Reja 1. Maxsus maktablarda tasviriy san’at darslari orqali bolalar estetik didini tarkib toptirish 2. Maxsus maktablarda rasm darslari yordamida bolalarda uchraydigan kamchiliklarni bartaraf etish usullari 3. Maxsus maktab rasm darslarida bolalar lug’at boyligini rivojlantirish 4. Maxsus maktablarda tasviriy san’at darslari asosida milliy kasb - hunarlarni qadrlashga o’rgatib borish
Maxsus maktablarida tasviriy faoliyat mustaqilliylik, qa’tiylik xislari ham rivojlanadi.
Aqli zaif o’quvchilarni tasviriy faoliyatda ijobiy (samarali) natijalarga erishish uchun pedagogika-psixologik sharoit yaratilishi lozim. Bolalarni tasviriy faoliyatda bir qator estetik asarlarni idrok etishlarini rivojlantirish muhimdir.
Idrok etish predmetni analiz va sintez qilishni talab etadi.
Bularni bolalar mustaqil o’zlashtira olmaydilar.
Ma’lumki, aqli zaif bolalarning tashqi dunyo haqidagi tasavvurlari yuzaki, idrok etishlari noaniq va differensiyalashmagandir.
Shu sababli aqli zaif bolalar bilan estetik tarbiyaga oid sinfda, maktabda, sinfdan, maktabdan tashqari ish turlari tanlanganda shu xislatlariga e’tibor berish kerak.
Aks holda qilingan ishlar natijasiz qolishi mumkin.
Tasviriy faoliyat darsida yakka va frontal ish olib borish. Sinfda bolalar soni kamligi tufayli o’qituvchi har bir bola bilan alohida shug’ullanish imkoniyatiga ega. Tasviriy faoliyat darslarida nafaqat e’tiborni nutq rivojiga, suhbat qurish anglamog’ining tekshiruviga. Balki rassomchilik san’atini o’zlashtirishiga ham ahamiyat berish kerak, o’quvchilar chizish mobaynida qiynalganlarida, o’qituvchi uning o’rniga chizib bermasdan, balki qiyinchiliklarni yengishga yordam berishi kerak. Masalan: Rasmning fazoviy tuzilishi, uning umumiy shaklini yoki kompyuzisiyadagi yechimini to’g’ri chizishga o’qituvchi yordam berishi kerak. Tasviriy faoliyat darslarining hamma etaplarida frontel ish olib boriladi. O’qituvchi boshchiligida o’quvchilar yangi so’zlarni birgalikda qaytarishadi. Rasm chizish jarayonida qiyinchilikka duch kelgan o’quvchilarga o’qituvchi yakka yondoshadi.
Rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalar tasviriy faoliyat darslarida quyidagi rasm chizish turlaridan foydalaniladi
Predmetli rasm chizish va lepka;
Syujetli rasm chizish va lepka;
Fikrlash orqali rasm chizish va lepka;
Dekoratni rasm chizish va lepka;
Diplikasiya.