Mantiq. Reja


Mantiq fanining vazifalari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Falsafa 4 mavzu

Mantiq fanining vazifalari. 
Tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganish, ulardan ongli 
ravishda foydalanish fikrlash madaniyatini o‘stiradi, xususan, fikrni to‘g‘ri qurish malakasini 
rivojlantiradi, bahs yuritishda o‘zining va boshqalarning fikriga tankidiy munosabatda bo‘lishga, 
suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni aniqlashga, argumentlashdagi zaif bo‘g‘inlarni ochib 
tashlashga yordam beradi.
Buyuk mutafakkir Farobiyning mantiq ilmining ahamiyati haqida bildirgan quyidagi 
fikrlarining alohida e’tiborga loyik ekanligini ta’kidlash zarur. U shunday yozadi: “Bizning 
maqsadimiz aqlni, xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha xollarda, to‘g‘ri tafakkurga 
etaklaydigan, uning yordamida har safar hulosa chikarayotganda adashishga qarshi ehtiyot 
choralarni ko‘radigan san’atni-mantiq san’atini o‘rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining 
aqlga bo‘lgan munosabati grammatika san’ati qoidalarining tilga bo‘lgan munosabatiga o‘xshash; 


xuddi grammatika kishilarning tilini to‘g‘rilash ehtiyoji sababli yaratilgani, unga xizmat qilishi 
zarur bo‘lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga oshirish maqsadida xatoga 
yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha hollarda aklni to‘g‘rilab turadi”
1
.
Mantiq ilmining ta’lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O‘quv jarayonining 
samaradorligi ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning aniq bo‘lishiga, 
muammolarning mantiqan to‘g‘ri qo‘yilishi va hal qilinishiga, mavjud gipotezalar strukturasini 
to‘g‘ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. 
MANTIQNING ASOSIY QONUNLARI 
FORMAL VA DIALEKTIK MANTIQ

Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan 
formal mantiq mavjudligi ta’kidlanadi. Bularning birinchisi tafakkur shakllarini ularning 
rivojlanishida olib qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar sifatida o‘rganadi. Shuningdek

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin