo‘llarni aniq harakatlantirish va hokazolar.
Dastlabki mashg‘ulotda tarbiyachi bolalarga bir necha predmetlarni, qog‘ozdan yasalgan o‘yinchoqlarni ko‘rsatib uni buklab, yopishtirish orqali archani yasatish uchun, o‘yin va sovg‘alar uchun turli xil qiziqarli o‘yinchoqlar yasash mumkinligi haqida gapirib beradi. Birinchi mashg‘ulotdayoq bolalar tarbiyachi ko‘rsatmasi va tushuntirishi asosida qog‘ozni teng ikkiga buklashni o‘rganadilar. Keyingi mashg‘ulotlarda archa uchun o‘yinchoq, sovg‘a yasalgan paytlarda bu ko‘nikma mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlarda uycha, avtobus, yuk mashinasini yasayotganlarida bolalar tayyor elementlardan o‘yinchoq yasash, asosiy qismga alohida detallarni yopishtirishni ham o‘rganadilar. Masalan: uychaga – eshik, derazani; avtobusga – oyna, g‘ildirak yopishtiradilar. Topshiriqni bunday turini bajarish faqat texnik malakalarni shakllantirib qolmay, balki bolalarni aqliy faoliyatini, mustaqil ishini ham rivojlantiradi. O‘yinchoqni yasashdan avval bolalar qaysi qismni bir biri bilan birlashtirishni, qaysi qismni yopishtirish kerakligini o‘ylaydi. Yoz paytida bolalar tabiiy materiallardan foydalana boshlaydilar. Avvalo tarbiyachi bolalarni shu material asosida oldindan yasalgan sodda qurilmalar bilan tanishtirib, alohida predmetlarni, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik, undan qanday foydalanish kerakligini tushuntiradi. Tabiiy material, qog‘ozdan qurish-yasash mashg‘uloti, qurilish materiali bilan qurish-yasash mashg‘uloti almashinib turadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin