Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalarni maktabga tayyorlash. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi tasviriy faoliyati dasturi va maktabdagi tasviriy san’at dasturi bolalarda tevarak-atrofga nisbatan, tasviriy san’atga nisbatan estetik munosabatni tarbiyalashga, ijodiy qobiliyat va tasvirlash malakalarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar hal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari protsesida bolalarda fikr yuritishning tahlil, sintez, takrorlash, konkretlashtirish kabi turlari shakllanadi. Shuningdek, bu jarayonilarda bolalar jamoada ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysindirishga o‘rganadilar.
Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarda o‘quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantiradi. Bular: topshiriqni tinglash va yodda tutish, ma’lum vaqt orasida bajarish, o‘z ishini rejalashtirish va baholash, boshlangan ishni oxiriga yetkazish, xato va kamchiliklarni topish va uni tuzatish, material, ish qurollari va ish joyini tartibli saqlash va boshqalar.
Pedagoglarning olib borgan tekshirishlari shuni ko‘rsatadiki Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiyaning bunday tizimi bolalarni maktabga tayyorlashga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, psixologlar Ye.A.Labunskiy va boshqalarning ta’kidlashicha, maktabda tasviriy san’at darslarini tuzilishi, maktabgacha ta’lim muassasasida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalar asosida ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarda bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlarini bilan rasmga qarab hikoya qilish, kitobdagi illyustratsiyalarni ko‘rib chiqish jarayonida tanishadilar, maktabda tasviriy san’atning turlari rang tasvir, grafik, haykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlar bilan yanada chuquroq tanishadilar.
Maktabgacha ta’lim muassasasida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari xilma-xildir, rasm, mazmunli dekorativ va loy applikatsiya mashg‘ulotlari. Maktabgacha ta’lim muassasasida mashg‘ulotlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Maktabda esa tasviriy san’at darslarida rasm (naturaga qarab) mavzu asosida va dekorativ turlari o‘tkaziladi. Bunda predmetli rasm bo‘yicha naturaga qarab rasm chizish o‘quv predmeti ahamiyatiga ega bo‘ladi. Loy applikatsiya, qurish-yasash bo‘yicha amaliy ishlar maktabda qo‘l mehnatiga kiritiladi. Boshlang‘ich sinf tasviriy san’at dasturini tahlili, shuni ko‘rsatadiki, predmetli, rasm bo‘yicha o‘quv vazifalari ancha murakabli kiritilishdan tashqari, Maktabgacha ta’lim muassasa dasturi bo‘yicha ayrim takrorlash ishlari kiritildi.
1-sinfda bolalar doira, kvadrat, to‘rtburchak, oval kabi tuzilishga ega bo‘lgan predmetlarni aniqlashga o‘rganadilar, bolalar oldiga rasm chizish texnikasini egallash bo‘yicha bog‘chada berilgan vazifa qo‘yiladi. Bunga sabab, hamma bolalar maktabgacha ta’lim muassasasidan maktabga kelmaydilar va shu sababli bolalar bilan ishni maktabga kelgunga qadar tayyorlov guruhida olgan bilimlaridan boshlash lozim. Mavzu asosida rasm chizish maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan mazmunli rasm mashg‘ulotlarining davomi sifatida o‘tkaziladi.
Bolalar tevarak-atrofdagi hodisa va predmetlarni kuzatib, ko‘rib chiqadilar, so‘ng xotiralariga asoslanib, ularni chizadilar. O‘quvchilar ob’ektlar o‘rtasidagi mazmunli bog‘lanishlarni tasvirlashda uzoqdagi predmetlarni kichiklashtirib tasvirlaydilar. Dekorativ rasm bo‘yicha maktabda texnik tartiblar bo‘yicha vazifalar qo‘yiladi, ya’ni naqsh tuzilishi ketma-ketligida tasvirlash bilan birgalikda yordamchi chiziqlardan foydalanish va o‘z ixtiyorlarida halq amaliy dekorativ san’at elementlarida foydalanishga san’at haqida o‘tkaziladigan dars suhbat jarayonida o‘rganadilar.
Bolalarni tasviriy san’atga o‘rgatish metodlarida bolalarni hususiyatlarini hisobga olgan holda foydalanishda katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va kichik o‘quvchilarining ish xususiyatlari o‘rtasida ko‘p yaqinlik bor. Shuning uchun u yoki bularni o‘rgatish metodikasi o‘rtasida ham ko‘p o‘xshashlik bor. Maktabda o‘qituvchining rasmini ba’zi bir elementini ko‘rsatish va shu jarayonda tushuntirish tarbiyachining ish usullarini ko‘rsatib berishga yaqin turadi. Maktabda ishning ketma-ketligi tartibli ko‘rinishda bo‘ladi. Agar tasvirlanayotgan predmetning tuzilishi sodda bo‘lsa, tartib tushintirilgandan so‘ng, o‘chirib tashlanadi. Agarda murakkab tuzilishga ega bo‘lgan predmetni tasvirlanganda esa, o‘qituvchining doskada ko‘rsatib berishi bilan ketma-ket tasvirlanadilar.
O‘qituvchi predmetining umumiy konturini qalamning uchi bilan yengilgina belgilab chiqish, uning kengligi va balandligini ham belgilab ko‘rsatadi. So‘ng o‘quvchi predmetni xomaki rasmi bilan naturani solishtirib uning qismlarini, shaklini aniqlaydi, tuzatadi. Ish jarayonida ko‘rsatish va tahlil qilish uchun rasmlar to‘plami, bolalar kitobchalaridagi rangli rasmlar, shuningdek, o‘quv harakteriga ega bo‘lgan alohida rasmlaridan foydalanadi. Rasm bo‘yicha o‘tkaziladigan har bir dars o‘qituvchining suhbatidan va rasmni nimadan boshlash kerakligini tushuntirishdan boshlanadi. Ishni amaliy bajarilishiga o‘tishda o‘qituvchi bolalarining tartibli ravishda chizishi uchun qoida va yo‘llarni eslatib turadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar va kichik maktab o‘quvchilarining ishiga yoki rasmiga qo‘yilgan talablar bir biriga juda yaqin. Bolalar ishini tahlil qilishda diqqatni predmet proporsiyasi, konstruksiyasi, qismlarining bog‘liqligi, rang va kompozitsion tuzilishiga tortish lozim. Shunday qilib boshlang‘ich sinflarda ta’lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, maktabgacha ta’lim muassasasida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi. Bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida katta guruhdagi kuzatishlar bo‘yicha rasm chizishga katta e’tibor beriladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga qarab rasm chizishga tayyorlashda etap hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko‘rish xotirasini rivojlantiradi, ba’zida predmet bolalarda natura sifatida to‘g‘ri tasvirlashga yordam beradi. Bolalar guruhida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida, qalamdan, mo‘yqalamdan erkin foydalanishda o‘z xarakterini va qo‘l kuchini idora etishga o‘rganadilar.
Bu malakani egallash, bolalarda qo‘lini yengil, erkin bir tekisdagi harakat qilish xususiyatlarini rivojlantiradi. Bolalar turli shakldagi, kattalikdagi, turli proporsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo‘nalishni saqlash zarurligiga, harakatini, predmetning uzunligiga mos ravishda harakatlanishga o‘rganadilar.
Maktabgacha ta’lim muassasasida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida materialdan toza va tartibli foydalanishga o‘rganadilar, ularni toza saqlashga faqat zarur materiallardan foydalanishga, ularni ishlatish yo‘llarini rejalashtirishga o‘rganadilar, katta ahamiyat beradilar. Bu mashg‘ulot bolalarda diqqatni, ko‘rish xotirasini rivojlantiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining tayyorlov guruhida naturaga qarab rasm chizish yoki tasvirlashga nisbatan talablar oshadi va bu talablar maktab talabiga yaqinlashadi. Bolalar naturani tahlil qilishda butun umumiy shaklni xomaki qog‘ozga tushirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga, xato va kamchiliklarini to‘g‘rilashga, naturaga o‘xshatishga urinadilar. Naturaga qarab tasvirlashda ishning ketma-ketligini ko‘rsatib, maktabgacha ta’lim muassasasining tayyorlov va katta guruhida o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidagina amalga oshiriladi. Ko‘rsatishda doimo foydalanish, bolalarni rasmni mexanik ravishda ishlashga odatlantirib qo‘yadi.
Bolalarni tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari geometrik shakllarni topa yoki ko‘ra olishga, ularni terminlar bilan atashga, kengligi-kattaligi, uzunligi, balandligini, qismlarning bir-biriga nisbatan fazoviy joylashishi bilan tanishishlari bolalarni maktabning 1-sinfida elementar matematik tushunchalarni puxta egallashlariga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim muassasasida kerakli materiallardan qurish, yasash bolalarda ko‘z bilan chamalashni shakllantiradi va bolalarni maktabdagi texnik darslarni egallashga yoki o‘zlashtirishga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining katta guruhidagi naturaga qarab rasm chizish mashg‘ulotlarida mantiqiy fikr yuritishga, kuzatishga, asosiy ajratib ko‘rishga, predmetni fazoviy xususiyatlarini tahlil qilishga, o‘zlari mustaqil ravishda tasvirlash vositalarini tanlashga o‘rganadilar. Bularning hammasi esa maktabda o‘qish jarayonida zarurdir. Shunday qilib, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ahloqiy, estetik tarbiyalab, ularda badiiy did va ijodiy qobiliyatlarini o‘stiradi.