Maktabga tayyorlov guruhlarida qurish-yasashga o‘rgatishning metod va usullari. Tayyorlov guruh bolalari asosan qurish-yasashning quyidagi usulidan foydalanadilar, ya’ni tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha bola o‘z tasavvuriga tayangan holda rasm, foto rasmlardan foydalanadi. Ko‘pgina qurilma mavzusi beriladi. Katta guruhga qaraganda bu guruhga beriladigan shartlar murakkabdir. Namunalar ko‘pincha rasm, foto rasm bo‘lib, bu rasmda bolalar ishlamayotgan qurilish materialidan qurilgan qurilmalar aks etgan bo‘ladi. Ba’zida tarbiyachini o‘zi yasagan narsani namuna sifatida ko‘rsatishi mumkin. Lekin bu usul bu yoshdagi bolalarga to‘g‘ri kelmaydi. Tarbiyachi topshiriqni tushintirayotganda kurish-yasashni yangi usulini qisman ko‘rsatib o‘tadi.
Tayyorlov guruhida ekskursiya va suhbatlar bolalarni qurish-yasash ob’ektlarini tasavvur qilishlariga yordam beradi. Har bir ekskursiya bolalarni keyingi mashg‘ulotga tayyorgarligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shahar bo‘ylab ekskursiyada tarbiyachi asosiy diqqatni maydon, ko‘chalarni tuzilishini, binolarni chiroyli qurilganligiga qaratadi. Biror bir maydonni tarbiyachi bolalar bilan fazoviy joylanishini, binolarni tahlil qiladi. Mashg‘ulotda esa topshiriqni tushuntirib, bolalar bilimini faollashtiradi. Mashg‘ulot boshida o‘tkaziladigan suhbatlar – bolalar bilimini faollashtiradi. Tarbiyachi ko‘prik qurayotganida bolalarga ko‘priklar har xil bo‘lishini eslatib o‘tadi, ya’ni, yo‘lovchilar va trasport uchun qurilgan ko‘priklar.
Mashg‘ulotni boshida, kinoteatr qurishda tarbiyachi suhbatida binoning asosiy qismi tomoshabinlar zali, foyeni ajratadi, uning asosiy shakli, fazoviy joylanishini aniqlaydi. Agar mashg‘ulot boshqa bo‘lsa – tarbiyachi bolalardan o‘ylagan qurilmalarini, uning nima uchun qo‘llanishini, tanlangan materiallari haqida gapirib berishni iltimos qiladi.
Qog‘oz va tabiat materiallaridan qurish-yasash.Maktabgacha ta’lim muassasasida turli xil o‘yinchoqlarni yasash uchun qog‘ozdan, ya’ni tabiat materialidan keng foydalaniladi. Bolalarga qog‘ozning turli xil turlari beriladi: vatman, karton, yupqa va turli qog‘ozlar.
Tarbiyachi bolalar bilan birga tabiiy materiallarni tayyorlab, bir yil ichida ularni g‘amlaydi. Yozda somon, manzarali daraxt mevalari, yong‘oqlar teradilar. Mevalar urug‘i yaxshilab yuvilib quritiladi, bunday urug‘lar maxsus qutilarda saqlanadi. Bu xildagi qutilarni yasash uchun quyidagi materiallardan ham foydalaniladi: qog‘oz, karton, plastilin, sim, gugurt cho‘pi, yelim, qaychi.