Mantiq. Reja



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Falsafa 4 mavzu

Isbotlash va rad etish qoidalari, ularni buzganda kelib chiqadigan mantiqiy xatolar 
Tezisga aloqador qoidalar: 
1. Tezis mantiqan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, isbotlash yoki rad etish 
o‘zining aniq predmetiga ega bo‘lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish behuda ish 
hisoblanadi. 
2. Tezis isbotlash yoki rad etishning boshidan oxirigacha o‘zgarmasligi kerak. Bu qoida 
buzilsa, «tezisni almashtirish» degan xato kelib chiqadi. 
Argumentlarga nisbatan qoidalar: 
1. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin hukmlar bo‘lishi va bir-biriga zid 
bo‘lmasligi lozim. 
2. Argumentlar tezisni asoslash uchun etarli bo‘lishi kerak. 
3. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan hukmlar bo‘lishi lozim. 
Isbotlash usulining qoidasi: 
1. Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa bo‘lishi lozim. Buning 
uchun isbotlash yoki rad etishda xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilish zarur. 
Isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi mantiqiy xatolarga olib keladi. Bu xatoliklar 
uch turga bo‘linadi: 
I. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar: 
1.Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida o‘zgarmasligi shart, degan 
qoidaning buzilishi tezisning almashtirilishiga sabab bo‘ladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshqa 
tezis bilan almashtiriladi va bunda YAngi tezis isbotlanadi yoki rad etiladi. Tezis mazmunining 
toraytirilishi yoki kengaytirilishi ham bahs jarayonida tezisning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, 
respublikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g‘oyaning ahamiyati to‘g‘risidagi tezisni 
isbotlash davomida umuman jamiyatga mafkura kerakmi yoki yo‘qmi, degan masalani isbot 
etishga harakat qilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis almashinadi. 
2. Insonning shaxsiy sifatini bahona qilib tezisni almashtirish. Bahs jarayonida mavzudan 
chetga chiqib, opponentning shaxsiy, ijtimoiy hayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari xususida 
fikr yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan, deb ta’kidlash tezisning almashinishiga 
sabab bo‘ladi. Bunday xatoga ataylab yo‘l qo‘yiladi. Tinglovchilarning his-tuyg‘ulariga ta’sir 
qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb qabul qilinishiga urinish ham tezisni almashtirish 
hisoblanadi. 
3. Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning almashinishi. Fikr ortiqcha 
isbotlansa, berilgan tezis o‘rniga undan kuchliroq tezisni isbotlashga harakat qilinadi. Agar A 
hodisadan V kelib chiqsa, lekin V hodisadan A kelib chiqmasa, unda A hodisani ifodalovchi tezis 
V hodisani ifodalovchi tezisdan kuchliroq bo‘ladi. Masalan, «A shaxs birinchi bo‘lib janjalni 
boshlamagan» degan tezis (V) o‘rniga, «A shaxs umuman janjal bo‘lgan erda yo‘q edi» degan 
tezisni (A) isbotlashga harakat qilinadi. Ikkinchi tezisni isbotlab bo‘lmaydi, chunki A shaxsning 
janjalda qatnashganligini ko‘rgan guvohlar bor. 
II. Argument (asos)larga taalluqli xatolar: 
1. Asoslarning xatoligi. Tezis isbotlanganda yoki rad etilganda xato argumentlarga chin deb 
asoslanish natijasida ataylab yoki bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, Qadimgi 
grek faylasufi Fales o‘z ta’limotini hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan, degan fikrga asoslanib 
yaratgan. 
2. Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis isbotlanmagan argumentlarga 
asoslansa, bunday argumentlar tezisning chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi 
taxminlanadi, xolos. 
3. «Aylanma isbot etish» deb nomlanuvchi xato. Tezisning chinligi argumentlar orqali, 
argumentlarning chinligi tezis orqali isbotlansa mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, 
«So‘zning qudrati fikr bilan o‘lchanadi», degan tezisni «Fikrning qudrati so‘z bilan o‘lchanadi», 
deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo‘l qo‘yiladi. 
III. Isbotlash usuli (demonstrastiya) bilan bog‘liq xatolar. 


1.«Yolg‘on (soxta) isbotlash». Agar tezis uni isbotlash uchun keltirilgan argumentlardan 
bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tezisga aloqador bo‘lmagan 
argumentlarga asoslaniladi. Masalan, «A shaxs yomon odam», degan tezis «Tunda yomon 
odamlargina ko‘chada yuradi», «A shaxs ko‘chada tunda yuribdi» degan argumentlar bilan 
asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan bo‘ladi. 
2.Shartlangan fikrdan shartlanmagan fikrga o‘tish. Muayyan vaqt, munosabat doirasida chin 
bo‘lgan (shartlangan) fikrni, doimiy, o‘zgarmas chin fikr deb qabul qilish natijasida mantiqiy 
xatoga yo‘l qo‘yiladi. 
3.Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar: 
a) deduktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bu haqda 
deduktiv xulosa chiqarish mavzusida batafsil ma’lumot berilgan; 
b) induktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bular «shoshib 
umumlashtirish» va «undan keyin, demak, shuning uchun», deb ataluvchi xatoliklardir. Masalan, 
bir-ikki talabaning darsga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lishini umumlashtirib, «hamma 
talabalar mas’uliyatsiz», deb ta’kidlash xatodir; 
v) analogiyada uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bular «yolg‘on analogiya» bilan 
bog‘liq xatolardir. Unda tasodifiy belgining zaruriy deb olinishi, faqat birgina o‘xshash belgiga 
asoslanishi yoki mutlaqo taqqoslab bo‘lmaydigan hodisalarning o‘zaro taqqoslanishi natijasida 
fikrda chalkashliklar yuzaga keladi. 
Mantiqiy xatolar tafakkur qonunlarini buzish, xulosa chiqarish qoidalariga amal qilmaslik 
natijasida yuzaga keladi. Mantiq tarixida isbotlash jarayonida ataylab (qasddan) xatoga yo‘l 
qo‘yuvchilar – sofistlar deb, ularning ta’limoti esa sofizm (grek. – ayyorlik) deb ataladi. Fikr 
yuritish jarayonida bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yilsa, paralogizm deyiladi. CHinligini ham, 
xatoligini ham birday isbotlash mumkin bo‘lgan fikrlar esa paradoks deb ataladi. 
Bahs yuritish san’ati (eristika) o‘ziga xos qonun-qoidalarga amal qilishni talab etadi. 
Bularga asosan quyidagilar kiradi: 
– zaruriyatsiz bahslashmaslik; 
– mavzusiz bahs yuritmaslik va bahs davomida mavzudan chetga chiqmaslik yoki mavzuni 
o‘zgartirmaslik; 
– bahs mavzusi yuzasidan o‘zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar bo‘lmasa, bahsni to‘xtatish; 
– mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina bahslashish; 
– bahs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, o‘zining va muxolifining 
fikrlaridan xulosa chiqara olish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish, asoslar to‘g‘ri 
bo‘lsa, isbotlashning ham to‘g‘riligini e’tirof etish va h.k.; 
– bir bahs doirasida bahslashish usullarini aralashtirib yubormaslik. 
Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va bahs yuritish qoidalariga amal qilish 
tafakkur madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish imkonini beradi. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin