Mavzu: Bolalarda ravon nutqni shakllantirishning nazariy asoslari. Ravon nutq tushunchasi, mazmuni, mohiyat, uni rivojlantirish vazifalari, turlari
Reja:
Ravon nutq haqida umumiy tushuncha
Bolalarga dialogik nutqni o’rgatish
Ravon nutqning bola hayotidagi amaliy ahamiyati
Tayanch tushuncha va iboralar:ravon nutq, diologik matn, muloqot, ta’lim jarayoni, ta’lim va tarbiya, nutq shakllari, nutq vazifalari, nutq turlari.
Ravon nutq - bu kishilarning muloqotini va o’zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo’lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o’zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to’g’ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o’zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo’lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog’liq bo’ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin ro’y beradi.
Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo’lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur.
Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo’lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichkiindividual va umuminsoniy. Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga egadir:
vazifasi -individuallararo - kishilar o’rtasidagi muloqot vositasidir. Ushbu holatda nutq og’zaki nutq - monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati sifatida chiqadi.
vazifa - ichkiindividual - bu yerda nutq ko’plab psixologik jarayonlarni (fikrlash, diqqat-e’tibor, xotira, tasavvur va boshq.) aniq-tiniq anglash darajasiga ko’targani hamda shaxsga psixologik jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
vazifasi - umuminsoniy - bu o’rinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy- tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi. Ushbu holatda - bu grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir.
Nutqning shakllanishida va bolaning undan foydalanishida maktabgacha bosqichdagi turli davrlarda bolalarda o’zgarib turadigan kommunikativ tusdagi omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Kommunikativ tusdagi omillar deganda muloqotni yo’lga qo’yishga, muloqotga extiyoj tug’ilishiga ta’sir qiladigan omillar tushuniladi.
Dastlabki yetti yilda bolada kattalar bilan muloqotga ehtiyoj rivojlanishining 4 ta bosqichi ro’y beradi.
bosqich - vaziyatli-shaxsli muloqot (bola hayotining birinchi yarim yilida) - kattalarning diqqat-e’tiboriga va yaxshi muomalasiga bo’lgan ehtiyoj;
bosqich - vaziyatli-amaliy muloqot (6 oydan boshlab 2 yilu 6 oygacha) - kattalar bilan hamkorlikka va ularning ishtirokiga muhtojlik;
bosqich - vaziyatsiz-bilish muloqoti (2 yilu 6 oydan boshlab 4 yoshgacha) - kattalarning hurmat bilan munosabatda bo’lishlariga muhtojlik. U bolaning jismoniy olamdagi his qilinmaydigan o’zaro bog’liqliklarini aniqlashga yo’naltirilgan bilish faoliyati doirasida vujudga keladi. Ushbu davrda bola kattalar bilan o’ziga xos “nazariy” hamkorlikka intiladi, u predmetli olamning hodisa va voqealarini birgalikda muhokama qilishda ifodalanadi.
bosqich - vaziyatsiz-shaxs muloqoti (4 yoshdan 7 yoshgacha) - kattalar bilan o’zaro bir-birini tushunishga va kattalarning g’amxo’rlik ko’rsatishiga ehtiyojmandlik. Bu ehtiyoj bolaning insoniy munosabatlar olamiga qiziqishi tufayli vujudga kelib, u bolaning munosabatlar qoidalari va me’yorlarini o’zlashtirish bilan bog’liqdir. Bola kattalar bilan qarashlar umumiyligiga erishishga intiladi va bu unga ulardan o’z xatti-harakatlarida qo’llanma sifatida foydalanish imkonini beradi.
SHunday qilib, nutqni rivojlantirish jarayoniga muloqot vositasi, ya’ni kommunikativ faoliyat sifatida qarash kerak. Uning vujudga kelishi va rivojlanishi bolaning muloqot va umumiy hayot faoliyati ehtiyojlariga bog’liqdir.
Nutqqa u bajaradigan tahlil vazifasidan kelib chiqib yondashish, nutqning eng avvalo bolaning atrofdagi odamlar bilan muloqot vositasi sifatida paydo bo’lishini tushunib yetishga olib keladi. O’z-o’zidan, agarda bolaning muloqoti nutqqa jon bag’ishlasa, uning rivojlanish sur’ati va muddati bolalarda muloqot faoliyati turli yosh bosqichlarida qanday yo’lga qo’yilganligi bilan bog’liqdir, ushbu vazifalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi bolaning ong va erkinlikning yuqori darajasiga qanchalik tez erishishi, bolaning unga turli sohalardagi bilimlarini rivojlantirish va takomillashtirish imkonini beradigan yozma nutqni qancha muddatda o’zlashtira olishiga bog’liqdir.
Matndan kelib chiqadigan ravon nutqni shakllantirish, uning vazifalarini o’zgartirish bola faoliyatining murakkablashayotgani oqibati bo’lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqoti mazmuni, sharti va shakllariga bog’liqdir. Nutq vazifasi fikrlashning rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanadi, ular bola til vositasida ifodalaydigan mazmun bilan uzluksiz ravishda bog’liq bo’ladi.
Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish - maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshining nihoyasiga kelib bola kattalarga xos bo’lgan og’zaki nutqning asosiy shakllarini egallashi, ya’ni ravon nutqning ikki shakli - dialogik va monologik nutqni egallab olishi shart.
Maktabgacha ta’lim muassasasining vazifasi - bolalarda ravon so’zlashuv nutqni (dialogik nutq) va monologik nutqni rivojlantirishdan iborat. So’zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi ko’p qirrali. Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob berish va o’zi ham savollar berishi, suhbat mavzusi bo’yicha izchil javob berish qobiliyati shakllanadi.
4 yoshdan boshlab bolalarga suhbatda ishtirok etishni, uzuq-yuluq fikrlardan nisbatan keng, izchil fikrlarga o’tish, savollar berishni o’rgatish zarur; 5-6 yoshli bolalar uzoq davom etadigan maqsadli suhbatlarga qodir bo’ladilar. Bolalarga qo’yilgan savollarga ularning mazmunidan kelib chiqqan holda qisqa yoki keng qilib aniq javob berish, suhbatdoshi so’zini bo’lmasdan diqqat bilan tinglash, ularning javoblarini to’ldirish, tuzatishlar kiritish, o’zlari ham savollar berishni o’rgatish zarur va x.k. Ayni paytda shaxsning nutqiy sifatlarini tarbiyalash - bolalarga kirishimlilik, xushmuomalalik, xushyorlik, bosiqlik kabi sifatlarni shakllantirish; suhbat jarayonida nutqiy muloqot madaniyati ko’nikmalarini, tengdoshlar jamoasi oldida chiqish qila olish qobiliyati va telefon orqali suhbatlashish madaniyatini tarbiyalash lozim.
Monologik nutqning o’quv vazifasi mustaqilligi, tugallanganligi, qismlari o’rtasida mantiqiy aloqasining mavjudligi bilan tavsiflanadigan ravon fikr bildirishni o’rgatishdan iboratdir, ya’ni bu -qisman (nutqiy) ko’nikmalar va ona tilida fikr bildirish uchun zarur bo’lgan murakkab qobiliyatlarni shakllantirish demakdir.
Ravon nutq ustidagi ishlarning asosiy rivojlantiruvchi vazifasi - bolalarning fikrlashini, o’z fikrini til vositalari yordamida aniq ifodalash qobiliyatini rivojlantirish, nutqiy fikrlashga oid vazifalarni mustaqil ijodiy xal etish ko’nikmalarini shakllantirish, xotirani, tasavvurni faollashtirishdan iborat.
Vazifalarni muvaffaqiyatli xal etish uchun pedagog o’ziga quyidagilarni aniq tasavvur qilish zarur: 1 - ravon nutqni rivojlantirish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan til materiali; 2 - ushbu materialda shakllantirish mumkin bo’lgan nutqiy ko’nikmalar va maxoratlar umumiyligi; 3 - ushbu ko’nikmalarni “oddiydan murakkabga” tamoyili asosida mashq qilishning ketma- ketligi.
Monologik nutq hikoya qilishni o’rgatish jarayonida shakllanadi - bolalar og’zaki monologik nutqning ikki toifasini - qayta hikoya qilish va hikoya qilish, tavsiflovchi hikoyalar, bayon qiluvchi hikoyalar, isbotlovchi hikoyalarni o’zlashtirib oladilar.
YUqorida qayd etilganidek, ravon nutqning ikki turi mavjud: dialogik (dialog) va monologik (monolog) nutq.
Dialog - ikki yoki bir necha kishining o’zaro suhbati. Suhbat maqsadi odatda biron narsa haqida so’rash va javob olish, biron-bir harakatga undashdan iborat.
Monolog - bir shaxsning ravon nutqi. Monologning maqsadi - biron-bir fakt haqida xabar berishdir.
Dialog o’z uslubiga ko’ra asosan, og’zaki nutq, monolog esa odatda, kitobiy uslubdagi nutq hisoblanadi.
Dialogik ravon nutqda ko’pincha noto’liq gaplardan foydalaniladi, tushirib qoldirilgan gap a’zolarini so’zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib tushunib oladi, va og’zaki uslubdagi, standart tuzilishdagi (qolip) to’liq gaplardan ko’proq foydalaniladi: “u kelmay qo’ya olmaydi” - ya’ni u albatta keladi.
Bunday tuzilishdagi gaplar monologik nutqda qo’llanilmaydi. Bolalar dialogik nutqni har kuni maishiy hayotda uchratishlari sababli uni ancha oson o’zlashtirib oladilar.
Biron-bir narsani tavsiflashda, biron narsa haqida bayon qilishda yoki mulohaza yuritishda nutqning monologik shaklidan foydalaniladi. Nutqning ushbu ikki turlari o’rtasidagi farq matn ichidagi gapning mantiqiy aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqtli yoki sabab-oqibatli aloqada bo’ladigan (bir-biriga nisbatan) borliq faktlari haqida xabar qiladi.
Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo’lishi mumkin: faktlar haqiqatdan ham bir vaqtdalik yoki ketma-ketlik munosabatlarida bo’lishi mumkin.
Bir vaqtning o’zida mavjud bo’ladigan faktlar haqidagi xabarlar tavsif deb ataladi. Faktlar ketma-ket keladigan xabar bayon qilish deyiladi. Sabab-oqibatli munosabatlarda bo’lgan faktlar haqidagi xabarlar esa mulohaza deb yuritiladi.
Bolalar monologik nutqni tushunib yetishlari va o’z xabarlarini uzatish maqsadida uni o’zlashtirib olishlari uchun ular tegishli sintaktik tuzilmani o’zlashtirib olishlari lozim. Hamonki, bola oddiy keng tarqalgan gaplarni tuzishni o’rganib ololmas ekan, uning nutqi ravon bo’lishi mumkin. Oqibatda - monologik nutqning turli toifalarini o’qitish - bu eng avvalo grammatika - sintaksisga o’qitishdir.
Bolalarga monologik nutqni o’qitish qiyin, chunki bolalar kundalik hayotda va kattalar nutqida ham monologik nutqni kamdan-kam xollarda eshitadilar: bolalar bilan so’zlashganda kattalar ko’pincha dialog shaklidan foydalanadilar.
Monologik nutqning dastlabki ko’nikmalarini maktabgacha bo’lgan davrda rivojlantirish lozim, chunki maktabda monologni o’qitishni boshlash uchun kech bo’ladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining pedagogi bolalarga monolog-tavsif, bayon qilish, muloxoza yuritishni o’rgatish uchun maqbul didaktik material topishga harakat qilishi zarur.
Ilk yoshda bola ravon nutqni eshitadi. Dastlab bu unga nisbatan aytilgan luqmalar, so’ngra esa ertaklar, hikoyalar, kattalarning monologik nutqlari bo’ladi. Ravon nutqdan til elementlari - tovushlar, morfemalar, so’zlar, gaplarni ajratib olar ekan, bola ravon matnda har bir til elementining o’rnini eslab qoladi, bu esa ilk yoshdan boshlab nutqdan oldingi mashqlar boshlanadigan til sezgilarini rivojlantirish jarayonini tashkil etadi.