Mavzu: Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari


(Hozir nima haqida hikoya qilib berish kerak? Hammaga tushunarli bo'lishi uchun awal nimani hikoya qilib berish yaxshiroq?)



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə72/188
tarix16.12.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#182435
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   188
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)

(Hozir nima haqida hikoya qilib berish kerak? Hammaga tushunarli bo'lishi uchun awal nimani hikoya qilib berish yaxshiroq?)

Hikoya namunasini berish hikoya qilishga o'rgatishning eng yengil usuli, hikoya rejasi berish usuli esa ancha qiyin. Bu usul murakkab bo'lishiga qaramay, bolalarni hikoya qilishga o'rgatishda keng tarqalgan muhim usul hisoblanadi.


  1. Rejani jamoa bo'lib muhokama qilish usuli. Reja asosida hikoya tuzish va uning mazmunini boyitishni yengillashtirish maqsadida, rejani jamoa bo'lib muhokama qilish tavsiya etiladi. Bu usuldan katta va maktabga tayyorlov guruhlarida reja asosida hikoya qilishga o'rgatishning dastlabki bosqichida foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi bolalarga shunday yo'llanma beradi: ,.Biz qanday qilib jo'ja boqqanimizni gapirib bering. Jo'jalar qayerdan paydo bo'ladi? Ularni qanday parvarish qildingiz? Jo'jalar katta bo‘lganda, ular qanday bo'lishdi?"


Bu usulning mohiyati nimadan iborat?

Hikoyani tuzishga qadar tarbiyachi bolalar bilan birgalikda rejadagi ayrim savollarni muhokama qiladi, ya’ni hikoya mazmunining xilma-xil bo'lishi imkoniyatlarini ko'rsatadi. Rejadagi bir savolga (masalan, „Bola qanday kuchukcha topib oldi?") bir necha bola joyida o'tiigan holda javob berishini taklif etadi. Bolaning joyida o'tirgan holda javob berishi — bu hali hikoya emas, balki bir yoki bir necha gap. Hikoya rejasini jamoa bo'lib muhokama qilish usuli esa bolalarning tashabbuskorligini jonlantiradi, faollashtiradi, bolalarni murakkab jarayon hisoblangan mustaqil hikoya tuzishga o'rgatadi.


  1. Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli.


Bu usul o'ziga xos bo’lib, undan bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o'rgatishda foydalaniladi. Oldindan belgilab qo'yilgan hikoya rejasini ketma-ket muhokama qilish jarayonida tarbiyachi va bolalar ayrim javoblarni tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar. Tarbiyachi ularni o'ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takrorlaydi. So'ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, tarbiyachi esa aytilgan eng yaxshi jumlalarning va o'zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi.

Oxirida hikoya tarbiyachi tomonidan takrorlanadi, so'ngra 2, 3 bola takrorlaydi. Bu usulning mohiyati shundaki, mashg'ulotda barcha bolalar faollik ko'rsatishadi, ularning xayollari asta-sekinlik bilan shakllanadi. Biroq bu usulning bir qator kamchiliklari mavjud: bolalarning nutq faoliyati jumlalarni tuzish.So'zlarni tanlash bilangina chegaralanadi, ular monolog nutqni rivojlantirish ustida kain mashq qiladilar. Shuning uchun bu usuldan foydalanish chegaralangan.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin