Mantiq. Reja


Oddiy hukmlarda terminlar hajmi quyidagicha bo’ladi



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
Falsafa 4 mavzu

Oddiy hukmlarda terminlar hajmi quyidagicha bo’ladi: 
1. A 
-
Umumiy tasdiq hukmlarning 
sub’ekti
hamma vaqt to’liq hajmda olingan bo’ladi. 
Predikati
esa ba’zan to’liq, ba’zan to’liqsiz hajmda bo’ladi

Masalan
: «Hamma insonlar tirik 
mavjudotdir». 
Bu hukmning sub’ekti – «Inson», predikati – «Tirik mavjudot» tushunchasidir, «Hamma»-
umumiylik hisoblanadi. Bu hukmning sub’ekti to’liq hajmda olingan, chunki unda hamma insonlar 
to’g’risida fikr bildirilgan va bu tushuncha «tirik mavjudot» tushunchasining hajmiga to’liq 
kirishadi. Uning predikati to’liq hajmda olinmagan, chunki unda tirik mavjudotlarning bir qismi-
insonlar haqida fikr yuritiladi. Buning doiraviy sxemasi quyidagicha: (1-rasm). 
1-rasm 
2-rasm 
Umumiy tasdiq hukmlarning ba’zilarida
Sub’ekt
 ham, 
Predikat
 ham to’la hajmda bo’lishi 
mumkin. 
Masalan, «Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar» (2-rasm).
2.E –
Umumiy inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to’liq hajmda olingan 
bo’ladi.
Masalan
, «Hech bir dindor e’tiqodsiz emas». Bu hukmda S – dindorlarni, P – 
e’tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir – umumiylik hisoblanadi. Bunda har ikki terminning hajmi bir-
birini istisno qiladi (3-rasm). 
3-rasm 
3.
I –
Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liqsiz hajmda olinadi, predikati esa 
ba’zan to’liq, ba’zan to’liqsiz hajmda bo’ladi.
Masalan
: «Ba’zi talabalar ingliz tilini biladi». 
Hukmning terminlari quyidagicha: S – talabalar, R – ingliz tilini biladilar, ba’zi – mavjudlik 
hisoblanadi. Bu hukmda S ham, R ham to’liqsiz hajmda olingan bo’lib, har ikki terminning hajmi 
bir-biriga qisman mos keladi (4-rasm). 
4-rasm 
Yana bir misolni ko’ramiz: «Ba’zi vrachlar xirurgdir». Bu hukmda S – vrachlar, R – xirurglar, 
ba’zi-mavjudlik hisoblanadi. Hukmda sub’ekt to’liq hajmda olinmagan, chunki unda ba’zi 
S P 








vrachlar haqida fikr bildirilgan, predikat esa to’liq hajmda olingan, chunki xirurglarning hammasi 
vrachdir. Predikatning hajmi sub’ektning hajmiga kirgani uchun u to’liq hajmda olingan bo’ladi 
(5-rasm). 
5-rasm. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin