Mavzu: bolalarni kattalar namunasida tarbiyalash



Yüklə 147 Kb.
səhifə1/12
tarix16.09.2023
ölçüsü147 Kb.
#144183
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu bolalarni kattalar namunasida tarbiyalash


MAVZU: BOLALARNI KATTALAR NAMUNASIDA TARBIYALASH


MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………..............
I BOB. Bolalarni kattalar namunasida tarbiyalashning nazariy asoslari.........
1.1. “Shaxs”, “shaxsni shakllantirish”, “shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” tushunchalariga pedagogik tavsif................................................................................
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar namunasida tarbiyalashga texnologik yondashuv…………………………………..……………...………….
II BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar namunasida tarbiyalash texnologiyasining samaradorligi………..................................................................
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar namunasida tarbiyalashda pedagogik yondashuvni amalga oshirish yo’llari........................................................
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar namunasida tarbiyalashda pedagogik texnologiya…………………… ……………..………….........................................
Umumiy xulosa va tavsiyalar...................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.........................................................................


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida eng birinchi dolzarb vazifa bu maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo’lmog’i lozim deya ta’kidlab o’tdilar.
Muxtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan ta‘lim–tarbiya jarayonini rivojlantirishga qaratilgan barcha qarorlar, qonunlar va dasturlarning pirovard maqsadi barkamol yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining “Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch” nomli asarlarida “Ta‘lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo’lishi asosiy qonunimizda belgilab qo’yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo’llab quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir.
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta‘lim-tarbiya olishiga bog’liq.
Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqib, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan barkamol insonlar etib voyaga yetkazish ta‘lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim...” deb ta‘kidlaydilar. Milliy istiqlol g’oyasining asoslanishi esa jamiyat hayotining barcha sohalarida keng ko’lamli islohotlarni yanada jadal amalga oshirish orqali rivojlangan demokratik davlatlar darajasida taraqqiy etishning samarali yo’nalishlarini belgilab olish imkoniyatini yaratdi.
Bu davrda barcha sohalarda bo’lgani kabi ta‘lim sohasida ham yosh avlodga jahon ta‘limi andozalariga muvofiq ta‘lim berishning ijtimoiy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi.
Ta‘lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta‘minlash, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi munosabatlarni qaror toptirishdagina emas, balki shaxsni shakllantirishga texnologik yondashuv borasida ham katta imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlar quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- shaxsni shakllantirish ta‘lim-tarbiyaning asosiy maqsadi ekanligi;
- ta‘lim-tarbiyaning asosiy mazmuni har tomonlama rivojlangan shahsni shakllantirishda uning aqliy, nafosat va jismoniy rivojlanishi, ijodiy qobiliyatlarining namoyon bo’lishi, unda insonparvarlik munosabatlarini tarkib toptirishga yordam beruvchi zarur shart-sharoitlar yarata olishi;
- ta‘lim va tarbiya qonuniyatlari hamda tamoyillari birligi, o’zaro uyg’unligini ta‘minlash asosida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish mumkinligi.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin