Mavzu: Bolalarni jismoniy tarbiyalashning davlat miqyosidagi ahamiyati-huquqiy asoslar doirasida



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə4/5
tarix02.01.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#41883
1   2   3   4   5
4 -маруза

Jismoniy tayyorgarlik

Jismoniy ta’limJismoniy ta’lim o’quvchilarning muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko’zda tutadi.

Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga quyidagilar kiradi: kuch va tezkorlikda namoyon bo’lish natijalarini oshirish, chidamlilik, chaqqonlik ko’nikmalarini yaxshilash. Yagona jarayonning bu tomonlari o’zaro mustahkam bog’langan, masalan, agar o’quvchilar yugurish mashqlarini, ularning texnikasini o’zlashtirish maqsadi bilan ko’p marta takrorlasalar, u holda bir vaqtning o’zida kuch, tezkorlik, chidamlilik ham tarbiyalanadi. Ikkinchi tomondan yugurish mashqlari katta tezlik bilan (tezlikni tarbiyalash uchun) ko’p marta bajarilsa, bu texnikaning takomillashishiga va mustahkamlanishiga ko’maklashadi. «Jismoniy kamolot» - bu har tomonlama rivojlanishning va odamda harakat qilishga tayyor bo’lib turishini tarixiy vujudga kelgan darajasi bo’lib, ishlab chiqarish harbiy turmush sharoitiga eng yaxshi moslanish imkoniyatini, yuksak ish qobiliyatini va hayotiy muhim funktsiyalarning normal o’sishini ta’minlaydi. «Jismoniy kamolot» - to’liq salomatlik bilan xarakterlanib kishining uzoq vaqt faol hayotiy va boshqa bir qancha ko’rsatkichlar - har qanday tashqi muxit sharoitida jismoniy va aqliy ish qobiliyatini har tomonlama va yuqori darajada jismoniy va irodaviy sifatlarni, katta masshtabdagi harakat ko’nikmalarini va tana shaklini garmonik rivojlantirishdan iboratdir.

Jismoniy tayyorgarlik - sog’liq, jismoniy rivojlanish hamda hayotga, maktabga va Vatan mudofaasiga jismoniy tayyorgarlikning yuqori darajasini o’z ichiga oldi. Misol: Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullangan va shug’ullanmaydiganlar bilan taqqoslash; albatta sport bilan shugullangan o’kuvchilarning jismoniy tayyorgarligi nisbatan yuqori bo’ladi.

Sport - jismoniy madaniyatning komponenti sifatida

Oldin aytib o’tilganga ko’ra zamonaviy sport turlarining ko’pchiligi jismoniy madaniyat maxsus elementlari sifatida shakllana borgan. Boshqa komponentlarga qaraganda sport jismoniy sifatlarni va u bilan bevosita bogliq bo’lgan inson qobiliyatlarini asta rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgan.

Sportning maxsus funktsiyalari "yuqori sport yutuqlarida va ommaviy sportda" bir xil ifodalanmagan. Katta sport yuqori natijalarni ko’rsatishga, rekord natijalarni ko’rsatishga, butun imkoniyatlarini shu natijani ko’rsatish uchun sarflaydi, muntazam mashq qilib tayyorgarlik ko’radi. Ommaviy sport - ommaviylikni oshirishiga imkoniyat yaratadi. Jismoniy madaniyat negizining asosiy qismlaridan biri bu umumiy jismoniy tayyorgarlikni saqlashga va oshirishga qaratilgandir.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin