Masalan , «Vaqt orqaga qaytmaydi», «Hayot - bu harakat» kabi gaplar hukmni ifoda
qiladilar.
Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va
murakkab bo’ladi.
ODDIY HUKM deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga aytiladi.
Masalan , «Mantiq ilmini o’rganish to’g’ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi» degan mulohaza
oddiy hukmni ifodalaydi.
MURAKKAB HUKM tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo’lgan
mulohazalarga aytiladi.
Masalan , «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganadi»,
degan mulohaza murakkab xumkmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi
tafakkur shakllarini o’rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o’rganadi», degan ikki oddiy
hukmdan iborat.
Mulohaza (hukm) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko’rsatish mumkin.
Mantiqiy ega-sub’ekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi.
Mantiqiy kesim- predikat (P) predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar
hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning sub’ekt va predikati uning
terminlari deb ataladi.
Hukmning uchinchi zaruriy elementi
mantiqiy bog’lama dir. U sub’ekt va predikatni bir-biri
bilan bog’laydi, natijada hukm hosil bo’ladi.
Oddiy qat’iy hukmning formulasi quidagicha yoziladi :
S-P. Oddiy hukmlar sifati va miqdoriga ko’ra turlarga bo’linadi.
Sifatiga ko’ra tasdiq va
inkor hukmlar farqlanadi. Hukmning sifatini mantiqiy bog’lama belgilaydi.
TASDIQ HUKMLARDA belgining predmetga xosligi ko’rsatiladi.
Masalan , «A. Oripov
O’zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifidir».