Mantiq. Reja



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Falsafa 4 mavzu

Ekvivalentlik
munosabatidagi hukmlar ham ma vaqt chin bo’ladi, chunki ularda aynan bir 
fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O’zbekiston Respublikasi madxiyasining 
muallifi» va «A. Oripov – O’zbekiston Qaxramoni» mulohaza (hukm) lari o’zaro ekvivalentdir, 
ya’ni ular bir xil sub’ektga, lekin har xil predikatga ega bo’lgan mulohaza (hukm) lardir. 
Hukmlarning chinligiga ko’ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko’rsatilgan qonuniyatlar 
bilishda katta ahamiyatga ega. 
XULOSA CHIQARISH VA UNING TURLARI 
Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo’ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur 
yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish 
mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi. 
Xulosa chiqarish deb bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar 
yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga 
aytiladi. 
Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. 
To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalam bor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro 
mantiqan bog’lanishi kerak. 
Masalan, «Aristotel-mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan ikki 
chin mulohazadan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Chunki bu mulohazalar o’rtasida mantiqiy 
aloqadorlik yo’q. 
Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday 
aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar 
buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi. Masalan: «Talaba A – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba A 
– odobli», deb xulosa chiqarib bo’lmaydi. 
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish 
qoidalarining qat’iyligiga ko’ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat 
yo’nalishiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi. 
Mazkur klassifikatsiyada xulosa chiqarishni fikrning harakat yo’nalishi bo’yicha turlarga 
ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham 
ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa 
chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to’liq induktsiyani hisobga olmaganda) va analogiya 
ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa 


chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin