Mavzu. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə2/5
tarix27.09.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#149846
1   2   3   4   5
2. 1-mavzu. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodl-genderi.org

Aniqlovchi eksperimentda bola psixik taraqqiyotga xos muayyan xususiyatlar qayd etiladi. Masalan, ota-onalar o’rtasidagi nizolarning bola emotsional holatiga ta’sirini aniqlash mumkin. Buning uchun nizoli oilada voyaga etayotgan bolalarni aniqlash va ularning emotsional sohasini o’rganish hamda olingan natijalarni boshqa bolalrning natijalari bilan solishtirishi kerak bo’ladi. Natijada shunday hodisa-ota-onalarning o’zaro nizosi va bola emotsional rivojlanishi o’rtasida aloqadorlik mavjudligini ta’kidlaydi.
Shakllantiruvchi eksperimentda sinaluvchiga faol ta’sir ko’rsatilishi oqibatida unda ro’y beradigan o’zgarishlar aniqlanadi. Masalan, ota-ona o’rtasidagi munosabatni yaxshilash bola emotsional sohasiga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlash mumkin. Buning uchun ota-onasi o’rtasidagi munosabat yaxshilangani bolalar emotsional sohasiga xos xususiyatlar bilan ota-onasi o’rtasidagi munosabat nizoli bo’lib qolayotgan bolalar emotsional xususiyatlarini o’zaro solishtirish yoki bolaning avvalgi emotsional xususiyatlari bilan keyingilarmi o’zaro qiyoslash mumkin.
Shuningdek, ayrim o’rinlarda nazorat eksperimenti ham ajratiladi.
Bu eksperiment ko’p jihatdan aniqlovchi eksperimentga o’xshab ketadi.
Uni o’tkazishda ko’zlangan maqsad faol ta’sir ko’rsatilgan guruhdagi o’zgarishlarda aynan ta’sirning roli qanday bo’lganini aniqlashdan iborat. Buning uchun faol ta’sir ko’rsatilgan guruh bilan hech qanday ta’sir ko’rsatilmagan nazorat guruhining natijalari o’zaro solishtiriladi.
Agar o’rtadagi farq ancha sezilarli bo’lsa, demak, birinchi guruhdagi o’zgarishlarga aynan o’tkazilgan ta’sir sabab bo’lgan degan xulosaga kelinadi.
So’rov. So’rov - tadqiqotchi va respondentning bevosita yoki bilvosita o’zaro aloqasi davomida birlamchi verbal axborot yig’ishga yo’naltirilgan metod.
Anketa yordamida so’rov o’tkazilganda sinaluvchi yozma savollarga
intervyuda esa og’zaki savolliarga javob qaytaradi.
anketa yoki
intervyu shaklida o’tkazilishi mumkin
So’rov
1. “Epigraf’. Bunda sinaluvchining fikrlari muayyan yo’nalishga solinadi, sinaluvchilar savollarga javob berishga undaladi.

Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin