Mavzu: bolalarni kattalar namunasida tarbiyalash


Aqliy hujumdan foydalanish shartlari quyidagilardan iborat



Yüklə 147 Kb.
səhifə7/12
tarix16.09.2023
ölçüsü147 Kb.
#144183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mavzu bolalarni kattalar namunasida tarbiyalash

Aqliy hujumdan foydalanish shartlari quyidagilardan iborat:
-tarbiyalanuvchilar erkin o’tiradigan qilib joylashtiriladi. arbiyalanuvchilarning g’oya va fikrlarini yozish yoki belgilash uchun varaqlar tayyorlab qo’yiladi;
-hal etilishi lozim bo’lgan muammo aniqlanadi;
-ish jarayoni belgilab olinib, tarbiyachi «Ilg’ab oling, g’oyalarga asoslaning, qo’shing, kengaytiring, o’zgartiring» kabi luqmalar orqali bahs-munozarani boshqarib turadi;
-qo’yilgan muammo yuzasidan barcha fikrlar tinglanadi va yozib boriladi.
-o’’zgalarning fikrlaridan kulish, kinoyali sharhlarga aslo yo’l qo’yilmaydi.
-varaqlar g’oya va fikrlar bilan to’lganda, ular ko’rinarli yerga osib qo’yiladi;
-g’’oyalar tugamaguncha ish davom ettirilaveriladi;
-barcha fikr va g’oyalar tinglangach yangi, kuchli, asosli va original g’oyalar tarbiyachi tomonidan rag’batlantiriladi, baholanadi.

  1. Faoliyat o’yini” deb ataladigan metod yangi sohani o’zlashtirish, masalan, topshiriq o’rganishda ijodiy tafakkur faoliyatini jadallashtirish maqsadida alohida ahamiyatga ega. Bu usulning qimmatli xislati shuki, faoliyat modelini ijro etish orqali bolalarga biror bir kasb-hunar haqida tushuncha berish, shunmgdek, mazkur sohada ijodiy mulohaza yurita olishni, voqea-hodisalarni jonli, dinamik ravishda tasavvur qila olishni o’rgatish mumkin. Natijada salohiyatli, yetuk mutaxassislarni tarbiyalash imkoni yaratiladi.

Bu o’rinda shuni ta'kidlash joizki, yuqorida keltirilgan usullarni qo’llashda tarbiyachidan yuqori malaka va tarbiyalanuvchilar fikrlarining to’g’ri-noto’g’riligini baholash, sharhlab borish talab qilinadi. Biror ko’rinishda baholangan faoliyat yanada jonlanish, fikrlash jarayonini faollashtirish xususiyatiga ega bo’ladi.
1. “Suhbat metodi”. Tarbiyalanuvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga undashda ta’limning suhbat metodi o’ziga xos ahamiyat kasb etadi, metodika llmida suhbat metodiga bagishlangan anchagina ishlar mavjud. Bugun ta’lim tizimida yangi bilim va ma’naviy sifatlarning qayta kashf etilishi tarbiyalanuvchilar ishtirokida tarbiyachi tomonidan emas, balki tarbiyalanuvchilarning o’zlari tomonidan tarbiyachi yordamida amalga oshirilishi talab qilinmoqda. Bunday qayta kashfiyotlar asar ustida ishlash davomida tarbiyachi va tarbiyalanuvchining jonli muloqotida, tom ma’noda izlanuvchi suhbatlarda amalga oshadi.
Tarbiyalanuvchi tafakkuri mustaqilligini ta‘minlashga qaratilgan suhbatning asosiy talablaridan biri - savollarning shakl tomonidan ham, mazmun jihatidan ham har xil bo’lishi. Tarbiyalanuvchini o’ylantiradigan, mustaqil ravishda mulohaza yuritishga undaydigan savollarni tayyorlayotganda tarbiyachi sinfdagi barcha tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik, ijodkorlik darajasini nazarda tutishi lozim. Ta‘lim-tarbiya jarayonining har bosqichida tashkil qilingan suhbatlarda tarbiyalanuvchilar hamisha ham asoslangan, jiddiy javoblarni beraverishmaydi. Savollarga tarbiyalanuvchilarning to’laqonli javoblar berishida tarbiyachining yordamchi savollari qo’l keladi. Bunday vaziyatlarda bitta fikrga aniqlik kirituvchi bir nechta yoki o’sha fikrni rivojlantiruvchi turkum qo’shimcha savollar beriladi. Oquvchilarni mustaqil mulohaza yuritishga undovchi suhbatlarni muvaffaqiyatli tashkil etishning shartlaridan biri - ularning javoblariga e’tibor, hurmat va chuqur mulohaza bilan yondashishdir. Javob berayotgan tarbiyalanuvchining fikrlari chalkashib ketishi yoki noaniq bo’lishi tabiiy. Tarbiyachining vazifasi uni butun guruhga tushunarli qilib sharhlab berish emas. Bu ta’lim metodikasida mutlaqo noto’g’ri hodisa. Tarbiyalanuvchi aytmoqchi bo’lgan fikrni qiynalib, izlanib, munosib so’zlarni topib, o’zi ifodalashi kerak. Tarbiyalanuvchining fikrini aytishga o’rinsiz ko’maklashish uni o’ylamaslikka o’rgatib qo’yadi. Agar yordam berish kerak bo’lsa, qo’shimcha savollar bilan tarbiyalanuvchining o’z fikrini aniqroq, tiniqroq lfodalashiga lmkon yaratish mumkin.
Tarbiyalanuvchi nutqi haqida shuni aytish mumkinki, tarbiyachi javoblardagi silliqlikni birinchi o’ringa ko’tarmasligi kerak. Tarbiyalanuvchining javoblarini muntazam ravishda tuzatib, to’ldirib turish ham mutlaqo noto’g’ri. Albatta, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisining fikri olim yoki tarbiyachining fikridek to’kis bo’lmaydi. Tarbiyalanuvchining fikri - mana shu to’mtoqligi, jo’nligi, jaydariligi, tarqoqligi bilan olimnikidan qadrliroq, tarbiyachinikidan qimmatliroq. Tarbiyachining vazifasi fikr ifodalashda mantiq, mustaqillik, izchillik, madaniyat va bilimlilikni tarbiyalashdir.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin