Mantiq. Reja


TUSHUNCHALARNI CHEGARALASH VA UMUMLASHTIRISH



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Falsafa 4 mavzu

TUSHUNCHALARNI CHEGARALASH VA UMUMLASHTIRISH
tushunchalar 
ustida olib boriladigani amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va xajmi o’rtasidagi 
teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi. 
TUSHUNCHANI CHEGARALASH
xajmi keng tushunchadan xajmiga tor tushunchaga 
(jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Masalan, «Mexanik harakat» 
tushunchasidan «Aylanma harakat» tushunchasiga o’tsak, uning xajmini chegaralagan bo’lamiz. 
А 
В 
А 
В 
А 
В 
С 


Chegaralashda berilgan tushuncha – «Mexanik harakat» jins tushuncha, deb qabul qilinib, uning 
mazmuniga tur tushuncha hosil qiluvchi belgilar qo’shiladi. Natijada unga nisbatan tur 
hisoblangan yangi tushuncha - «Aylanma harakat» tushunchasi hosil bo’ladi. Chegaralash amalini 
davom ettirib, “Erning o’z o’qi atrofida aylanishi” tushunchasiga o’tish mumkin. Demak, 
chegaralash davomida hosil bo’lgan har bir yangi tushuncha avvalgisiga nisbatan tur tushuncha 
bo’ladi. Chegaralash amali yakka tushuncha hosil bo’lguncha davom ettirilishi mumkin. Chunki 
yakka tushunchaga nisbatan tur bo’lgan tushuncha yo’q.
Tushunchani chegaralash amalining sxemasi quyidagicha: 
A- Harakat 
B-Mexanik xarakat 
C-Aylanma xarakat 
D-Erning o’z o’qi atrofida aylanishi. 
 
Tushunchani umumlashtirish hajmi
tor tushunchadan xajmi keng tushunchaga (tur 
tushunchadan jins tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb 
qabul qilinib, uning mazmunidan tur xosil qkiluvchi belgilar chikarib tashlanadi. Natijada mazmun 
jixatidan unga nisbatan kengroqk, lekin xajmiga ko’ra torroq bo’lgan jins tushuncha xosil bo’ladi. 
Masalan, «Aylanma xarakat» tushunchasi mazmunidan faqkat o’ngagina xos bo’lgan tur belgilarni 
chiqarib tashlasak, «Mexanik xarakat» tushunchasini xosil qilamiz. Umumlashtirish fmflining 
chegarasi eng umumiy tushuncha, yani kategoriyadir. Chunki kategoriyalar uchun jins bo’lgan 
tushuncha yo’q. 
Tushunchani umumlashtirish amalining sxemasi quyidagicha: 
A-Erning o’z o’qi atrofida aylanishi 
B-Aylanma harakat 
C-Mexanik xarakat 
D-Xarakat 
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik xayotimiz va ilmiy bilishda 
keng qo’llaniladi. Hususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida ifodalanadigan nazariy qonunlar, 
g’oyalar, nazariyalar mavjud empiric tushunchalarni, empiric qonunlarni umumlashtirish 
natijasida xosil bo’ladilar. 
Umumlashtirish muxokama yuritish jarayonida induktiv hulosa chiqarish usulida yaqqol 
ifodalangan boladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning fundamental tushunchalarni 
yaratib bo’lmaydi; mavjud bilimlarni sistemaga solish qiyin va, umuman, fan taraqqiy eta olmaydi.
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy tushuncha, 
g’oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, Nyuton mehanikasidagi 
“Inertsiya” tushunchasi Galiley nazariyasidagi “erkin tushish” tushunchasi yordamida 
tushuntirilishi mumkin.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin