Predmetli rasm chizish va lepka Syujetli rasm chizish va lepka Fikrlash orqali rasm chizish va lepka Predmetli rasm chizish va lepka Tasviriy faoliyat darslarida aqli zaif o’quvchilar qanday faoliyatga kirishsalar, qanday predmetni chizishlari va qaysi o’quv qurollaridan foydalanish bosqichlari albatta olegofrenopedagog tomonidan nutqiy boshqarilib boriladi, har qanday faoliyat aqli zaif bolalarni nutqini aktivlashtirish, shakllantirishga, lug’atini boyitishiga qaratilgan.
O’quvchi xar bir dars uchun lug’at tanlashi kerak. Lug’at tuzishdan oldin o’qituvchi sinfdagi o’quvchilarni eshitish darajasini hisobga olish kerak.
Lug’at boyligini oshirish quyidagicha amalga oshiriladi. Nutqni rivojlantirish olegofrenopedagog tomonidan bolalarda predmetning katta – kichikligi, shakli tushunchalari shakllanadi. Tasviriy faoliyatda esa bolalar vazifani amaliy bajarib olingan tushunchalar kengaytiriladi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Aqli zaif bolalar tasviriy faoliyatida o’quvchilarning lug’ati ortadi, nutqi aktivlashtiriladi. Aqli zaif bolalar shaxs sifatida shakllanishlarida nutqning rivojlanish ahamiyati katta. Shunday ekan, yuqorida aytib o’tganimizdek, har bir faoliyatda bolalar nutqini rivojlantiriladi. Har bir tasviriy faoliyat darsida, chizishdan oldin mavzudan kelib chiqqan holda suhbat, savol javob o’tkaziladi. O’qituvchi sinfda bolalar soni kamligi tufayli, har bir bola bilan og’zaki muloqotga kirishish, ikoniyatiga ega. O’quvchilar rasm chizishda analiz-sintez qilishga, rasmlarni ajratishga o’rgatiladi. O’quvchilar yuqorida, pastda oldinda, orqala, uzun qisqa kabi tushunchalarga ega bo’ladilar. Mavzudan kelib chiqqan holda har bir darsda yangi lug’at va tushunchalarga ega bo’ladilar. Chizish jarayonida ham, o’qituvchi bolalarni savolga tutadi, sen nimani rasmini chizyapsan? Rangi qanaqa? Nimaga o’xshaydi? shu kabi savollar bilan murojaat etib, bolalarni og’zaki nutqini tekshiradi va rivojlantiradi. Ayrim aqli zaif bolalar so’zlari va gaplari bir-biriga bog’lanmagan holda, so’z yasovchi, so’z o’zgartiruvchi, kelishik qo’shimchalarini tashlab gapirishadi, shunda o’qituvchi bolalar nutqini to’g’irlab gapirishga, to’liq gapirishga o’rgatadi.
Maxsus maktablarda tasviriy san’at darslari asosida milliy kasb - hunarlarni qadrlashga o’rgatib borish
1-2 sinflardagi qo’l mehnati aqli zaif bolalarga kasb-mehnat ta’limi berishning propedevtiv (kirish) bo’g’ini hisoblanadi. Qo’l mehnati darslarining kasb-mehnat tayyorgarligi bilan bog’liqligini yordamchi maktab o’quvchilarida mehnat ta’limiga hozirlikni shakllantirishdan iborat.
Aqli zaif bolalaiga ta’lim berishning muvaffaqiyati o'quvchilarning o‘zlariga taklif etiladigan mehnat topshiriqlarini o‘zlashtirishga, olingan bilimlar asosida mashqlar bajarishga qanchalik tayyorligiga bog'liq bo'ladi. Bunday bolalar o‘z psixologik rivojlanishlar xususiyati tufayli barcha ish bosqichlarini zarur darajada chuqur o‘zlashtirmasligi mumkin. Yordamchi maktabning o‘ziga xos xususiyati ta’limning kirish yo‘nalishi yaqqol ifodalanishi bilan ajralib turadi, bunda har bir yangi bosqichdan oldin tayyorgarlik darajasi amalga oshiriladi.
Oligofrenopedagog qo‘l mehnati darslarida doimo o‘quvchilaiga turli shakldagi mehnatga qiziqishni singdirib borishi lozim. Ta’limning yakunlovchi bosqichi bo‘lgan uchinchi yilda endi muayyan ixtisoslaiga qiziqish uyg'otish ishlarini kuchaytirish va bu bilan o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishlarini boshlash mumkin.
Aqli zaif bola aniq bir tafakkurga ega bo'lishi bilan ajralib turadi, shu sababli ularga ta’lim berish predmetli-ko‘rgazmali asosda quriladi.
Yordamchi maktabning o‘quv jarayonini tashkil etish sifatini, tuzatish yo‘nalishini yaxshilash uchun rus defektologlari — G. M. Dulnev, I.G.Yeremenko, X.S.Zamskiy, S.D.Zabramnaya, N.P.Pavlova, M.N.Perova va boshqalar quyidagi shart-sharoitlarni tavsiya qiladilar:
o‘quv jarayonining barcha bosqichlarida maktab o‘quvchilari aqliy harakatlarini tashkil etish. 0‘quvchilarning aqliy operatsiyalarini bajarishi (moijal olish — tadqiqot, tahlil qilish, umumlashtirish, qiyoslash, nazorat qilish, rejalashtirish, baho berish operatsiyalari);
tasavvur, tushunchalarni tarkib toptirish jarayonida bolalarni buyumlarning o‘ziga xos, muhim belgilarni qismlarga ajratishga o‘rgatish;
ta’limning sekinlatilgan sur’ati (aqli zaif bolalarda asabiy-ruhiy jarayonlarning kechishiga muvofiq ravishda);
materialni ko‘p marta bir-biriga o‘xshatib takrorlash;
idrok etish ob`ektni ko‘p marta ko‘rsatishga asoslanishi lozim;
idrok etiladigan buyum va uning so‘z bilan ifodalanishi va amaliy harakatlar o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik o‘rnatish;
nutq faoliyatiga, nutqni nazorat qilishga undash;
yaxlit faoliyatni ayrim tarkibiy qismlarga, elementlarga, operatsiyalarga bo‘lish, ularni ichki jihatdan bir-biriga bog'liq ravishda idrok etish (aqli zaif bolalar global idrok etish bilan cheklanadilar);
o‘quvchilarni buyum bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy faoliyatga jalb qilish;
bolaning hissiy tajribasini yuqori darajada jalb qilish, saqlash analizatorlaridan har tomonlama foydalanish;
o‘quvchilarning harakatlarini doimiy ravishda tuzatib borish. Buning uchun har bir o‘quvchining o‘quv faoliyati o‘qituvchi tomonidan muntazam tahlil qilib boriladi, bundan maqsad vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish, yordam ko‘rsatishdir;
ta’limning propedivtikligi(kirish ta’limi); kirish kursi ta’limga asos boiadigan bilimlar boshlang‘ich minimumini yaratadi;
o‘quvchining eng rivojlangan sifatlariga tayanish;
Aqli zaif bolalarning mehnat faoliyatida qator kamchiliklar borligini ta’kidlash bilan birga, shuni e’tirof etish lozimki, ularning asosiy qismida turli darajadagi harakat buzilishlari mavjud. Aqli zaif bolalarning ish jarayonidagi kamchiliklar asosida mana shu harakat nuqsonlari ham ma’lum rol o‘ynaydi. Oligofrenopedagogika tarixida shifokor, pedagog, psixologlardan J.Demor, M.O.Gurevich, N.I.Ozereskiy, S. Ya.Rabinovich, A.N.Graborov, A.Gezell, G.Ya.Troshin, xareva, S.S.Lyapidevskiy, L.V.Zankov, respublikamizda B.F.Shoumarov, Q.Mamedov va boshqalar nuqsonli bolalarda harakat sistemalarining turli tomonlarini batafsil ochib berganlar. Yordamchi maktab mehnat ta’limining asosiy vazifalaridan biri aqli zaif bolalarning turli harakat nuqsonlarini ham tuzatishdan iborat. Mehnat ta’limi jarayonlarida faqatgina bilish jarayonlari rivojlanib, to‘g‘rilanib, tuzalib qolmasdan, balki ularning hissiyot-irodalariga ham samarali ta’sir etilar ekan.
M.S.Pevzner aqliy nuqson — oligofreniyani tahlil etar ekan, asosiy nuqson — ish qobiliyati va maqsadga muvofiq harakatlarning yetishmasligidir, deb ta’kidlaydi.
Yorodamchi maktabda mehnat ta’limi asosan ikki bosqichdan iborat:
Yorodamchi maktabda mehnat ta’limi asosan ikki bosqichdan iborat:
Yorodamchi maktabda mehnat ta’limi asosan ikki bosqichdan iborat:
Tayyorgarlik bosqichida asosan qo‘l mehnati mashg‘ulotlari olib boriladi.
O’quvchilarga bosma harflarni yozishga o’rgatishda qadar daftar yozib malaka hosil qilinadi. So’ngra alohia qog’ozga faqat chiziq orasida yozishga o’tiladi. Harf yozishda malaka hosil qilingandan so’ng plakat pero bilan, masalan: kitob bizning do’stimiz gapini yozishga o’tiladi. Avval har bir so’z harfdan yozilgan aniqlanadi. “Kitob” so’zi 5 ta harfdan, “bizning” so’zi 7 ta, “do’stimiz” so’zi 8 ta harfdan tuzilgan. Harf oralarida bir katakdan joy qoldiramiz. Shuni hisobga olib birinchi so’zga 19 ta, 2-so’zga 26 ta, 3-so’zga 33 ta katak olinadi. So’zlar orasida 2 katakdan joy qoldiramiz. So’zlarni markazdan 2 tomonga barobar joylashtiramiz.
Devoriy gazetani bezaganda bo’limlar va sarlavhalarga alohida ahamiyat beriladi. Devoriy gazetada rasm ham katta rol o’ynaydi. Shuning uchun devoriy gazetadagi rasmlar yaxshi ishlanishi hamda gazetaning mazmuniga muvofiq bo’lishiga e’tibor berilishi kerak. Devoriy gazeta ramlari 2-3 xil rang bilan ishlanishi lozim. Devoriy gazetani bezashda va yozishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim.
1. Gazeta nomi.
2. Bo’limlar sarlavhasi.
3. Maqolalar uchun ayrim sarlavha va rasmlar.
4. Kansovkalar.
5. Turli karikaturalar.
Rasm darslarida bolalarning estetik didlari rivojlantiriladi, shuningek rasm chizishda ketma-ketlikka rioya qilish o’rgatib boriladi.
XULOSA Alohida yordamga tarbiyaga muhtoj bo’lgan bolalar Respublikamizda 8 turdagi maxsus maktab va maktab internatlarida ta’lim - tarbiya olib kelmoqdalar. Xususan kar va zaif eshituvchi bolalar, ko’zi ojiz zaif ko’ruvchi, kar soqov bolalar, og’ir nutqiy nuqsonlarga ega bo’lgan bolalar, oligofrenog (aqlan zaif) bolalar uchun yordamchi maktab va maktab internatlari harakat tayanch buzilgan bolalar ruxiy rivojlanishi sustlashgan (RRS) bolalar uchun tenglashtirilgan, tenglashtiruvchi sinflar maxsus maktablar, ular qoshida bog’cha va guruhlar tashkil qilingan.
Aqli zaif bolalar maxsus maktab internatlarining asosiy vazifasi alohida yordamga muhtoj bolalarni mustaqil hayotga tayyorlash, bolaning bilish faoliyatidagi kamchiliklarini bartaraf etish undagi barcha a’zolar funksiyalarini faol ravishda yaxshilash, ruhiy jarayonlarni ijobiy tarkib toptirish, kamchiligi bor bolalarda mustaqil vatanimiz uchun eng zarur asosiy sifatlarini, barkamollikani hamda ahloqiy odat va fazilatlarini shakllantirishdan iborat.
Demak, bolalar bilan ishlash jarayonida ularning faoliyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirsak maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mamedov K., Shoumarov G. Aqli zaif bolalar psixologiyasi. Toshkent
2. P.M.Po’latova Maxsus pedagogika. “Oligofrenopedagogika”: - T. G’.G’ulom nomidagi nashriyot 2005 yil.
3. R.Hasanov Tasviriy san’at o’qitish metodikasi amaliy mashg’ulot: - T..: 2006 yil.
4.www.ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/sanat/Tasviriy san’at o'qitish metodikasi (S.Abdirasilov)
5. https://gigabaza.ru/doc/138395-pall.html
E’tiboringiz uchun raxmat!!!