sababi uning tarkibida alohida vaznsiz suyuqlik – teplorodning bo‘lishidir, degan fikrga
tayanuvchi teplorod konstepstiyasini ham to‘g‘ri, deb hisoblagan. Teplorodni suvga, haroratlar
(temperaturalar) o‘rtasidagi farqni – suv darajasiga qiyos qilib, Karno, xuddi suv darajasining
pastga tushishida ish suv og‘irligining uning darajalari o‘rtasidagi farqqa bo‘linishi bilan
o‘lchangani kabi, bug‘ mashinasida ish, ishchi moddaning (suv, spirt va boshqalar) tabiatidan qat’i
nazar, teplorod miqdorining haroratlar (temperaturalar) farqiga bo‘linishi bilan o‘lchanadi, degan
xulosaga keladi. Bu issiqlik mashinasi ish hajmining (miqdorining) isitgich va sovutgich
haroratlarining qiymatlariga bog‘liqligini anglotardi. «Karno prinsipi» keyinchalik
termodinamikaning ikkinchi qonunining yaratilishiga asos bo‘lgan.
Keltirilgan misolda Sadi Karnoning gipotezani ilgari surishda analogiyaga asoslanganligini
payqab olish qiyin emas.
5
Ilgari surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Bu bosqichda gipotezadan ma’lum bir
natijalar keltirib chiqariladi va ular verifikastiya qilinadi, ya’ni ularning mavjud faktlarga (yoki
boshqa ishonchli bilimlarga) muvofiqligi aniqlanadi.
Bu erda shuni unutmaslik lozimki, gipotezani ishonchli, chin bilimga aylantirish uchun unda
ilgari surilgan fikrlarga etarli asos bo‘la oladigan miqdordagi natijalar (gipotezaning asosiy
g‘oyasidan kelib chiqadigan) yig‘indisi verifikastiya qilinishi kerak.
Gipotezaning chinligini asoslashning boshqa usullari ham mavjud: 1) gipotezani deduktiv
yo‘l bilan chinligi avval isbotlangan bilimlardan mantiqan keltirib chiqarish; 2) asosi ishonchli
bilim bo‘lmasa, uni tasdiqlash (bu ko‘proq asoslari ehtimoliy hukm bo‘lgan sillogizmlar vositasida
qurilgan gipotezalarga tegishli); 3) gipotezaning asoslarini ishonchli bilim olish uchun etarli
bo‘lgan miqdorga etkazish (bu gipoteza to‘liqsiz induksiya vositasida qurilgan hollarga tegishli).
Gipotezani tasdiqlashning qanday kechishini tasavvur qilish uchun quyidagi misolga
murojaat qilamiz.
Termodinamika asoschilaridan biri nemis fizigi R.Klazius yuqorida biz qayd etib o‘tgan
“Karno prinsipi”ni unga qilingan ko‘p hujumlardan himoya qilgan. Bu prinsipni tasdiqlash
maqsadida, uning chinligini intuitiv ravishda muqarrar deb hisoblagan postulatdan deduktiv yo‘l
bilan keltirib chiqaradi. Bu postulatga muvofiq issiqlik o‘z holicha sovuqroq jismdan issiqroq
jismga o‘ta olmaydi.
6
Bu erda urg‘u aynan shu “o‘z holicha o‘ta olmaslikka” beriladi, chunki
amalda “majburan” o‘tish ham (sovitish qurilmalarida, aralashmalarda va boshqalarda) mavjud
bo‘lib, u muayyan kompensastiya qiluvchi (o‘rnini qoplovchi) holatning yuzaga kelishi bilan
birgalikda kechadi.
Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. U gipotezadan kelib chiqadigan natijalarni falsifikastiya
qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Mazkur mantiqiy jarayon shartli-qat’iy sillogizmning inkor modusi
tarzida kechadi, ya’ni natijaning xatoligini aniqlashdan asosning xatoligini ko‘rsatishga o‘tiladi.
Uning simvolik ifodasi quyidagicha:
((H→P)^
Dostları ilə paylaş: