dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa,
formal mantiq fikrning shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan hamda nisbatan mustaqil holda olib
tadqiq etadi. Shuning uchun dialektik mantiq fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal
mantiq esa nisbiy turg‘unligini aks ettiradi. Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun –
qoidalariga amal qilishni taqazo etadi.
Dialektika esa rivojlanish jarayonida aynanlik, tafovutlar va qarama – qarshiliklar darajasiga
ko‘tariladi, nozidlik taraqqiyot manbai bo‘lmay, balki ular o‘rtasidagi qarama – qarshilik
taraqqiyotni ta’minlaydi, deb ko‘rsatadi. Formal mantiq va dialektik mantiq bir – biriga muqobil
metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta’limot hisoblanadi. Dialektik mantiq falsafiy metod
sifatida, falsafaning muhim tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‘lsa, formal mantiq mustaqil fan
sifatida shakllangan ta’limotdir.
MATEMATIK MANTIQ. Matematik mantiq – fikrlash jarayonini turli simvollar
yordamida, matematik usul asosida o‘rganadi. Bu ta’limot mantiq fanining rivojlanishidagi yangi
bosqich hisoblanadi. Ammo matematik mantiqning matematikaning o‘zidan ham, mantiq ilmidan
ham farqli tomonlari bor. Shuning uchun matematikaning barcha tomonlarini bu mantiq qonunlari
bilan izohlab bo‘lmaydi. Shuningdek, mantiqiy qonun va shakllarining hammasini ham matematik
usul bilan hal qilib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan matematik usul mantiq faniga singib
bormoqda, uning ajralmas qismi bo‘lib takomillashmoqda.
Hozirgi zamon mantiq ilmini simvollarsiz, matematik mavhumiyliksiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Shuning uchun mantiq ilmi mutaxassislari matematik mantiq asoslari bilan tanish
bo‘lishlari zarur.
Mantiq jarayonini turli simvollar bilan ifodalashga intilish Arastu asarlaridayoq ko‘zga
tashlanadi. XVI – XVII asrlarga kelib, mexaniqa va matematika fani rivojlanishi bilan matematik
metodni mantiqqa tadbiq etish imkoniyati kengaya bordi. Nemis faylasufi Leybnits har xil
masalalarni echishga imkon beruvchi mantiqiy matematik metod yaratishga intilib, mantiqni
matematiklashtirishga asos soldi.
Mantiqiy jarayonni matematik usullar yordamida ifodalash asosan XIX asrlarga kelib
rivojlana boshladi. Bu davrda yashagan rus olimi I. S. Poretskiy, nemis va ingliz olimlari J. Bul,
Fure, Morgan, Shryoder kabilar o‘zlarining asarlarida bu masalaga oid muhim fikrlarni ilgari
surishdi. Hozirgi vaqtda matematik mantiq metodlari fan va texnikada, kibernetikada tarjimon
mashinalarda va boshqa ko‘p halq xo‘jaligi sohalarida qo‘llanilmoqda.
QONUN - keng ma’noda moddiy olamdagi predmet va buyumlar o‘rtasida yuz beradigan
ob’ektiv, zaruriy, mohiyatli, muhim, eng umumiy, nisbiy o‘zgarmas bog‘lanishlardir.
Qonunlar mazmuni, harakat doirasiga bog‘liq holda asosan uch xil bo‘ladi:
1. Eng umumiy qonunlar,
2. Umumiy qonunlar,
3. Xususiy qonunlar.
Falsafa qonunlari (Miqdor o‘zgarishlarini sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni, inkorni inkor
qonuni, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni) eng umumiy qonunlardir. Bu qonunlar
1
Аль-Фараби. Вводный трактат в логику. // Материалы по истории прогрессивной общественно-
философской мысли в Узбекистане. – Т.: «Фан», 1976, с. 128.
hamma erda va hamma vaqt - tabiatda, jamiyatda hamda kishi tafakkurida amal qiladi. Shunday
qonunlar borki, ular