chinligi aniq bo’lsa, unda boshqasi albatta xato bo’ladi. Yuqoridagi misollardan A– mulohaza
(hukm) chin, E – mulohaza (hukm) xato ekanligi ma’lum bo’ladi.
Zidlik munosabati mazmuni va hajmiga ko’ra turlicha bo’lgan mulohaza (hukm) lar o’rtasida
mavjud bo’ladi. Bu mulohaza (hukm) larning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo’lmaydi.
Ulardan biri ham ma vaqt chin, boshqasi esa xato bo’ladi. Yuqoridagi misollardan A – mulohaza
(hukm) chin bo’lib, O – mulohaza (hukm) xatodir. Shuningdek, I – mulohaza (hukm) chin, E –
mulohaza (hukm) xatodir.
Sig’ishadigan mulohaza (hukm) lardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo’lgan hukmlar o’zaro
bo’ysinish munosabatida bo’ladi. Bunda umumiy mulohaza (hukm) lar bo’ysindiruvchi, juz’iy
mulohaza (hukm) lar bo’ysinuvchi bo’ladi. Bo’ysunish munosabatida umumiy hukmlar chin bo’lsa,
ularga bo’ysinuvchi juz’iy hukmlar ham chin bo’ladi. Lekin juz’iy hukmlar chin bo’lganda, umumiy
hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo’ladi. Yuqoridagi misoldan A – mulohaza (hukm) chin bo’lgani
uchun unga bo’ysinuvchi I – mulohaza (hukm) ham chin bo’ladi. Agar umumiy mulohaza (hukm) lar
xato bo’lsa ularga bo’ysinuvchi juz’iy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo’ladi. Misolimizda E –
mulohaza (hukm) xato bo’lgani uchun, O – mulohaza (hukm) ham xato bo’ladi. Ba’zi holatlarda
umumiy hukmlar xato bo’lsa, juz’iy hukmlar chin bo’ladi.
Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo’lgan juz’iy hukmlar o’rtasida
mavjud bo’ladi. Bu hukmlar bir vaqtda chin bo’lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato
bo’lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo’lsa, unda boshqasi albatta chin bo’ladi.
Yo’qoridagi misolimizda O – mulohaza (hukm) ning xatoligi aniq bo’lgani uchun, I – mulohaza
(hukm) chindir.
Dostları ilə paylaş: