Mantiq. Reja


Tushuncha  predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur  shaklidir .  Belgilar



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Falsafa 4 mavzu

Tushuncha 
predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur 
shaklidir

Belgilar
deb, 
predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga 
o’xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi
. Har bir predmet olamdagi 
boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada bo’lganligi uchun ko’p belgilarga ega. 
Ularning ba’zilari faqat bitta predmetga xos bo’lgan, uning 
individual, yakkalik
belgilarini 
tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma’lum bir guruxiga tegishli bo’lib, 
umumiy belgilar
hisoblanadi. Masalan, har bir kishi faqat o’zigagina xos bo’lgan ruhiy kechinmalar va shu kabi 
individual belgilarga ega. Shuning bilan birga kishilarning ma’lum bir guruhiga (mehnat jamoasi, 
millat va shu kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mehnat qilish, fikr yuritish qobiliyatlari, 
ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos bo’lgan umumiy belgilarga 
ega.
Individual va umumiy belgilarning ba’zilari
predmetning mavjud bo’lishi uchun zarur bo’lib, 
uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar predmetning 
muhim belgilari
deyiladi. 
Masalan, davlatning mavjud bo’lishi uning o’z maydoni, aholisi, hokimiyat organlariga ega 
bo’lishini taqoza etadi. 
Nomuhim belgilar
predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning yo’qolishi bilan 
predmetning tabiati o’zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa, millatga, jinsga taalluqli bo’lishi individning 
inson sifatida mavjud bo’lishi uchun muhim emas.Shuni ham aytish lozimki, predmet belgisining 
muhim yoki nomuhim bo’lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo’lishimizga 
qarab ham belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo’lmagan belgilar, boshqa 
munosabatda muhim bo’lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi 
uchun muhim bo’lsa, inson sifatida mavjud bo’lishi uchun muhim emas. Bunday muhim belgilar 
predmetning ma’lum bir munosabatdagi muhim belgilari deyilib, ob’ektiv muhim belgilardan 
(predmetning mavjud bo’lishi bilan zaruriy aloqada bo’lgan belgilardan) farq qiladi. 
Nihoyat, predmet to’xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo’lganligi uchun, vaqt o’tishi bilan 
uning muhim bo’lgan belgisi nomuhim bo’lgan belgiga yoki, aksincha, nomuhim belgisi muhim 
belgiga aylanishi mumkin. 
Demak, tushunchada predmet o’zining muhim belgilari orqali fikr qilinib, bu belgilar 
predmetning umumiy va individual belgilari bo’lishi mumkin. Masalan, «Hamza Xakimzoda 
Niyoziy» tushunchasida predmetning 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin