TUSHUNCHANING HAJMI esa unda fikr qilinayotgan predmetlar yig’indisidan iborat. Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha
fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o’zida qamrab oladi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog’liq bo’lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi
o’rtasidagi
teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq tushunchaning
hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha hajmi toraytirilsa, mazmuni kengayadi.
Masalan, «Fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»ga oid bo’lish» belgisini qo’shish bilan
hajm jihatidan undan torroq bo’lgan «mantiq fani» tushunchasiga o’tiladi.
Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo’yicha bir qancha turlarga bo’linadilar .
Xususan,
hajmiga ko’ra YaKKA va UMUMIY tushunchalar farq qilinadi.
YaKKA TUSHUNCHA NING hajmida bitta predmet fikr qilinadi.
Masalan , «Er planetasi»,
«O’zMU asosiy kutubxonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir.
UMUMIY TUSHUNCHALAR predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona»
tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi.
Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo’lishi mumkin . Masalan,
«ximiyaviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. Ularni hisobga
olish mumkin. «Yulduz» tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa cheksiz, ularni
hisobga olib bo’lmaydi.
Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va to’plovchi tushunchalarni farq qilish ham muhim ahamiyatga ega. Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan sinfning har bir predmetiga xosdir .
Masalan, «Jizzax politexnika instituti talabalari ikkinchi
chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiya materiallarini o’rganmoqda»
degan fikr Jizzax politexnika institutining har bir talabasiga tegishli. Demak, «Jizzax politexnika
instituti talabalari» tushunchasi bu erda ayiruvchi tushunchadir».Jizzax politexnika instituti
talabalari ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi
yakunlarini muhokama etishmoqda» degan fikrda esa, «Jizzax politexnika instituti talabalari»