Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə30/188
tarix16.12.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#182435
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   188
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)

Savollar berish. Bu usul keng tarqalgan bo’lib, u muqaddima (kirish ) suhbatida va mashg‘ulot jarayonida qo’llaniladi. Qayta hikoya qilish mashg‘ulotida foydalaniladigan savollarni shartli ravishda ishlatilishiga va maqsadiga qarab bir qancha turkumga ajratish mumkin. Hikoya qilolmaydigan bolalarga qayta hikoya qilishni boshlagunga qadar yordamchi savollar berish mum in, bu hikoyani boshlashga yordam beradi, masalan: „Sen nima haqida hikoya qilasan, ola quyon to ‘g ‘risidami? Mayli, kel boshlaymiz. Kunlardan bir kuni jikkakkina ola quyon sheriklariga...“ . Yoki: „Turna Tulkini o ‘zi bilan olib, osmonga ko‘tarilibdi va unga nima debdi? Yerni k o ‘ryapsanmi? M a n a shu T u rnan in g aytgan gaplarini, Tulkining esa javobini aytib bering... Ha, mushtumday... “ Bu yog’ini o'zing davom ettir. Bola qayta hikoya qilib bergandan keyin, albatta, savol berishdan foydalanish mumkin. Bu asar mazmunini bola qay darajada tushunganini aniqlashga yordam beradi, matnni qayta hikoya qilayotgan vaqtda tashlab ketilgan joylarini tiklashga yordam beradi. Ayrim hollarda qayta hikoya qilishdan keyin qahramonlarning fe’I-atvori yoki ularning ifodali nutqi haqida savol berish mumkin. Qayta hikoya qilish o‘rtasida uncha katta bo'lmagan mashqlar o‘tkazish yoki ko‘rsatma berishdan foydalanish mumkin. Shuningdek, asar matnining ayrim joylarini yana bir marta takrorlash usulini qo’llash mumkin.


  • Rag‘batlantirish. Qayta hikoya qilish jarayonida tarbiyachi bolani jilmayish, boshini qimirlatish (tasdiqlash), qisqa so ‘z aytish („Yasha“, „Barakalla“) bilan rag'batlantiradi. Qayta hikoya qilib bergandan so ‘ng bolani maqtaydi. Bunda qayta hikoya qilishning biror ijobiy sifatini ta’kidlab o‘tadi.


  • Qismlar bo’yicha qayta hikoya qilish. Bu usul bolalar idrokining qimmatini yo'qotmaydi, chunki qayta hikoya qilish uchun bolalarga mazmuni tanish bo’lgan asar tanlanadi. Qismlar bo‘yicha qayta hikoya qilish usulidan foydalanib, mashg‘ulotni tashkil etish jarayoni bolalardan kun davomida so'rash imkonini yaratib beradi.



  • Yüklə 2,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   188




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin