Mazmuni: Tarbiyachi: «Bolalar, men sizlarga bir nechta savollar beraman, ularga javob berishingizda har biringizning stolingizda yotgan suratlardan foydalanishingiz mumkin. To’g’ri javobni topgan bola yoki qiz bu yoqqa chiqadi va suratda tasvirlangan narsa nomini aytib beradi». Keyin savollar boshlanadi: «Nimani minib yurish mumkin?» (Bolalarda samokat, samolyot, avtobus, trolleybus va boshqa narsalarning suratlari mavjud.);
«Do’konda nimalar bor?» (sariyog’, mineral suv, non); «Xayvonot bog’ida kimlar yashaydi» (sirtlon, yo’lbars, fil, sarlochin va boshq.). Bolalar narsalar nomini to’g’ri aytganlaridan so’ng, tarbiyachi ushbu so’zlarda qaysi tovush takrorlanayotganligini so’raydi.
Metodik ko’rsatmalar: So’zlarning aniq talaffuz qilinishini, so’zlarda «s» tovushining to’g’ri talaffuz qilinishini nazorat qiling. Agarda bolalar tovushni aniqlashda qiynalsalar, bu holda tarbiyachining o’zi bir nechta so’zlarni aytadi va ularda «s» tovushini ajratib talaffuz qiladi.
ish turi:
Maqsad: Nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirish, yaxshi diksiyani mashq qilish, «s» tovushini iboralarda bir nafasda aytilishini mustahkamlash, intonatsion ifodalilik bilan oxisa sur’atda so’zlash qobiliyatini tarbiyalash.
«Pochtalon»
Mazmuni: Pochtalon bolalarga syujetli suratlarni tarqatadi. Har bir bola suratni olgach, uni boshqa bolalarga ko’rsatadi va unda nimalar chizilganligini aytadi. Masalan, mana bunday suratlar turkumi foydalaniladi: bog’da skameyka turibdi, samolyot o’rmon ustidan juda balandda uchib o’tmokda, it sho’rva ichmoqda va x.k.
Metodik ko’rsatmalar:Bolalarning aniq, baland va bir nafasda iboralar aytishlarini nazorat qiling.