S.Bolalarm dialogik nutqqa o’rgatish
Tayanch tushunchalar va iboralar: diologik matn, suhbat metodi, Maktabgacha ta’lim muassasasi, takrorlovchi suhbat, umumlashtiruvchi suhbat, nazorat-tekshiruv suhbat, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi nutqi.
Dialog maxsus mashg’ulotlarda o’qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg’ulot); maktabgacha ta’lim muassasasida kun mobaynida bola pedagog va boshqa bolalar bilan erkin muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim.
Dialogik nutqni (yoki og’zaki nutqni) o’rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o’rtasida hamda bolalarning o’zlari o’rtasida fikr almashish shaklida ro’y beradi.
Agarda maktabda suhbat bilimlarni yetkazish vositasi sifatida qo’llanilsa, suhbat jarayonida bolalar nutqini boyitishda qo’shimcha ijobiy hodisa ko’rinishida qabul qilinadi, maktabgacha ta’lim muassasasida ham suhbat aynan nutqni rivojlantirish uchun o’tkaziladi. Biroq, nutq albatta borliq hodisasini aks ettirishi, kodlashtirishi bois maktabgacha ta’lim muassasasidagi suhbat xuddi maktabdagi kabi bilim beradi.
Dialog nutqning mazmuni va vazifalari
Dialog - suhbat - bolaning kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi.Bolalar bog‘chasida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg‘ulotlarda.Dialog ko‘proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bolalar lug‘atini boyitishning talaffuzga oid grammatik ko‘nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi hisoblanadi.Dialog maxsus mashg‘ulotlarda o‘qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg‘ulot); Bolalar bog‘chasida bo‘lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi.
Suhbatlar mavzusi va mazmuni bolalarning yosh xususiyatlari hamda ularning nutqiy rivojlanish darajasini hisobga olgan holda “Ilk qadam” tayanch dasturi bilan belgilanadi.
Suhbat ta’lim metodikasi sifatida - bu tarbiyachining bolalar guruhi bilan (yoki alohida har bir bola bilan) aniq maqsadga yo’naltirilgan, muayyan mavzuda oldindan tayyorlangan so’zlashuvidir. Maktabgacha ta’lim muassasasida takrorlovchi, umumlashtiruvchi va nazorat- tekshiruv suhbatlaridan foydalaniladi.
Takrorlovchi va umumlashtiruvchi suhbatlarda tarbiyachi turli usullar yordamida bolalarga ko’rgan narsalarni taxlil qilish, taqqoslash, to’ldirish, chuqurlashtirish usullarini o’rgatadi, bolalardagi mavjud bilimlarni tizimlashtiradi, ularni muayyan xulosalarga kelishga undaydi.
Nazorat-tekshiruv suhbatlari pedagog tomonidan biron-bir o’tilgan mavzu bo’yicha bolalarning bilimlarini aniqlash uchun o’tkaziladi. Pedagog savollar yordamida bolalarning biron-bir mavzuni o’tish jarayonida olgan bilimlari darajasini aniqlashi mumkin.
Bolalar bilan ishlash jarayonida pedagog tayyorlanmagan va tayyorlangan suhbatdan foydalanadi.
Tayyorlanmagan suhbat (buni faqat bolalarga nisbatangina qo’llash mumkin, chunki bolalar ular bilan nimalar haqida so’zlashishlarini, nimalarga diqqat-e’tiborini jalb qilishlarini bilmaydilar) rejimli jarayonlarni o’tkazishda, bolalar faoliyatining har xil turlarida: o’yinlarda, mexnatda tashkil etilishi mumkin. Tarbiyachi esa har qanday muloqot turiga tayyor turishi zarur. Zero, buning uchun u kasbiy ta’lim olgan bilimlarining muhim qismlaridan birini bolalar bilan suhbatlashish tashkil etadi. SHuning uchun tarbiyachi bolalar bilan shunday so’zlashishi lozimki, toki u o’z nutqi bilan bolalarga ona tilini o’rgatsin.
Nutqiy muloqotga bo’lgan zarurat tufayli to’satdan yuzaga keladigan suhbatda tarbiyachi o’zining til sezgisiga ishongani holda o’z nutqining grammatik shaklini va uning jaranglashi (fonologiyasi)ni tayyorlamaydi, ammo u har bir suhbatning mavzusiga tayyorgarlik ko’rishi shart.
Tayyorlangan suhbat deb nomlanishining sababi shuki, bunda tarbiyachi mashg’ulotdan oldin (mashg’ulotdan bir necha kun oldin) bolalarni shunday vaziyatda qoldiradiki, bunda ularning diqqat-e’tibori bo’lajak suhbat mavzusi bo’ladigan atrof-olamdagi hodisalarga jalb qilinadi, chunki faktlarga oid materiallar bolalarga bungacha tanish bo’lishi lozim.
Suhbatni tashkil qilish, uning tuzilmasi mavzu va mazmunga, bolalarning yoshiga bog’liq bo’ladi. Har bir suhbatda quyidagi tarkibiy komponentlarni ajratib ko’rsatish mumkin: 1) kirish (boshlash); 2) asosiy qism (suhbat mavzusini rivojlantirish); 3) nihoyasiga yetish.
Kirish maqsadi bolalarning diqqat-e’tiborini suhbat mavzusiga jalb qilish, ularda suhbatda ishtirok etish xohishini paydo qilish, bolalar xotirasida ilgari olingan taassurotlarni, imkoni boricha obrazli va emotsional taassurotlarni jonlantirishdan iborat.
Tarbiyachi suhbatlashadigan narsa (hodisa) haqida taklif qilgan topishmoq ham kirish bo’lishi mumkin. Suhbatni tegishli mavzudagi she’rni o’qish yoki suratlarni ko’rish bilan boshlash mumkin. Suhbat boshlanishida tarbiyachi bo’lajak suhbat mavzusini (maqsadini) shakllantiradi, uning muhimligini asoslaydi, uni tanlash sabablarini bolalarga tushuntirib beradi.
Asosiy qism maqsadi - bolalar ko’rgan narsalarni esga olish, qo’shimcha bilimlarni taxlil qilish, ularni tushuntirish hisobiga chuqurlashtirish, qo’shimcha bilimlarni ma’lum qilish, ularni bir tizimga keltirish va mustahkamlashdan iborat.
Suhbatning asosiy qismi mikromavzu yoki bosqichlarga ajratilishi mumkin. Har bir bosqich - bir mavzuni bo’g’in qismlari bo’yicha taxlil qilishdan iboratdir. Pedagog mashg’ulotga tayyorlanar ekan, barcha bosqichlarni belgilab olishi lozim.
Suhbat mavzusini rivojlantirish aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim, tarbiyachi imkoni boricha bolalarning mazkur mavzudan chetga chiqishlarining oldini olishi zarur (ba’zan ortiqcha faktlarni aniqlash uchun undan chekinish mumkin, biroq so’ngra yana asosiy suhbat mavzusiga qaytish darkor). Tarbiyachi suhbat rejasini oldindan belgilab oladi. Tarbiyachining qo’lida reja bo’lsa, bolalar qanchalik mavzudan chetga chiqmasinlar, u ilgarigi savol o’z ahamiyatini yo’qotdi, deb hisoblagan paytda o’z rejasidagi navbatdagi savolni berish orqali ularni yana mavzuga qaytarish mumkin.
Pedagog unutmasligi lozim, bolalarning fikrlash xususiyati shundayki, ular suhbat mavzusini oson unutadilar, har bir mayda-chuyda narsaga chalg’iyveradilar. Bola qanchalik kichik bo’lsa, u shunchalik tezroq chalg’iydi, xozirgina o’zi aytgan narsalarni tezlik bilan unutadi va boshqa mavzuga o’tadi.
Mashg’ulot - suhbat bolalarda mantiqiy fikrlash, boshlagan mavzuni oxiriga yetkazish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.
Bolalar biladigan narsalar haqida qo’shimcha ma’lumotlarni xabar qilish suhbat asosiy qismining zarur elementi hisoblanadi. Bu bolalar bilimlarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Tarbiyachining qisqa va aniq axboroti suhbatni aniq maqsadni ko’zlagan holda yo’lga qo’yish imkonini beradi. Suhbat topishmoq, she’rlar va tarbiyachining tegishli suratga oid sharxlari bilan tugallanishi mumkin, ammo u ko’pincha pedagogning ushbu suhbatdan kelib chiqqan holda bolalarning axloq borasida o’rganishi lozim bo’lgan jihatlar haqidagi mantiqiy xulosasi bilan yakunlanadi. Ayni paytda pedogog o’z xulosasida o’zi suhbat mobaynida bolalarga o’rgatishi lozim bo’lgan so’zlar, so’z shakllari va sintaktik tuzilmalarni qo’llashi lozim.
Suhbatni shunday uyushtirish lozimki, toki unda barcha bolalar ishtirok etsinlar. Agarda bola faqat tarbiyachining boshqa bolalar bilan suhbatini tinglab o’tirsa va o’zi ushbu fikr bildirishlarda ishtirok etmasa, bu bola “suhbatlashishni” mashq qilmaydi va uning suhbatdagi ishtiroki faqat nomigagina bo’ladi, xolos.
Suhbatni cheklangan sondagi bolalar (6-8 nafar bola) bilan o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Agarda guruhda 25-30 ta bola bo’lsa, bu holda mashg’ulotni bolalarni uchta-to’rtta kichik guruhga bo’lgan holda o’tkazish zarur. Belgilangan vaqtdan oshib ketmaslik uchun har bir kichik guruh bilan suhbat davomiyligini qisqartirish mumkin. Biroq har bir bolaning nafaqat tinglab o’tirishini, balki so’zlashishni mashq qilishiga ham erishishi lozim. Pedagog yordam uchun ota-onalarni jalb qilishi va ularga tayyorgarlik suhbatini qanday olib borish lozimligi haqida batafsil ko’rsatmalar berish zarur. Ota-onalarning barchasi og’zaki nutqni yaxshi bilishlari bois ushbu vazifani bajara oladilar.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg’ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o’tkaziladi. Mazkur metodlar ko’pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so’zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
To’g’ridan-to’g’ri - bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdosh so’zlarini bo’lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o’zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so’zlash;
Yo’ldosh - talaffuz va grammatik ko’nikmalarni mashq qilish, ma’lum so’zlar ma’nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so’z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o’zlashtirish jarayonini yo’naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini,
xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi. Ammo suhbat olib borishning yetakchi usuli savollar hisoblanadi. Bolalar bilan suhbatning muvaffaqiyati va pedagogik samaradorligi ko’p jihatdan savollaming to’g’ri qo’yilishiga bog’liq bo’ladi. Savollar berish hamda uning javobining murakkabligi va qiyinligini asta-sekin kuchaytirib borishni bilish eng asosiy va zarur pedagogik odatlardan biridir. Savol qo’yish - bolalar oldiga ularning kuchi yetadigan darajadagi nutqiy fikrlash vazifasini qo’yish demakdir. Ayni paytda u xaddan tashqari osonlashtirib yuborilmasligi lozim, chunki bunday vazifani qo’yishdan maqsad - bolalarni fikrlashga, eslashga undashdan iborat. Qanday fikrlash-nutqiy vazifalarini qo’yishiga qarab, savollarni reproduktiv, qidiruv va muammoli savollarga ajratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |