MANTIQ
.
REJA
1.Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi.
2.Sharq va G‘arb mutafakkirlarining mantiqiy qarashlari.
3.Dialektik mantiq. Formal mantiq.
Matematik mantiq
Tayanch iboralar
Mantiq, tafakkur, tafakkur shakli, tafakkur qonuni, chin fikr, to‘g‘ri tafakkur, tushuncha,
tushunchaning turlari, tushunchani chegaralash, tushunchani umumlashtirish.
TAFAKKUR MANTIQ ILMINING O‘RGANISH OB’EKTI
Kelib chiqishiga ko‘ra
arabcha
bo‘lgan “mantiq” (grekcha–logos) atamasi «
fikr
», «
so‘z
»,
«
aql
», «
qonuniyat
» kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘pma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishda
o‘z aksini topadi.
Xususan, mantiq so‘zi,
birinchidan
, ob’ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «ob’ektiv
mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda),
ikkinchidan
, tafakkurning mavjud bo‘lish
shakllari va taraqqiyotini,
shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan qonun-
qoidalar yig‘indisini (masalan, «sub’ektiv mantiq» iborasida) va
uchinchidan
,
tafakkur shakllari
va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.
Mantiq ilmining o‘rganish
ob’ektini tafakkur
tashkil etadi. «
Tafakkur
» ham arabcha so‘z
bo‘lib, o‘zbek tilidagi «
fikrlash
», «
aqliy bilish
» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi.
Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish
jarayonida tutgan o‘rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo‘lgan munosabatini aniqlab olish zarur.
Bilish voqelikning
, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv,
ideal
obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot
tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog‘liq
bo‘lgan, uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi mumkin bo‘lgan narsalarni tushunib etishga
bo‘ysundirilgan bo‘ladi.
Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir.
Uning
dastlabki bosqichini
hissiy bilish
– insonning sezgi organlari yordamida bilishi tashkil
etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni ularning
tashqi tomonida bevosita namoyon bo‘ladigan va shuning uchun ham inson bevosita seza oladigan
belgilari haqida ma’lumotlar olinadi.
Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bo‘lgan xususiyatlari qatoriga quyidagilar kiradi
:
Birinchidan
, hissiy bilish ob’ektning (predmetning yoki uning birorta xususiyatining)
sub’ektga (individga, to‘g‘rirog‘i, uning sezgi organlariga) bevosita ta’sir etishini taqozo etadi.
Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan)
predmet emas, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa predmet–signal ta’sir etadi.