Mantiq. Reja



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Falsafa 4 mavzu

Xulosa chiqarish
da ham yuqoridagiga o‘xshash hollarni kuzatish mumkin. Masalan, 
“Daraxt – o‘simlik”. 
“Terak – daraxt”. 
Demak, “Terak – o‘simlik”. 
yoki 
“Har bir kimyoviy element o‘z atom og‘irligiga ega”. 
“Mis – kimyoviy element”. 
Demak, “Mis o‘z atom og‘irligiga ega” kabilar. 
Bu xulosa chiqarish hollari mazmuni bo‘yicha turlicha bo‘lishiga qaramasdan, bir xil 
mantiqiy strukturaga ega. Har ikkalasida xulosani tashkil etuvchi tushunchalar xulosa chiqarish 
uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgan hukmlarda uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda – 
«daraxt», ikkinchi misolda – «kimyoviy element» tushunchasi) orqali bog‘langan. 
Yuqoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shakli fikrning konkret mazmunidan nisbatan 
mustaqil holda mavjud bo‘lishi va, demak, o‘ziga xos qonuniyatlarga egaligi ma’lum bo‘ldi. 
SHuning uchun ham mantiqda uni alohida o‘rganish predmeti sifatida olib qarash mumkin. 
Fikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. 
Tafakkur qonuni
muhokama yuritish jarayonida qatnashayotgan fikrlar (fikrlash elementlari) 
o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, 
muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, etarli darajada 
asoslangan bo‘lishidan iborat. 
Muhokamani to‘g‘ri qurish bilan bog‘liq talablar haqida gapirganda, birinchi navbatda, 
ularning muayyan prinsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni to‘g‘ri tafakkur prinsiplari sifatida amal 
qilishiga e’tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning buzilishi muhokamaning noto‘g‘ri qurilishiga 
sabab bo‘ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi (masalan, «Qonun – rioya 
qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat», «Buyruq – qonun emas», demak, «Buyruq – rioya qilish zarur 
bo‘lgan huquqiy hujjat emas») yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, 


«Barcha moddiy jismlar – kimyoviy elementlar», «Temir – moddiy jism», demak, «Temir – 
kimyoviy element») mumkin. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin