O’rta guruh. Bu guruh bolalarining nutqi takomillashadi, fikrlashi faollashadi, uncha katta bo’lmagan hikoya tuza oladilar. Dastlab bolalar tarbiyachining savollari yordamida hikoya qilib beradilar. Bu bolalarning jamoa bo’lib tuzgan yoki tarbiyachi va bitta bolaning hamkorlikda tuzgan hikoyasi bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulot oxirida tarbiyachi bolalarning barcha aytgan fikrlarini umumlashtirib, o’zi to‘liq hikoya qilib beradi. So’ngra bolalar tarbiyachining namuna-hikoyasini takrorlaydilar. Bu guruhda tarbiyachining namuna hikoyasi bolalarning undan nusxa olishlari uchun beriladi. „Xuddi mendek hikoya qilib bering", „Yasha, mening hikoyamni eslab qolibsan“, - deb tarbiyachi bolalarni rag‘batlantiradi, ya'ni ushbu guruhda bolalardan mavzudan chetga chiqib ketmaslik talab etiladi. Namuna h^koya ma’lum bir talablarga javob berishi kerak. O‘rta guruh bolalarini narsa-buyumlarni tasvirlovchi va voqeali rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzishga o'rgatish mumkin. Tarbiyachi bolalarni o‘z hikoyasida lug‘atidagi so’zlardan, sifatdoshlardan, aniqlovchidan, holdan va boshqalardan keng foydalanishga o‘rgatishi kerak. Bolalar rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzishga (bir yoki bir qancha narsa- buyumlarning yoki obyektlarning sifatlari, xususiyatlari, harakterlari to‘g’risidagi hikoya) o'rganib olganlaridan so'ng voqeaband suratlar bo‘yicha voqeaband hikoyalar tuzishga o’rgatiladi. Bolalar tarbiyachi yordamida tasviriy harakterga ega bo‘lgan bog’langan hikoya tuzadilar. Bu sckin-astalik bilan bolalarni mustaqil ravishda voqeaband hikoyalar tuzishlariga yordam bcradi.
Katta guruhda bolalarning faolligi o‘sadi, nutqi takomillashadi, turli rasmlar bo’yicha mustaqil hikoya tuza oladilar. Rasmlardan foydalanilgan mashg'ulotlarda ularning mazmuniga qarab har xil vazifalar qo'yiladi:
bolalarni rasmlarning mazmunini to‘g’ri tushunishga o'rgatish ;