ד
p)→
ד
H
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, garchi bu gipotezaning mavqeini ancha pasaytirsa-
da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning chinligi undan kelib chiqadigan natijalarga zid bo‘lgan
holatlar
aniqlangandagina
uzil-kesil
rad
etiladi.
Masalan,
Ptolomeyning
Erning
harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi Kopernikning geliostentrik nazariyasi
asoslanadigan faktlarga zid kelganidan keyin rad etildi.
Mantiqda ishchi gipotezalar ham farq qilinadi.
Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bo‘lib, o‘z oldiga
o‘rganilayotgan hodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi; u faqat kuzatish va
eksperiment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi.
Shunday qilib, gipoteza fikrlarimizning qurilishi, bilimlarimizning mavjud bo‘lish va
rivojlanish shaklidir.
5
Misol quyidagi manbaadan olindi: сборник упранениий по логике пособие для вузов / А.С. Клевчани Минск
Университетское , 1990. с. 214.
6
Qarang. O'sha kitob
, 220-bet.
Nazariya
«Nazariya» termini keng ma’noda aqliy bilish, tafakkurni anglatadi, uni amaliyotdan farq
qiluvchi faoliyat turi sifatida ifodalaydi. Tor ma’noda esa, nazariya ma’lum bir sohaga oid
tasavvurlar, tushunchalar, g‘oyalar, gipotezalarni tizimga soladigan, predmetni yaxlit tarzda
anglashga imkon beradigan bilim shaklini bildiradi.
Nazariyaning bunday talqini ilmiy bilishda empirik va nazariy bosqichlarning farq qilinishi
bilan bog‘liq.
Empirik bosqichda ilmiy faktlar to‘planadi, o‘rganiladi, tizimga solinib, turli xil jadvallar,
shakllar, grafiklar tuziladi; muayyan bir umumlashmalar, xususan, empirik tushunchalar, farazlar,
empirik qonunlar shakllanadi.
Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida hosil qilingan, lekin bir-biri
bilan bo‘lgan aloqasi hali aniqlanmagan bilimlar o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish, ularni
umumlashtirish, shu asosda YAngi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni yaratish, ilmiy
bashoratlar qilish bilan uzviy bog‘liq.
Bilishning bu ikki bosqichi o‘rtasida zaruriy aloqadorlik mavjud. Xususan, nazariyani
yaratish empirik bilish jarayonida hosil qilingan predmetning ayrim tomonlari, xususiyatlarini aks
ettiruvchi tushunchalar, qonunlar, farazlar o‘rtasida mantiqiy aloqalarni o‘rnatishga, predmet
haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga, uning mohiyatini tushuntirishga bo‘lgan ehtiyoj bilan
belgilanadi.
Nazariya ma’lum bir predmet sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni
sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, Yangi fundamental umumlashmalar
yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tushuntirish, oldindan ko‘rish imkonini
beradigan ishonchli bilimdan iborat.
Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga
aloqador faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos:
nazariyaning asosiy tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar);
3) nazariyaning mantiqiy apparati: tushunchalarni hosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa
chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar).
Ilmiy nazariya oxir-oqibatda real tizimni, ob’ektni aks ettiradi, uning tabiatini tushuntiradi
va shu ma’noda o‘zining empirik asosiga ega. Lekin empirik asosining mavjudligi nazariyaning
barcha tushunchalari ifoda etadigan predmet va belgilarning hissiy idrok qilinishi yoki
nazariyaning barcha hollarda mavjud hodisalarni, ularning real xususiyatlari va munosabatlarini
aks ettirishini anglatmaydi.
Nazariyada borliq, asosan, modellar yordamida ideallashgan holda in’ikos qilinadi.
Ideallashtirish jarayonida mavjud ob’ektlar haqidagi empirik bilimga tayangan holda, haqiqatda
mavjud bo‘lmagan va ba’zan mavjud bo‘lishi mumkin ham bo‘lmagan, lekin real mavjud
predmetlarga ma’lum bir munosabatda o‘xshash ob’ektlar haqidagi tushunchalar hosil qilinadi.
Masalan, mexanika echimini qidiradigan ko‘p masalalarda jismning shakli va o‘lchamlari (eni,
bo‘yi, hajmi va shu kabilar) unchalik muhim ahamiyatga ega emas. Ayni bir paytda massa muhim
ahamiyatga ega va shuning uchun ham massasi bir nuqtaga jamlangan xayoliy jism – moddiy nuqta
hosil qilinadi.
Barcha real mavjud jismlar shaklga va o‘lchamlarga ega, moddiy nuqta esa ideal ob’ekt
bo‘lib, ba’zi masalalarni echishda real jismlarning o‘rnini bosadi, ularning nazariy bilishdagi
ekvivalenti bo‘lib xizmat qiladi. Fizikadagi mutlaq qattiq jism, geometriyadagi nuqta, tekislik,
to‘g‘ri chiziq va boshqa fanlardagi shu kabi ko‘p tushunchalar ideal ob’ektlarni ifoda qiladilar.
Ideal ob’ektlar yordamida predmetning hissiy idrok etilmaydigan muhim xususiyatlari,
munosabatlari o‘rganiladi. Ularsiz nazariy bilish o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadiga erisha olmaydi.
Nazariy bilishning zaruriy vositasi bo‘lganligi uchun ularni ba’zan nazariy ob’ektlar deb ham
atashadi.
Nazariya ideal xarakterga ega bo‘lgan tushunchalar, mulohazalar tizimidan – konsteptual
tizimdan iborat bo‘lib, u real ob’ektning nazariy modelini ifoda qiladi. Masalan, mexanikadagi
boshqa tizimlar ta’siridan ajratib qo‘yilib, yopiq tizim tarzida fikr qilinadigan mexanik tizim
tushunchasi real ob’ektning nazariy modeli hisoblanadi. Uning yordamida real mavjud bo‘lgan
mexanik tizimning harakat qonunlari o‘rganiladi.
Nazariy modelning ideal xususiyatga ega bo‘lgan ob’ektlari, ularni aks ettiruvchi
tushunchalar o‘rtasidagi aloqadorlik nazariyaning fundamental qonunlari, prinsiplarida o‘z
ifodasini topadi.
Mazkur qonunlar, prinsiplar boshlang‘ich tushunchalar va mulohazalar bilan birgalikda
nazariyaning konsteptual o‘zagini tashkil etadi. Masalan, klassik mexanikaning negizini
harakatning uchta qonuni hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan fazo, massa, vaqt, kuch, tezlik,
tezlanish tushunchalari tashkil etadi. Klassik termodinamikaning asosini esa uning uchta muhim
qonuni hosil qiladi. Matematik nazariyalarning konsteptual o‘zagi ularning asosiy tushunchalari
va aksiomalarida o‘z ifodasini topgan.
Har bir nazariya o‘zining tushunchalarini hosil qilish, ta’riflash qoidalariga ega. Bunga misol
qilib formallashgan tilni yaratish qoidalari, mulohazalar mantig‘ini natural xulosa chiqarish tizimi
sifatida qurish qoidalarini ko‘rsatish mumkin. Xuddi shuningdek, har qanday nazariya xulosalar
tarzidagi o‘z natijalariga ega.
Demak, ilmiy nazariyaning tarkibida uning har bir elementi o‘z o‘rniga ega.
Ilmiy nazariya bilishda bir qancha muhim vazifalarni bajaradi.
Birinchidan, nazariyada birorta sohaga oid barcha bilimlar yaxlit bir tizimga birlashtiriladi.
Bunday tizimda, odatda, bilimlarning katta qismini nazariyaning nisbatan kamroq bo‘lgan
boshlang‘ich tushunchalaridan keltirib chiqarishga harakat qilishadi. Ular matematikada
aksiomalar, tabiatshunoslikda gipotezalar, deb yuritiladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad –
qayd etilgan faktlarni ayrim boshlang‘ich prinsiplar, gipotezalarning natijasi sifatida talqin etish.
Nazariy tizimda har bir fakt, har bir tushuncha, har bir qonun yoki faraz boshqalariga nisbatan o‘z
o‘rniga ega bo‘lishi, ana shundan kelib chiqib, talqin qilinishi (yoki qayta talqin qilinishi) zarur.
Talqin etish jarayonida mavjud nazariyalar hamda YAngidan qurilayotgan nazariyaning
elementlariga murojaat qilinadi. Bu esa, bir tomondan, mavjud faktlarning tabiatini to‘g‘ri
tushunishga yordam bersa, ikkinchi tomondan, bevosita empirik usul yordamida qayd etib
bo‘lmaydigan YAngi faktlarni topishga imkon beradi.
Ikkinchidan, nazariyani qurish berilgan sohaga oid bilimlarni aniqlashtirish, kengaytirish va
chuqurlashtirishga yordam beradi. Buning sababi shundaki, nazariyaning boshlang‘ich asoslari –
aksiomalar, postulatlar, qonunlar, prinsiplar, gipotezalar nazariyadagi boshqa ilmiy bilimlarga
nisbatan mantiqan kuchliroq hisoblanadi. Ana shuning uchun ham nazariyani qurish mavjud
bilimlarni tartibga solishdan, ya’ni koordinastiya qilishdangina iborat bo‘lib qolmaydi. Bunda
mantiqan kuchli bilimlardan mantiqan kuchsiz bilimlar keltirib chiqariladi, ya’ni subordinastiya
qilinadi. U esa mazmunan chuqurroq bo‘lgan tushunchalar, qonunlar, prinsiplarga murojaat
qilishga, ular yordamida mavjud tushunchalarni talqin etishga, YAngi fundamental
umumlashmalar hosil qilishga olib keladi. Masalan, Nyutonning harakatning uchta qonuni hamda
butun olam tortishish qonuniga tayanadigan klassik mexanikasi Galileyning jismlarning erkin
tushishi qonuni va Keplarning planetalar harakati qonunini tushuntirish va aniqlashtirish imkonini
berdi. Xususan, Galiley qonunining jismning gravitastiya kuchi ta’sirida harakat qilishining juz’iy
holini ifoda etishi ma’lum bo‘ldi. Gravitastiya ta’siridan tashqarida, ya’ni Er radiusi uzunligidan
ortiq bo‘lgan masofada Galiley kashf etgan qonun amal qilmaydi. Xuddi shuningdek, Keplerning
Quyosh sictemasida harakat qiluvchi planetaning elliptik orbita bo‘yicha harakat qilishi
qonunining boshqa planetalarning ta’sirini hisobga olmasligi va ana shuning uchun ham unchalik
aniq emasligi ma’lum bo‘ldi.
Uchinchidan, nazariya o‘rganilayotgan hodisani ilmiy asosda tushuntira oladi. To‘g‘ri,
birorta hodisani tushuntirish uchun, odatda, uni tavsiflaydigan qonunga murojaat qilishadi. Lekin
shuni yoddan chiqarmaslik zarurki, fanda qonunlar o‘z holicha emas, balki ma’lum bir nazariya
tarkibida mavjud bo‘ladi. Bunda empirik qonunlar ma’lum bir nazariy qonunlardan keltirib
chiqariladi. Hatto, alohida olingan nazariy qonun ham hodisani tushuntirish uchun etarli
bo‘lmasligi mumkin. Ilmiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, hodisaning mohiyatini tushuntirish uchun
nazariyaning barcha g‘oyalari yig‘indisi, qonunlar jalb etiladi.
Nazariyaning ilmiy bilishdagi alohida ahamiyati yana uning YAngi, ilgari kuzatilmagan
hodisalarning mavjudligini oldindan ko‘rish imkonini berishidadir. Masalan, Maksvellning
elektromagnit nazariyasi radio to‘lqinlarining mavjudligini oldindan aytishga imkon bergan. Bu
to‘lqinlarni ancha vaqt o‘tgandan keyin G. Gerst eksperimental yo‘l bilan qayd etgan. Xuddi
shuningdek, Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi gravitastiya maydonida yorug‘lik
nurining og‘ishini bashorat qilishga olib kelgan.
To‘rtinchidan, ilmiy nazariya o‘zida o‘rganilayotgan predmet sohasiga oid barcha bilimlar
o‘rtasida mantiqiy aloqalarni o‘rnatgani, yaxlit bir tizimda mujassamlantirgani va
umumlashtirgani uchun uning ob’ektiv haqiqatlik darajasi va demak, ishonchliligi ortadi.
Beshinchidan, nazariya muammoni qo‘yish, gipotezalarni yaratish, qonunlarni
shakllantirish, g‘oyalarni ilgari surish va asoslashdan iborat bilishning uzoq va mashaqqatli yo‘lini
bosib o‘tishning natijasi bo‘lganligi uchun u bilishga xos qonunlarni aniqlash, ularni o‘rganish
imkonini beradi.
Nazariyani qurish murakkab jarayon bo‘lib, ko‘p hollarda bir qancha olimlarning hamkorlik
qilishini taqozo etadi.
Dastlabki bosqichda nazariyaning predmet sohasi va tadqiqot yo‘nalishi aniqlanadi. Amaliy
hayotimiz ehtiyojlari, u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tadqiqot maqsadi va vazifalari bunda muhim
ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, predmet sohasi va tadqiqot aspektini aniqlashda berilgan sohaga
oid bilimlarning ko‘lami, chuqurligi katta rol o‘ynaydi.
Nazariyani qurishning keyingi zaruriy bosqichi boshlang‘ich asosni aniqlashdir. U
o‘rganilayotgan sohaga oid eng asosiy tushunchalar, aksiomalar, gipotezalar yig‘indisidan iborat
bo‘ladi. Nazariyaning boshqa barcha tushunchalari, gipotezalari va qonunlari ana shu boshlang‘ich
asosdan deduktiv yo‘l bilan keltirib chiqariladi. Bunda, albatta, nazariyaning barcha tushunchalari
– asosiylari va keltirib chiqariladiganlari, YAngidan hosil qilinadiganlari muhim g‘oya (yoki
g‘oyalar tizimi) negizida birlashtirilishi kerak.
Tabiiyki, nazariya ma’lum bir metod yordamida, ya’ni metodologik prinsiplar, usullarni
qo‘llash asosida quriladi.
Qurilgan nazariya bilishning keyingi bosqichlarida aniqlashtiriladi, YAngi faktik materiallar
asosida mazmunan boyitiladi, qayta talqin qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |