mavzu:Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o'rgatish.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o'rgatish
metodikasi
Reja:
Ertak va hikoya janrining o'xshash va farqli jihatlari
Maktabgacha yoshdagi bolalarni hikoya va ertak janridagi asarlar bilan tanishtirish
Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o'rgatish
Hikoya qilishni o’rgatish.
Hikoyalar turlari va ularning izchilligi.
Ijodiy hikoya qilishga o'rgatish
Tayanch tushunchalar va iboralar: badiiy adabiyot,kichik janrlar,hikoya, ertak,
maktabgacha ta’lim muassasasi,ijodiy hikoya, matn va mazmun.
Bolalarni tarbiyachi tomonidan belgilangan hikoya yoki ertakni nihoyasiga yetkazishga, qisqa, lo‘nda jumlalar tuzishga, tasviriy vositalardan foydalanishga o'rgatish. Bolalarning shaxsiy tajribalari va tarbiyachi taklif etgan hayotiy mavzular asosida mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya yoki ertak tuzish qobiliyatlarini rivojlantirish: „Quvonchli kun", „Xafa bo'lgan kunim“, „Mehmonda", „Bizning oila“, „Eng yaqin o'rto- g'im", „Dam olish kuni“, „Dadamga qarashdim", ,,Qo'g‘irchoq teatriga bordim“ va boshqalar.
Bolalarni tuzayotgan hikoya yoki ertaklarida ishtirok etuvchi qahramonlarning ruhiy kechinmalarini bilishga o‘rgatish; „Birinchi qor", „Yaxmalakda", „Yangi yil bayrami", „Qorbobo", „Men sevgan fasl“, „Tashqarida qor, uyimizda bahor", „Xola- xola o‘ynadik“, „Kim oladi-yo, shuginani-yo“ o'yini, „Men onamga yordamchi", „Ukamga mehribonman“ va boshqalar.
Bolalarga suratlar bo'yicha hikoya tuzishni o'rgatayotganda. awalo, ularning mustaqil fikrlashlariga, suratda tasvirlangan voqealarga o‘z munosabatlarini bildirishlariga imkon yaratish kerak. Shu bilan birga, rasmda aks ettirilgan mavzuli voqeaga qarab ilgari nima bo'lgani va keyin nima bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritishga undash. Tabiat manzaralari aks ettirilgan suratga qarab, undagi go‘zaIlikni, nafislikni ifodalay oladigan tasviriy so'zlar, o'xshatish va sifatlashlar ishtirokida gap tuzishga o'rgatib borish.
Bolalarning birgalikdagi hayot tajribalaridan olingan voqealar: ekskursiya, sayr, mehnat jarayoni, jonli va ravon hikoya qilib berish malakasini tarbiyalash. Hikoya qilayotganda tevarak-atrof- dagi buyum, voqea-hodisalarning nomini, ularning o'ziga xos xususiyatlarini, xatti-harakatlarini to'g'ri ifodalashga, voqea- larning vaqti va joyini ko'rsatishga o'rgatish. Topishmoqlar o'ylab topishga undash.