Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va-fayllar.org (2)
his-tuyg'ularni tarbiyalash (rasmlarning mazmuniga qarab aniq rejalashtiriladi: tabiatga muhabbat, kasb-hunarga hurmat va hokazolar);
rasmlar bo‘yicha bog’langan hikoya tuzishga o‘rgatish;
lug‘at to'plamini kengaytirish va faollashtirish (bolalar xotirada saqlashlari lozim bo‘lgan yangi so‘zlar yoki aniqlanishi va mustahkamlanishi lozim bo‘lgan so‘zlar oldindan aniq rejalashtiriladi).
Katta guruhda bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish jarayonida tarbiyachining rahbarligi o‘zgaradi. Endi u shaxsan ishtirokchilikdan kuzatuvchi roliga o‘tadi, zarur bo’lgandagina aralashadi. Katta guruh bolalarining hikoyalariga katta talablar qo'yiladi: voqealarni uzviy bog‘langan holda, grammatik jihatdan to‘g‘ri jumlalar tuzib bayon qilish; til vositalarining (harakatlarni, sifatlarni, holatlarni va boshqalarni aniq belgilash) mustaqilligi, obrazliligi, bir maqsadga qaratilganligi, topshiriqni bola tomonidan ongli tarzda anglash uni to’g‘ri bajarishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Bu jihatlarga tarbiyachining rahbarlik qilishi juda katta ahamiyatga ega, u topshiriqni tushunishga va to‘g‘ri bajarishga yordam beradi. Tarbiyachining namuna-hikoyasi, ayniqsa, maktabga tayyorlov guruhida ularning hikoya qila olish malakasini yanada yuqori darajada rivojlanishi uchun asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi.
Tarbiyachi boladan namuna-hikoyaning aynan o'zini takrorlashni talab qilib qolmasdan, balki takomillashtirib, o‘zgartirib, unumlashtirgan holda, adabiy obrazlardan foydalanib hikoya qilishni talab etadi. Namuna ko‘pincha rasmning bir qismi uchun taalluqli bo’lib, u boshqa qismlar yuzasidan mustaqil hikoya tuzish imkonini beradi. Maktabga tayyorlov guruhida tarbiyachining namuna-hikoyasi, guruhda rasmdagi mazmunni bog’langan holda bayon ctishga qiynaladigan bolalar bolsagina taklif etiladi. Bunday mashg‘ulotlarda hikoya rejasini berish, hikoya mazmunini va izchilligini aytib turishdan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
Katta guruhda rasmga qarab hikoya tuzishning hamma turlaridan foydalaniladi: narsa- buyumlarni tasvirlovchi va voqeaband rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; peyzajli va naturtmortli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; rasmlar seriyalari — to‘plamlari bo‘yicha, masalan, „Bizning yer maydonchamiz qishda va yozda“ ) hikoya tuzish.
Rasmlar to'plami bo‘yicha hikoya tuzish malakasini takomillashtirishda quyidagi usullar yordam beradi: jamoa bo’lib hikoya tuzish — avval boshlanishini tarbiyachi tuzadi, bolalar tugallashadi; bir bola boshlaydi, boshqasi davom ettiradi. Quyida misol tariqasida bog‘lanishli nutqni rivojlantirish bo'yicha mashg'ulot ishlanmasini keltiramiz. Bu mashg'ulotda nutqning turli vazifalari hal etiladi.
qism. Bog’lanishli nutq. „Tipratikanlar“ rasmi bo‘yicha hikoya qilish. Dastur mazmuni. Bolalarning yovvoyi hayvonlar ( tipratikanlar) to‘g‘risidagi mavjud bilimlaridan foydalanib, rasm bo'yicha hikoya qilishga o‘rgatish.