Hikoya qilish chog‘ida bolalar tomonidan qo‘llanilgan so‘zlar 13-45 tani, gaplar esa 4-10 tani tashkil qildi. Bolalar asosan oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalandilar.
«Bo‘g‘irsoq» ertagini (qisqacha mazmunini) bor-yo‘g‘i 5 nafar bola aytib berdi,
«SHolg‘om» ertagini 6 nafar bola, «Ona echki» ertagini esa 2 ta bola aytib berdi.
Shaxsiy tajriba haqida 7 nafar bola mustaqil ravishda hikoya qilib berishdi, 21 nafar bola
esa pedagog yordamida (yo‘naltiruvchi savollar bilan) hikoya qilishdi. Sevimli o‘yinchoq
haqida 11 nafar bola, dam olish kuni haqida 13 nafar bola, hayvonlar haqida 9 nafar bola
hikoya qilishdi, 5 nafar bola dam olish kunini qanday o‘tkazganliklarini eslay olmasliklarini
bahona qilib, hikoya qilib berishdan bosh tortdilar.
o‘qitishning umumiy muammolarini tadqiq etish zarurligidan dalolat bermoqda.
Nutqning barcha jihatlarini rivojlantirish bolaning turli janrlarda - ertaklar, hikoyalar tuzish, she’r to‘qishda namoyon bo‘ladigan mustaqil so‘z ijodkorligi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sinektika-alternativ fikrlash asosida muammoni guruhlarda hal etish, ijodkorona o’ylash modeli bo’lib, turlicha hodisa va predmetlarni o’zaro bog’liklikda o’rganish hisoblaandi. Uning vositasi analog yoki metafota bo’lib, bu model kichik guruhlarda biror muammoga yechim topishda kreativ javoblar topishning takomillashtirilishiga imkon beradi. Bunda yangi ma’lumotga ega bo’linadi, yangi yechim toppish uchun motivatsiya hosil qilinadi, muammoning turli sabablari kashf qilinadi. Bu usul uning foydalanuvchilariga miyada mavjud “qolip”lardan chiqishga va mavhum tushunchalarni ham anglashga yordam beradi.
Sinektika talabalarning ijodkorligi faollashtiruvchi instruktiv model, u talabalarga eski fikrlarni yangicha yo’l bilan bog’lashga turtki beradi. Garchi ba’zi talabalar boshqalariga nisbatan ijodkorroq bo’lsalar ham, sinektika modeli har bir talabada “creative thinker” - “ijodkor o’ylovchi, ijodiy fikrlovchi” ni uyg’ota oladi. Bu model metoforik usul bilan izohlaydi. Bu model, “It’s one big brainstorming party!” (miyada kata zakovat hujumi kechasi) izohi orqali ifodalanadi va bu kichik guruhlarda yoki yakka holda talabalarning ijodkorona va quvnoqlik bilan yangi bilimlar olishga yordam beradi Modelning afzalliklari: