Mantiq. Reja


UCHINCHISI ISTISNO QONUNI



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#167020
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Falsafa 4 mavzu

UCHINCHISI ISTISNO QONUNI 
Uchinchisi istisno qonuni ziddiyat qonunining davomi, uning yanada rivojlantirilishi
chuqurlashtirilishidir. Fikrlash davomida vujudga kelgan ikki imkoniyatlardan birini tanlash 
zaruriyati tug‘ilganda unga amal qilinadi. 
 
Unutmang! 
Bu qonun quyidagicha ifoda etiladi: "Bir-biriga zid bo‘lgan ikki hukmdan biri hamisha chin 
bo‘lib, ikkinchisi xatodir, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas". Formulasi A yoki B yoki V emas. 
Fikrimizning isboti uchun quyidagi misollarni ko‘rib chiqaylik: 
1. 
"Bu kitob foydali" "Bu kitob foydali emas". 
2. 
"Bu yigit FarDU talabasi", "Bu yigit FarDU talabasi emas". 
3. 
"Hech bir olim arxitektor emas", "Ba’zi olimlar arxitektor". 
4. 
"Agar havo aynisa yomg‘ir yog‘adi", "Agar havo aynimasa, yomg‘ir yog‘maydi". 
Bu hukmlarning biri chin, ikkinchisi xato, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas. Demak, bir 
predmet yoki buyum haqidagi ikki zid fikr bir vaqtning o‘zida va bir nisbatda birdaniga chin ham, 
xato ham bo‘la olmaydi, biri chin bo‘lsa ikkinchisi xato va aksincha, uchinchi imkoniyat mavjud 
emasdir. Yoki o‘rtacha, oraliq holatning, imkoniyatning bo‘lishi mumkin emas.
ETARLI ASOS QONUNI 
Qonun shunday ifodalanadi: Muayyan muhokama jarayonida bildirilgan har qanday fikr 
etarli darajada asoslab berilishi kerak. Bu qonun talabiga ko‘ra to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb 
bildirilgan har qanday fikrning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi qonunlar, aksiomalar va dalillar 
asosida isbotlab berilishi zarur.
Eslab qoling va amal qiling! 
To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb bildirilayotgan har qanday hukm etarli darajada isbotlab berilishi 
shart. 
"O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat" deb aytilishi jarayonida mamlakatimizning tabiiy muhiti 
(ob-havo, tuprog‘i, tabiiy boyliklari, etishtirilayotgan dehqonchilik, chorvachilik, poliz, sabzavot 
va boshqa ekinlar), iqtisodiy (O‘zbekiston iqtisodiyoti) va intellektual (vatanimizning boy tarixi, 
an’ana, urf-odatlari) imkoniyatlari haqida gapirilib o‘tilsa, fikr yanada ishonarli chiqadi. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin