Mavzu: bolalarni kattalar namunasida tarbiyalash



Yüklə 147 Kb.
səhifə8/12
tarix16.09.2023
ölçüsü147 Kb.
#144183
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu bolalarni kattalar namunasida tarbiyalash

2. “Evristik metod”. Ta’lim jarayonida qo’lIanilgan evristik metod tafakkur mustaqilligi nisbatan yuqori bo’lishini ta‘minlaydi, tarbiyalanuvchilarda mustaqil mulohazalar uyg’otadi, muhokama qilishga, xulosa chiqarishga undaydi. Bu metodning asosiy shakli muhokama hisoblanadi. Suhbat metodida tabiyachi ко’p roq sukut saqlashi, eshitishi talab qilinsa, evristik metodda adabiy haqiqatlar tarbiyachi bilan fikr almashishlar, birgalikdagi tadqiqot va kuzatishlar orqali o’zlashtiriladi. Evristik metod tarbiyalanuvchilarda mustaqil fikrlash, o’z holicha ishlash va yaratish xususiyatlarini qo’zg’atadi.
3. “Tadqiqot metodi”. Ta’limning tadqiqot metodida tarbiyalanuvchilar oldiga ularning bilimini orttiradigan masalalar qo’yiladiki, bu masala tarbiyachi rahbarligida tarbiyalanuvchilar tomonidan yechilib, yangi bilimlar o’zlashtiriladi. Tadqiqot metodi o’quv jarayonida tarbiyachi tomonidan baland darajadagi muammoli nazariy va amaliy tadqiqiy masalalar ko’tarilishini nazarda tutadi. Bu bilim olishning har bir bosqichida ta’limning mahsuldor-amaliy va izlanish usullarini mustaqil ravishda qo’llash orqali amalga oshiriladi. Mazkur metodda tarbiyalanuvchilar amaliy ishni dalillar to’plash, ularni nazariy tahlil qilish, tizimga solish va umumlashtirish bilan birgalikda bajaradilar.
Ta’limda tashkil etilgan tadqiqot metodining evristik metoddan farqi shundaki, unda “kashfiyot” mustaqil ravishda ajratilgan hodisa tahlilidan keyin, daliliy ashyolar, olingan natijalar solishtirilib, umumlashtiriladi, so’ng amaliy ish jarayonida sodir bo’ladi. Bunda tadqiqot topshirig’i sifatida tarbiyalanuvchilar mustaqil ravishdagi o’quv-biluv faoliyatining to’liq sikli – ma’lumot to’plashdan tortib uning tahliligacha, mustaqil ravishda muammo qo’yish va uni hal etish, masalaning yechimi va yangi bilimlarni amaliyotda qo’llashga qadar qamrab olinadi.
4. “Ijodkorlik metodi”. Mashg’ulotlarda tarbiyalanuvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga o’rgatish uchun ularni ijodga undash maqsadga muvofiq. Masalan, barchaga yaxshi tanish bo’lgan “Zumrad va qimmat” yoki “Ur to’qmoq” ertaklarining nomini aytmasdan ularda ko’p qo’llaniladigan beshta tanish so’zni keltirish: “mehnatkash”, “егка”, “o’gay ona”, “o’rmon”, “sehrgar kampir” hamda oltinchi begona so’z – “vertolyot” ko’magida ertak tuzish vazifasini topshirish mumkin. Yoki “ochil dasturxon”, “laylak”,shum bola”, “qaynar xumcha”, “chol” va begona so’z – “uchar gilam” ko’magida yangi ertak to’qishga yo’naltirish mumkin. Yoxud tugagan ertakni davom ettirish, qahramonlarning keyingi hayotini tasavvur qilishni talab etish ham o’ta foydali ijodiy ish turi hisoblanadi. Muhimi, bu bilan tarbiyalanuvchida mustaqil ijodiy fikrlash ko’nikmasi paydo bo’ladi.
Ertak qahramonlari xarakterini o’zgartirish bilan ham bolalarni ertak to’qishga o’rgatish mumkin. Bolalarning xayolot olami o’ta kuchli. Bundan mashg’ulotlarda unumli foydalana bilish kerak. Masalan, tanish ertak syujeti asosida yangi ertak yaratish, ya‘ni o’sha qahramonlar bilan boshqa ertak to’qish; sinfda hikoyachi rolini o’ynash - o’ylab topilgan voqeani sinfdoshlarga aytib berish singari topshiriqlar ham tarbiyalanuvchilarni mustaqil fikrlashga yo’naltiradi.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin