Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari


Qayta hikoya qilishga o„rgatish usullari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə29/188
tarix16.12.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#182435
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   188
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)

Qayta hikoya qilishga o„rgatish usullari
Ma’lumki, qayta hikoya qilish monolog nutqni shakllantirishda eng birinchi bosqich hisoblanadi. Shuning uchun har bir bola qayta hikoya qilishni yaxshi egallab olishi shart. Buning uchun har xil usullardan foydalaniladi. Bular quyidagilar:



  1. Tarbiyachining bola bilan birga qayta hikoya qilishi. Tarbiyachi bu usuldan qayta hikoya qilishga o'rgatishning dastlabki bosqichida, ayniqsa, hikoya qilib bera olmaydigan bolalar bilan ishlashda keng foydalanishi kerak. Qayta hikoya qilish jarayonida tarbiyachi bolalarga sezdirmagan holda gavdasini to ‘g‘rilashi, imo-ishora, ko‘z qarashi bilan dalda bcrishi mumkin, mashg‘ulotning oxirida esa, albatta, bolani maqtash kerak: „Yasha, endi boshqa bolalarga hikoya qilish yengil bo’ladi. Faqat keyingi safar balandroq ovozda hikoya qilgin—.


  2. Qayta hikoyani takrorlash. Bu usuldan ko'proq o‘rta va katta guruhlarda foydalaniladi. Bu bola uchun ancha murakkab bo’lgan usuldir, chunki u tarbiyachining hikoyasiga alohida luqma tashlash (gap qistirish) bilan birga, to'liq jum lalarni ham takrorlashiga to‘g'ri keladi.


  3. So’z va jumlalarni aytib turish. Bu usul qayta hikoya qilishning ravonligini, izchilligini ta’minlaydi, uzoq pauza qilishga y o l qo'ymaydi. Bu usuldan ko‘proq bola asar matnining ayrim joylarini esdan chiqarganda foydalaniladi. Agar bola juda yaxshi hikoya qilsa-yu, biroq nutq sur'ati juda sekin bo‘lsa, tarbiyachi pauza vaqtida sabr-toqat bilan hikoyaning davomini kuzatishi: bolaning gavda holatiga c'tibor bilan qarashi, dalda berishi orqali bola diqqatini to ‘plashi kerak.Agar bola hikoya qilayotgan vaqtda tebranib (chayqalib) tursa, boshini egsa, qo’li bilan ortiqcha harakatlarni qilsa, uning hikoyasini bo‘lib tanbeh berish yaramaydi, balki bunday hollarda imo-ishora, ko‘z q arashi bilan lining xatosini, kamchiligini tuzatishi, hikoya qilib bergandan keyin esa hammaga eshitilarli qilib: „Hikoya qilayotganingda tinch turishing. boshingni pastga egmasdan, o‘rtoqlaringga qarab turishing kerak. Axir ular sening hikoyangni tinglashadi-ku“ , deb aytishi kerak. Tarbiyachi bolaning bu nuqsonlarini kundalikka belgilab qo’ysa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki keyingi qayta hikoya qilib berish mashg‘ulotidan oldin yana bir marta bolani ogohlantirishda bundan foydalanadi. Tarbiyachi aytib turish orqali, bolani qayta hikoya qilayotganida yo‘l qo’ygan grammatik xatolarni to'g'rilaydi. Bu usul qayta hikoya qilishga o ‘rgatishning keyingi bosqichlarida ham qollaniladi.



  4. Yüklə 2,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin