Mavzu: Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar


Bolalarni maktabga tayyorlashda jismoniy tarbiyalashning ahamiyati



Yüklə 32,2 Kb.
səhifə3/10
tarix20.09.2023
ölçüsü32,2 Kb.
#146101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Vahobova Muqaddam

Bolalarni maktabga tayyorlashda jismoniy tarbiyalashning ahamiyati.

Jismoniy tarbiya – maktabgacha pedagogikaning muhim bir bo‘limi bo‘lib, bizda qaror topgan jismoniy tarbiya tizimining dastlabki bo‘g‘inidir. Uning vazifasi, bola sogligini saqlash, jismoniy sifatlarini o‘stirish, yoshlarni mehnatga va vatan himoyasiga tayyorlashdir. Jismoniy rivojlanish tor ma’noda bo‘yning o‘sishi, muskullarning ortishi, va shu kabi antropometrik va biometrik ko‘rsatkichlardir. Jismoniy rivojlanish kishi organizmini o‘rab turgan muhitga bog‘liqligi to‘g‘risidagi biologik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. Masalan: hayot sharoitini jismoniy tarbiya metodini bir muncha o‘zgartirish orqali organizmning funksional imkoniyat darajasini bir muncha ko‘tarish, jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash mumkin. Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va fiunksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni qobiliyatlarni rivojlantirish, harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taalluqli maxsus bilimlarni o‘zlashtrib olish tushuniladi. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasi ular hayotini saqlash, sog‘ligini mustahkamlash, harakat malakalarini shakllantirish va to‘la ma’nodagi jismoniy tarbiya berish madaniy genetik malakalarni shakllantirish, batartib hayot kechirish odatini singdirishga qaratilgan. Kun tartibidagi aksariyat hollarda genetik va chiniqtiruvchi muolajalarni bajarish orqali bolaning bilim doirasi kengayadi. Aqliy faolligi ortadi. U jasurlik, hallolik, batartiblik, qat’iylik, mustaqillik va shunga o‘xshash ijobiy xulq me’yorlari va qoidalarini ham egallab shakllanadi. Jismoniy tarbiya aksariyat hollarda butun guruh bilan bajariladi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida harakatli o‘yinlarda bolalarda jamoatchilik uyushqoqlik, intizomlilik kabi xislatlar shakllanadi. Maktabga ta`lim yoshidagi bolalar organizmning o‘ziga xos tomoni shundaki, u juda tez o‘sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari va tizimlarining shakllanishi, hali tugallanmagan bo‘ladi. Shunga ko‘ra u tez jarohatlanadi. Shuning uchun bolalarga jismoniy tarbiya berishda quyidagilar birinchi darajali vazifalar hisoblanadi.



  1. Sog‘lomlashtiruvchi vazifalar.

  2. Ta’limiy vazifalar.

  3. Tarbiyaviy vazifalar.



Yüklə 32,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin