Mantiq. Reja


Deduktiv xulosa chiqarish



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Falsafa 4 mavzu

Deduktiv xulosa chiqarish
ning muhim 
xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xarakterga 
egaligidir. Uning turlaridan biri 
bevosita xulosa chiqarishdir

Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi 
bevosita xulosa chiqarish deb ataladi.
Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning 
shaklini o’zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning strukturasi, 
ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat xarakteristikalari muhim 
ahamiyatga ega bo’ladi. 
Induktiv xulosa chiqarish 
empirik umumlashtirish shaklida sodir bo’lib, unda birorta 
belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining 
mazkur sinfga tegishli barcha perdmetlarga xosligi xaqida xulosa chiqariladi. 
Induktsiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o’rnatilgan turli empirik 
qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o’z aksini topadi, predmet va hodisalar haqidagi 
bilimlarimizni kengaytirishiga olib keladi. 
Masalan: 
Zardusht Qadimgi Xorazmda tug’ilgan 
Budda Hindistonda tug’ilgan 
Muso Misrda tug’ilgan 
Iso (Iisus Xristos) Quddusga yaqin Viflemda tug’ilgan 
Muhammad (SAV) Makkada tug’ilgan 
Ular buyuk dinlarning asoschilaridir 
Demak, buyuk dinlarning asoschilari Sharqdan chiqqanlar. 
Yoki: 
Kitoblar – ma’naviy boylik 
Kitoblar - aqliy mexnat natijalari 
Demak, aqliy mexnat natijalarining ba’zilari ma’naviy boylikdir. 
v) 
ANALOGIYA
(grek. - moslik, o’xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. 
Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan xususiylikka qarab, induksiyada xususiylikdan 
umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada esa bir xususiy holatdan boshqa xususiy holatga 
qarab harakatlanadi. 
Analogiyada predmetlarning o’xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va 
jamiyatda ob’ektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, ob’ektiv o’xshashlik ham mavjuddir. Ular 
inson ongida o’z ifodasini topadi. Ob’ektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar 
tuzilishi jihatidan o’xshash bo’lsa, ular aks ettirgan voqealikdagi turli narsa va hodisalar ham 
ma’lum ma’noda o’xshash bo’ladi. 
Analogiya bo’yicha xulosa chiqarish ob’ektiv reallikning cheksiz ko’rinishlari hamda unda 
mavjud bo’lgan turli sistemalarning xossalari, munosabatlari, strukturalaridagi o’xshashliklarga 
asoslanadi. Masalan, sayyoralar, davlatlar, ijtimoiy tuzumlar mohiyatida o’xshashlik bor. Bilishda 
muhim va nomuhim xossalar o’xshashligi asosida analogiya bo’yicha xulosa chikariladi. 
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborot 
o’tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taallukli bo’ladi. Masalan, qadimgi 
greklarning «Dedal va Ikar» afsonasida aytilishicha, ota va bola qullikdan ozod bo’lish uchun 
o’zlariga qanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda xulosa chiqarish quyidagi ko’rinishda bo’ladi: 
Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi. 
Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo’q, u uchmaydi. 
Insonning ham qanoti bo’lsa, u, ehtimol uchadi. 
Analogiya bo’yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asoslardan, xulosadan 
va asoslar hamda xulosa o’rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda 
bo’lib, keyingi tekshirishlarni talab kiladi Aniq asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa 
chiqadi. 


Analogiya o’zining ob’ektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari o’rtasidagi 
aloqalar va munosabatlardir. 
Muammo, muammoli vaziyat, muammoni qo‘yish, muammoni hal etish, gipoteza, ishchi 
gipoteza, nazariya, aksiomatik nazariyalar, tezis, formal sistemalar

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin