Мавзу: болалар боғчасида тасвирий фаолият машғулотларини ташкил этиш ва уюштириш


Katta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning metod va usullari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə49/75
tarix01.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#170743
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
portal.guldu.uz-Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi

Katta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning metod va usullari.
Katta guruhlarda qurilish materiallaridan foydalanish mumkin. O‘rgatishning asosiy metodlari – infarmatsion-retseptiv, tekshirish va evristik metodlar. Bolalar namuna orqali tasvirlaydilar, tarbiyachi tushintiradi, sayr jarayonida maqsadga qaratilgan kuzatishlar olib boriladi. Tarbiyachi bu metodlar yordamida bolalarda mustaqillikni rivojlantiradi. So‘zlashuv usuli ham bolalarda faollik, mustaqillikni o‘stiradi.
Tarbiyachi mavzu nomini aytib namunani ko‘rsatadi (kema). Bolalar modelni kuzatib topshiriqni bajaradilar. Tarbiyachi esa oldindan bir qancha detallarni to‘playdi va ularni bolalar oldinga qo‘yadi. Topshiriqni bajarayotganda tarbiyachi bolalarga savollar berib, bolalarni mustaqil faoliyatga undaydi. Tarbiyachi bolalarga gapirib berishini o‘rgatgandagina ular o‘zlari o‘ylaganlari bo‘yicha qurilmalarni qurishlari mumkin. Qurilmalarni tahlil qilayotganda bir predmetni turlicha qilib qurish mumkinligi ko‘rsatib o‘tish kerak.
Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari. Tayyorlov guruhda bolalarga predmetni umumiy va individual xususiyatlarini ajratishga o‘rgatiladi. Bolalar narsalarning qismlarini proporsiyasini, simmetriyasini aniq chamalashga, narsalarni chiroyli bezashni o‘rganadilar. Bu yoshdagi bolalar oldindan ko‘rmokchi bo‘lgan narsalarini tassavur qilib, uni qanday tuzilishini gapirib bera olishlari kerak, buning uchun qanday materialni tanlab, ishni qanday bajarilishini bilishlari lozim. Tarbiyachi bolalarga kompleks narsalarni jamoa bo‘lib qurishni, guruh bilan qurishni o‘rgatib boradi. Bolalar bundan tashqari mavzuni aniqlab, kerakli materiallar tanlash, bir-birlari bilan maslahatlashib birga fikrlab qurishni o‘rganadilar.
Tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari berilgan topshiriq bo‘yicha, rasmlar orqali murakkab bo‘lgan turli narsalarni yasaydilar. Qurish-yasash jarayonida predmetlar shakli orasida bog‘liqlikni o‘rganish, ularni qo‘llanilishi alohida qismlarni katta-kichikligi, konstruksiyasini bolalar egallab boradilar.
Tayyorlov guruhda bolalarni transportning turlari bilan, binolar bilan tanishishtirish katta ahamiyatga ega. Tarbiyachi bolalarga binokorlar nima ish qilishlari haqida tushuncha beradi. Bolalar olgan bilimlarini o‘z ishlarida qo‘llaydilar. Tayyorlov guruhida bolalar predmet formasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadilar. Tarbiyachi mashg‘ulot o‘tishdan avval bolalarni transportni turi bilan tanishtiradi. Bundan tashqari bolalar kemalarni turlari bilan ham tanishadilar: katta va kichik, yuk, harbiy, passajir kemalari. Tarbiyachi kemalarni turlarini solishtirib bolalarga tushuntiradi; uzun va ingichga asosga ega tez yurar kemalar, keng asosli yuk kemasi, passajir kemasi harbiy kemaga qaraganda keng bo‘ladi. Birinchi mashg‘ulotda bolalar harbiy kema, keyingisida passajir kemasini yasaydilar. Shu sxema asosida «shahar transporti» mavzusida mashg‘ulot o‘tkaziladi.
Kuzatish paytida bolalarda shahar transportining turli tumanligi haqida tasavvuri rivojlanadi. Tarbiyachi transportning har bir turini nima uchun qo‘llanilishi ta’kidlab o‘tadi. Keyinchalik bolalarda predmetning qo‘llanishiga ko‘ra konstruksiyasini ajratish, konstruksiyani va predmetning alohida qismlarining katta kichikligini aniqlash malakasi shakllanadi. Bu vazifani ko‘prik qurish jarayonida hal qilish mumkin. Bolalar bir nechta konstruksiya bilan tanishadilar va quyidagi fikrga keladilar: qurilmalarning o‘lchami ularning qo‘llanilishi bo‘yicha aniqlanadi. Kemalar qatnaydigan keng va chuqur daryoga baland va keng ko‘prik quriladi. Ko‘prikning tepa qismida transport va yo‘lovchilar uchun yo‘laklar quriladi. Birinchi mashg‘ulotda tarbiyachi bolalarga yo‘lovchilar uchun va transport uchun ko‘prik qurishni taklif qiladi. Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar, ham yo‘lovchi ham transport uchun umumiy ko‘prik quradilar. Uchinchi mashg‘ulotda esa bolalarni o‘zlari mustaqil konstruksiya o‘ylab, uni nima uchun qo‘llanilishini tushuntirib beradilar.
Tayyorlov guruhi bolalarida turli binolar haqida tushuncha bo‘ladi: ko‘p qavatli bino, teatr, vokzal, ertak-uychalar. Tarbiyachi asosan bolalar diqqatini qurilmalarini fazoviy joylashtirishga qaratadi. «Ko‘cha, shahar maydonlarni qurish» mavzusini o‘tishdan avval pedagog bolalarni shahar bo‘ylab ekskursiyaga olib boradi va bolalar diqqatini shaharni qurilishi va estetik tuzilishiga qaratadi. Mashg‘ulotda bolalarni guruhchalarga bo‘lib, har bir guruhga biror bir maydon yoki ko‘chani qurish topshiriladi. Bolalar turli binolarni qurayotganlarida ularda predmetning asosiy qismlarini va tanish bo‘lgan geometrik shakllarni ajratish malakasi shakllanib boradi.
Kinoteatrga borishgandan so‘ng bolalar tomoshabinlar zali va foyega kirish qismi kub, prizma, yarimdoira shakliga ega ekanligini ko‘radilar va o‘zlari kinoteatr qurganlarida shu narsalarga e’tibor beradilar. Tarbiyachi tomoshabinlar zali va foyeni qurilish usulini ko‘rsatib beradi. Bolalar jamoa bo‘lib birga turli mavzularda narsalar quradilar (ko‘chalar, temir yo‘llar, vokzal, hayvonot bog‘lari, kinoteatrlar va hokazo).

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin