Mavzu: Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar


Bolalarni maktabga tayyorlashda elementar matematuk tasavvurlarni shakllantirishning ahamiyati



Yüklə 32,2 Kb.
səhifə4/10
tarix20.09.2023
ölçüsü32,2 Kb.
#146101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Vahobova Muqaddam

Bolalarni maktabga tayyorlashda elementar matematuk tasavvurlarni shakllantirishning ahamiyati.

Bolalarning matematik tushunchalarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi, ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini o‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir. Umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyati real predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir-biriga taqqoslash va guruhlarga ajratish asosida o‘sib boradi. Shuning uchun bola maktabga borgunga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun MTTdagi barcha o‘quv-tarbiya ishlari bilan uzviy ravishda bog‘lab maxsus ish olib boriladi. Matematik bilimlar bolalarga ma’lum tizim va izchillikda berilishi, bunda yangi bilim kamroq miqdorda, ya’ni bolalar o‘zlashtirib oladigan darajada bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham bir vazifa bir qancha mayda qismlarga bo‘linib, ular birin-ketin o‘rganib boriladi. Tarbiyachi har bir yosh guruhining dasturi qanday tuzilganini bilishi lozim. Bu unga o‘z guruhidagi bolalarning matematikaga doir bilim darajalarini aniqlash uchungina emas, balki maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarda boshlang‘ich matematik tasavvurlarni o‘stirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar tizimida har bir ta`limiy faoliyatining qanday muhim rol o‘ynashi va o‘rin egallashini ko‘z oldiga keltirish uchun ham imkon beradi.


Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli – ta’limiy faoliyatdir. Dastur vazifalarining ko‘pchilik qismi ta`limiy faoliyatlarda hal qilinadi. Bolalarda ma’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi.Atrofdagi hamma narsani miqdor jihatidan Kuzatishlarni uyushtirishga, bolalarning o‘z faoliyatlarining xilma-xil turlarida matematik mazmundagi bilim va ko‘nikmalaridan qanday foydalanishlariga katta ahamiyat beriladi. Ta’limiy faoliyatlarda va kundalik hayotda didaktik o‘yinlardan hamda o‘yinmashqlardan keng foydlaniladi. Ta’limiy faoliyatlardan tashqari vaqtlarda o‘yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bir qancha hollarda, masalan, joyni bilish ko‘nikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlarda o‘yinlar asosiy o‘quv vazifasini utaydi. Ta’limiy faoliyatlarda bolalarning faol faoliyati birinchi navbatda yangi material ustida ishlashni hamda ilgari o‘tilgan materialni takrorlashni birga to‘g‘ri qo‘shib olib borish bilan ish turlarini va uni tashkil etish usullarini almashtirib turish bilan, ya’ni ta`limiy faoliyat tuzilmasi bilan ta’minlanadi.

Yüklə 32,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin