Mavzu: bolalarning savod o‘rgatish jarayoniga tayyorgarligini o`rganish. Reja: kirish I bolalarni savod o‘rganishga tayyorlash


II.SAVOD O’RGATISH DAVRIDA YOZUV VA O’QISH DARSLARI



Yüklə 173,03 Kb.
səhifə8/11
tarix22.12.2023
ölçüsü173,03 Kb.
#190151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
savod o\'qish yozuv

II.SAVOD O’RGATISH DAVRIDA YOZUV VA O’QISH DARSLARI.
2.1.Bolalarning yozish, o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish va o’quvchilar nutqini o’stirish.
0 ‘qish va yozish — nutq faoliyatining turi. Maktabda o'qitish elementar o'qish va yozishga o'rgatishdan boshlanadi. ,,Alifbe“ga asoslangan holda qisqa vaqt ichida o'quvchilar o'qish va yozishga o'rgatiladi. ya’ni o'qish va yozish ko'nikmasini egallaydilar.Savod o'rgatish davrida o'qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o'qish va yozish ko'nikmasi deyiladi.Bu ko'nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko'nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko'nikmaga aylanmagan bo'lishi mumkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o'quvchi harflami tanib, ularni o'qiy olmasligi mumkin. Yozish ko'nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to 'g 'ri o'tirish, ruchkani barmoqlar orasida tulish,daftarni qiyalikda qo'yish kabilar ham o'rgatiladi.O'qish va yozish ko'nikmasi takomillashtirila borib, malakaga aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora takrorlanishi lozim. Yozish malakasida o'quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday yurgizish haqida o'ylab o'tirmay, so'z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o'qish va yozish malakasi harakatning o'ylab o'tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka o'qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga yetkaziladi.O'qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo'lib, u nutqqa oid malakadir. O'qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, ya’ni og'zaki hikoya qilish, o'zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan uzviy bog'liq holda shakllanadi.Maktabda o'qitishning muvaffaqiyati savod o'rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog'liq.O'quvchini savod o'rgatish jarayonida elementar o'qish va yozishga o'rgatishda o'quvchilaming faoliyat ko'rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari uchun talab bo'lishi, o'z fikrini og'zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va ehtiyojni yuzaga kcltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim. 0 ‘qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvafifaqiyatli amalga oshuvini ta ’minlaydi. Shuning uchun ham o'qishga o'rgatish bilan yozuvga o'rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. Shunday ekan, savod o'rgatish jarayonida bola juda ko'p o'qishi va yozishi zarur. O'qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o'qishbilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko'pincha o'qilgan matnni yuzaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o'stiradi. O'quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad —o'qish va yozishni o'rganish hamda hozirda bajarishi shart bo'lgan kundalik maqsad — topishmoqni o'qish va javobini topish, so'z va gaplarni o'qish, rasm asosida so'zlab berish kabilar turadi.O'zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan.O'qishda grafik shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. Bu o'qish va yozish faoliyatida o'quvchi uchun qiyinchilik tug'dirgandek tuyulsa-da, aslida o'qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni ifodalovchi harflar soni uncha ko'p emas. O'qish va yozishni o'zlashtirish uchun tovush va harflaming o'zaro munosabaliga oid qoidalarni o'zlashtirish kifoya. Savod o'rgatish metodikasida o'zbek tili tovushlar va harflar tizimining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. 0 ‘zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O'zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrdagi „Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriv etish to'g'risida"gi qonunga muvofiq o'zbek tiliyozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushiuchun unga mos grafik shakl qabul qilindi. O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o'qishga o'rgatishda o'zbektilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur.Savod o'rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi.So'z bo'g'inga bo'linadi, bo'g'indan kerakli — o'rganilayotgantovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butun o'qish jarayoni o'zlashtiriladi.Bunda o'zbek tili grafik tizimi, tovushlami yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o'rgatishda o'zbek tili grafik tiziminingquyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
1. Savod o'rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi.Hozirgi o ‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘. E harfi so'z va bo'g'in boshida qo'llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan keyin o 'rta keng lablanmagan unli tarzida o'qiladi (kel, tez). Savod o'rgatishda oldin so'z boshida keladigan e, so'ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan tanishtiriladi.0 harfi o'zbekcha, umuinturkiy so'zlarda quyi keng, lablangan о tovushini ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so'zlarda urg'usiz bo'g'inda atarzida (botanika), o‘ tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) tallaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so'zlar savod o'rgatish davridan so'ng o'quv jarayoniga kiritiladi. A tovushi bahor, savol kabi so'zlarda о kabi, mitomala, munosabat kabi so'zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi.U tovushi qovun, sovim kabi so'zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u yoziladi.1 tovushi bilan, sira kabi so'zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo saqlanadi.
2. O'zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo ‘ja ), k, 1, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g', sh, ch, ng. UndoshJarni o'rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi. Alifbo davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya’ni ovozdor tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlami bo'g 'in va so'z tarkibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari va harflari bilan tanishtirilgach, o'rgatiladi. Harf birikmalarini o'rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi bosqichida o'rganilishi maqsadga muvofiqdir.J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o'rgatish, talaffuzini tushuntirish, analitik-sintetik mashqlar yordamida ko'nikmalar hosil qiliinadi, keyingi darsda esa sirg'aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o'rgatiladi. So'ng bu ikki tovushning talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi.Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach, o'rgatiladi. O'quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o'qish va yozishga ko'nikishlari lozim. Bu davrda s’h (is’hoq) tarzida o'qiladigan holatga to'xtalmaydi. Jarangsiz jufti borjarangli undoshlar talaffuzi (b—p, d—t, v ~ f g—k, Z~s kabi) haqida dastlabki amaliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning talaffuzi va yozilishiga e’tibor qaratiladi. X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar beriladi, ulami farqlash bo'yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi.Tutuq belgisi ( ’ ) unli tovushdan so'ng kelsa, uni cho'zib talaffuz qilishga, undosh tovushdan so'ng kelsa. undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo'llashga doir ko'nikmalar shakllantiriladi.Savod o'rgatish jarayonida harflaming 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik) shakli va ularning ishlatilish o'rni o'rgatiladi.O'quvchilarni o'qishga o'rgatish bo'g'in asosida olib boriladi.Bo'g'inlab o'qishga o'rgatish uchun so'zni bo'g’inga bo'lish, bo'g'in chegarasini aniqlashni o'rgatish muhim sanaladi. Savod o'rgatish davrida o'quvchilar so'zlarni bo'g'inlarga to'g'ri ajrata olsalar, o'qish ko'nikmasini ham yaxshi egallaydilar.O'qishning dastlabki bosqichida orfografik o'qishdan foydalaniladi,asta-sekin orfoepik o'qish ko'nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so'zlar oldin orfografik, so'ngra orfoepik o'qib beriladi va ulaming o'qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O'quvchilar muayyan darajada tushunchaga ega bo'lganlaridan so'ng orfoepik o'qish mashq qilinadi.0 ‘qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi. O'qish ham,yozish ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi. Bu jarayonlar kichik yoshdagi o'quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi.Kichik yoshdagi o'quvchini o'qishga o'rgatishda quyidagilar kuzatiladi:
1. Bola o'qish paytida bitta harfni ko'radi, uni bilish uchun rasmlarni ko'z oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflami eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq o'qituvchi aytishga yo'l qo'ymaydi, undan bo'g'inni aytishni talab qiladi. O'quvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan chiqib qoladi yoki ularni qo'shib bo'g'in, bo'g'indan so'z hosil qilguncha, o'qish jarayoni sustlashadi.
2. Ko'pincha bola o'qiyotgan qatorni yo'qotib qo'yadi, harfni,bo'g'inni, so'zni qayta o'qishiga to'g'ri keladi. O'quvchining diqqati kengaygan sari bo'g'in va so'zni butunligicha idrok eta boshlaydi.
3. O'qishni endi o'rganayotgan bola o'qiyotgan matn mazmunini o'zlashtirmaydi, chunki u so'zni qanday o'qishga ko'p kuch beradi. Darslikdagi rasmlar, o'qituvchining savollari, ko'rgazmali qtrrollar ularning ongli o'qishlarini ta’- minlaydi.
4. Tajribasiz kitobxon so'zni birinchi bo'g'iniga yoki rasmga qarab topadi. Bu xato o'qishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish uchun so'z bo'g'inlab o'qitiladi, so'zni bo'g'in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf tomondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi. O'qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o'quvchilaming idroki,xotirasi, tafakkuri va nutqini o'stirishga katta e’tibor berish kerak.Savod o'rgatishda fonematik eshitish qobiliyatlarini o'stirishga,ya’ni tovushni aniq talaffuz qilishga, boshqa tovushlardan farqlashga o'rgatish, bo'g'in yoki so'zdan o'sha tovushni ajrata olish ko'nikmasini o'stirish muhim sanaladi. Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. Shu bois savod o'rgatish davrida eshitish idrokini o'stirish uchun ham maxsus xilma-xil mashqlar o'tkazib borish maqsadga muvofiqdir. Yozuv jarayonida o'quvchilar ruchkani to'g'ri ushlashni, daftarni to'g'ri qo'yishni, harfni yozishda yozuv chiziqlari, ular bo'ylab qo'lni harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga sig'ish-sig'masligini mo'ljallashi lozim. Bu jarayon o'quvchini aqliy va jismonan charchatadi, ayniqsa, ularning barmoq va yelka muskullaricharchaydi. Shuning uchun ham darsda ikki-uch marta daqiqali jismoniy mashqlar o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Yozuv jarayonida o'quvchi aichkani qog'oz ustida sekin, ishonchsizlik bilan qimirlatadi, bir harfni yozib to'xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba’zan chiziqdan chiqib ketadi, noto'g'rilarini bo'yab,to'g'rilaydi. Bunda u o'qituvchiga har daqiqada murojaat qiladi,uning qo'li va boshi yozishda birgalikda harakat qiladi. Yozuv jarayoni o'quvchilaming ongli harakat qilishlarini ham talab etadi. Shu sababli o'qituvchi yozuv jarayoniga sabr-qanoat bilan kata e’tibor qaratishi juda muhim. Yozuvning chiroyli va imloviy jihatdan to'g'ri bo'lishi savodxonlikning yuksak belgisidir. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish jarayonidagi o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ulaming to'g'ri talaffuzini o'rgatish orqali bolalarda to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o'quvchilar lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish, bilimini boyitish, tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o'stirishda ham bu davr mas’uliyatliligi bilan alohida o'rin tutadi.Tayyorgarlik davri o'qishga o'rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o'zgalar nutqini eshitish, diqqatni to'plash, til birliklarini (tovush, bo'g'in, so'z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllantiriladi. Bular o'quvchilaming o'qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi.O'qishga o'rgatish uchun, awalo, o'quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo'g'indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi.
Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo'nalishda amalga oshirilishi mumkin:
1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog'lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so'ng kerakli so'z ajratib olinadi, so'ngra so'z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi.
2. So'z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o'rganiladigan tovush ajratib olinadi. Masalan: oy. O'qituvchi oy rasmini ko'rsatadi,o'quvchilar uning nomini — so'zni aytadi. O'qituvchi о tovushini cho'zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi tovushni cho'zib aytayotganini o'quvchilardan so‘raydi. O'quvchilar о tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o'tkaziladi. О tovushli so'zlar o`ylab toptiriladi. Shundan so‘ng о harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko'rsatiladi. Bunda о harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor qaratiladi.
3. O'rganilgan harflar ichiga bugun o'rganiladigan harf aralashtirib qo'yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so'ng o'qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O'quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib,kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko'rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o'qishga o'rgatish ustida ishlanadi. O'qishga o'rgatishda bo'g'in asos qilib olinadi. Buning uchun o'qituvchida bo'g'in jadvali bo'lishi lozim. Bo'g'in jadvali asosida o'qish namunasi ko'rsatiladi, ya’ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko'z bilan ko'rib, uning nomini dilda saqlab, ikkinchi harfni ko'rish va ikkalasini bog'lab, unlini mo'ljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bo'g'in o'qish o'qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi. Bunda quyidagi kabi chizmalardan foydalanish mumkin: Bunda “Alifbe” sahifalaridagi so'zlarni oldin bo'g'inga bo'lish, so'ng o'qishni mashq qilish yaxshi samara beradi. O'qituvchining namunali o'qishidan so'ng birgalikda ovoz chiqarib o'qish, yakka-yakka o'qish, shivirlab o'qishdan foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o'qiydigan o'quvchilar bo'lgan sinflarda xor bilan o'qitish o'qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o'quvchilarining o'qish ko'nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so'zlarni xattaxtada bo'g'inlarga bo'lib yozish, o'rganilgan harflarni hisobga olgan holda qo'shimcha so'z birikmalari,gapiar tuzib yozish va o'qitish usulidan ham foydalaniladi.Ma’lumki, “Alifbe” sahifalarida bo'g'in tuzilishi murakkablashib boradi. Shuning uchun o'qituvchi har bir bo'g'in tuzilishining murakkabligiga qarab ish usullarini belgilab olishi zarur. Masalan, uch tovushdan tuzilgan, to'rt tovushdan tuzilgan bo'g'inlarni o'qishga o'rgatish ham o'ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunda o-lov,Mart-поп tipidagi bo'g'inlarda o-lo:v, Ma:n-no:n tarzidagi qo'shimcha chiziqdan, bodring, do 'st tipidagi bo‘g‘inlarda bo-d-ri:ng, to ‘:r:ttarzidagi qo'shimcha chiziqlardan foydalaniladi. So'zlarni o'qishga o'rgatishda bo'lib o'qitishdan tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi.Umuman olganda, har bir o'qish darsida, albatta, bo'g'in tuzilishi murakkab bo'lgan so'zlarni o'qish mashqi o'tkazilishi lozim. Bu usul o'quvchilarda o'qish malakasining takomillashuviga yordam beradi.O'qishga o'rgatishda so'zlarni va gaplarni to'ldirib o'qish ko'nikmalarini hosil qilish o'quvchini gap tuzishga, tez fikrlashga yo'naltiradi.O'quvchi tushirib qoldirilgan harf va so'zni rasmga qarab topadi, uning gap mazmuniga mos yoki mos emasligiga e ’tibor beradi, o'rtoqlariga nisbatan tez topib, o'qituvchining rahmatiga sazovor bo'lishga intiladi.”Alifbe” darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan.O'quvchilar shularga mos ohang tanlashni, to'xtam (pauza) qilish o'rinlarini belgilab olishi zarur. Burida ham o'qituvchining tushuntirishi(birinchi uchragan tinish belgini izohlashi) va ifodali o'qish namunasini ko'rsatishi katta ahamiyat kasb etadi. Ifodali o'qilgan matngina tushunarli bo'ladi. Har bir predmetda bo'lgani kabi o'qish darslarida ham ta’ lim-tarbiya birligiga e ’tibor beriladi. O'qish darslarida tarbiya o'qilgan matnning ongli o'zlashtirilishiga bog'liq. Birinchidan, o'quvchi matnda fikr nima haqida borayotganini anglasagina, o'zida shunday xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, yaxshi inson bo'lish uchun o'qishning zarurligini anglaydi. Shuning uchun ongli o'qishni ta’minlashda matn bilan unga ishlangan mazmunli rasmlar o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlashtirishga, matn yuzasidan savollar berishga diqqatni qaratish lozim. Bunda quyidagicha savol va topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Rasmni kuzating, matnda nima haqida gap boradi?
2. Rasmda nima tasvirlangan? Rasm bilan matn orasida bog'lanish bormi?
3. Matn mazmunini rasmga qarab so'zlab bering.
4. Bolalar qayerga bordilar? Qizning ismi nima? Bolaning ismi-chi?
5. Ali, Lola nima qildi? Ular qanday lolalar terdilar?
Demak, o'qish o'qilganlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim, shundagina matndagi asosiy fikr, ilgari surilayotgan g'oya o'quvchilar tomonidan o'zlashtiriladi, so‘z va matnlar yod olingan taqdirda ham o'quvchiniki bo'lib qoladi.Savod o'rgatishning birinchi kunlaridanoq o'qish ongli bo'lishi,bolalarni ongli o'qishga o'rgatish juda muhim. So'roqlar yordamida o'qilganlarni bola qanday tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. O'qishdan oldin o'tkazilgan tayyorlov suhbati ham, o'qilgan matn yuzasidan o'tkazilgan suhbat ham shu maqsadga — ongli o'qishga xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir o'qishni talab qiladigan muammoli holatni yaratish ham zarur. Bunday holat “Alifbe “ dan yoki harf terish matosidan, o'qiladigan topishmoqdan foydalanib yoki muammoli savolni keltirib chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida hosil qilinishi mumkin. Masalan, Qishda qushlar qayerga uchib keladi?(harf terish matosida: Issiq о‘Ikalarga uchib ketadi). Mana shu kabi tayyorlov mashg'ulotlari o'qishning yuqori darajada ongli bo'lishini ta’minlaydi. Ongli o'qishni ifodali o'qishdan ajratib bo'lmaydi. Ammo analitik o'qishning birinchi bosqichida ifodali o'qish mumkin emas, chunki bolalar so'zda urg'uli bo'g'inni ajrata olmaydilar, tugallangan intonatsiyani, so'roq ohangini, hatto, orfoepik to'g'ri o'qishni ham bilmaydilar.Shuning uchun analitik o'qish bosqichida so'zni yaxlit, orfoepik qayta o'qish tavsiya qilinadi. Bunday qayta o'qish to'g'ri intonatsiyaga, ifodalilikka rioya qilib o'qishga o'rgatibgina qolmay, o'qishning ongli bo'lishiga ham yordam beradi.Savod o'rgatishning birinchi darslaridayoq o'quvchilarga tabaqalashtirib (differensial) yondashish (bunda o'quvchilaming o'qishga tayyorgarliklaridagi fikrlar hisobga olinadi) amalga oshiriladi.O'qishning ongliligini va ta’sirchanligini ta’minlash uchun matn mazmunini o'quvchilaming ko'rgan-kechirganlari, taassurotlari bilan bog'lash lozim. Shunda o'quvchida o'qishga, o'rganishga qiziqish ortadi. Ongli o'zlashtirishni amalga oshirishda lug'at ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. So'zlaming ma’nosi ustida to'xtalish, birinchidan, fikmi oydinlashtirsa, ikkinchi tomondan matnni tushunishga ham yordam beradi.She’r, tez aytish, topishmoq, qo'shiq, maqol, hikmatli so'zlardan o'qitish, yod oldirish ham o'quvchilaming o'qishga qiziqishini oshiradi, o'qish malakasini shakllantiradi, xotirasini mustahkamlaydi.Boshlang'ich sinflarda o'qish darslarining uchdan ikki qismi o'qishni mashq qilishga ajratilishi lozim. Yangi material o'rganiladigan o‘qish darsida asosiy ish turlari quyidagilardir: 1. O'rganiladigan yangi tovushli so'zni (shu tovush so'z boshida,o'rtasida, oxirida kelgan so'zni) bo'g'in-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Bunda yangi tovush ajratiladigan so'zni o'quvchilar rasm asosida o'zlari tuzgan gapiar ichidan oladilar. Tovushni ajratishda shu so'zning chizmasi-modeliga asoslanadilar. Tovushlami eshitish, talaffuz qilish, ulaming artikulatsiyasi (nutq organlarining tovush chiqarishdagi ishi) ustida mashq qilinadi.
2. Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo'g'inlar o'qitiladi.
3. So'zlarni awal xattaxtadan, keyin “Alifbe”dan o'qish. Harf bo'g'inlaridan harf terish kartonida so'z, so'z birikmasi, gap tuzish va ulami o'qish, so'z ma’nosi ustida ishlash.
4. Matnni o'qish va tahlil qilish, uni qayta o'qish, rasmning matnga bog'liqligini belgilash.
5. Nutq o'stirish: lug'atini boyitish, so'z birikmasi, gap, bog'lanishlihikoya tuzish.
6. Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo'yish, yangi o'rganilgan tovushning unli yoki undosh ekanligini aniqlash, yangi harfni ilgari o'rganilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va hokazo.
7. O'rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovush ajratiladi,yangi harf bilan tanishtirish mashqidan tashqari, barcha ish turlaridan foydalaniladi, shuningdek, qo'shimcha so'zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o'qish va tahlil qilishga, ko'rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit doskasi, sirli mato, rasmlar va boshq.) nutq o'stirishga, o'yinlar va qiziqarli materiallarga, ilgari o'rganilgan tovushlar va harflami takrorlab mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.
8. Birinchi uchragan so'zlar bilan ishlash: ochiq bo'g'inda dastlab undosh, keyin esa unli o'qiladi, yopiq bo'g'inda esa unli bilan tugagan ochiq bo'g'inni o'qib, keyingi undosh o'qiladi va so'zni yaxlit o'qishga o'rgatiladi. O`quvchlarga asta-sekin bo'g'inlab o'qishdan sintetik o'qishga (so'zni butunligicha o'qishga) tayyorlab boriladi. Bunda yangi so'zni xattaxtada katta bosma harflar bilan yozish, o'quvchilarga o'qitish tavsiya qilinadi. So'z shivirlash bilan o'qiladi, kesma harf, bo'g'in bilan yoziladi.
9. Sujetli (rasmning asosiy mazmunini aks ettiradigan) rasmga qarab o ‘qituvchi yordamida, uning yo‘llovchi savollari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish va tahlil qilish. Yangi bo‘g ‘in, so‘z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato kabilarning va yangi so‘zni xattaxtada va daftarda “yasash” ning ahamiyati juda katta. O'qish uchun xilma-xil bosma materiallar qanchalik ko'p bo'lsa, ulardan turli xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, o‘qish shunchalik ongli, qiziqarli bo'ladi.Bola endigina o'qiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yo'qotmaslikka,shuningdek, so'zdagi keyingi harfni, keyingi so'zni yo'qotmaslikka o'rgatish juda muhimdir. Bu vazifani savod o'rgatishning boshlang'ich bosqichida xatcho'p (o'qiyotgan betni belgilab qo'yish uchun kitob ichiga solib qo'yiladigan qog'oz yoki lentacha) va tayoqcha bajaradi. O'qilayotgan qatorni kuzatib borish ko'nikmasiga sinf o'quvchilaridan o'rtog'ining xatosini to'g'rilashni talab qilish yo'li bilan ham erishiladi.O'quvchilar bu talabni qiziqib bajaradilar, shu yo'l bilan ularning darsga, o ‘qishga e ’tibori jalb etiladi.Demak, o'quvchilarni o'qishga o'rgatish, ularning o'qish sur’atini oshirish, ifodali va ongli o'qish elementlarini shakllantirish, tarbiyalash o'qish darslarining muhim vazifalari hisoblanadi. Savod o'rgatish jarayonida yozuvga o'rgatish. Savod o'rgatish jarayonida o'quvchilar o'qishga o'rganish bilan parallel ravishda yozuvdan ham elementar malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq o'quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim: 1. Partada to 'g 'ri o'tirish, daftarni to'g'ri qo'yish, chiziqlarni chamalash, yozayotganda ruchkadan to'g 'ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish;
2. Yozuv daftari yoki alifbe asosida o'zbek alifbosidagi barcha bosh va kichik harflarni yozish, shuningdek, harflarni so'zda bir-biriga bog'lab yoza olish; bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish
3. Tahlil qilingan so'z va ikki-uch so'zli gaplarni o'qituvchi yordamida yozish.
4. Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so'zlarni ko'chirib yozish va eshitib yozish: yozganlarini matnga qarab, shuningdek, izohlab o'qish bilan tekshirish.
5. Og'zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish.
Analitik-sintetik tovush metodi (tovush-tarkib metodi) tamoyiliga muvofiq, o‘qish va yozuv birligi saqlanadi. Harflarni yozishda o ‘qishga o ‘rgatishdagi tarkib asos qilib olinadi, ya’ni o ‘qish darsida o'quvchilar harfni o'zlashtiradilar, matnni o‘qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so'zni yozadilar. Yozuvga o'rgatishning bu tartibida genetik tamoyil buziladi, ya’ni oson harfni yozishdan asta-sekin qiyin harfni yozishga o'tiladi. Yozuvga o'rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir malaka ham ta ’lim berish, ko'nikmani shakllantirish va shu asosda qator mashqlami bajarish natijasida hosil qilinadi. Grafik malaka qo'l-harakat malakasidir, bu harakat, birinchidan, muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutq birligi bo'lgan tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga taijima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan,tovush va harfning to'g'ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va imlo qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o'z fikrini, taassurotini,istaklarini ifodalashda yozuv malakasidan foydalanishni talab qiladi.Yozishdan birdan-bir maqsad fikrni ifodalashda yozuv malakalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu maqsadni bolalar tez anglab yetsalar, ularda yozma nutq malakasi shunchalik muvaffaqiyatli va to'g'ri shakllanadi. Savod o'rgatish jarayonida bolalar juda sekin yozadilar.Yozuv malakasi o'qish malakasi bilan uzviy bog'liqdir. Bola yomon o'qisa, yozuvni egallashi ham qiyin bo'ladi, chunki bo'g'inlab o'qish malakasidan so'ng, bo'g'inlab yozish malakasi shakllanadi. Harf te rish kartonida tuzilgan so'zni ko'chirish yoki yozishga tayyorlanishda bolalar uni bo'g'inlab o'qiydilar. Bu o'qish uchun ham, bo'g'inlab aytib yozish uchun ham, imloga oid malakasining o'sishi uchun ham muhimdir. Yozish va o'qish uchun bolaning umumiy nutqiy rivojlanishi kata ahamiyatga ega. Keyinroq, bolalarda o 'z fikrini yozma ifodalash malakasi bir oz barqarorlashganda, bu malaka nutqqa, fikrni ifodalash jarayoniga ham ijobiy ta ’sir qiladi.
Grafik malakani shakllantirishda quyidagi bosqichlar mavjud:
1. Turli shakllar andozasi ustidan chizish. Erkin rasmlar chizish. Yozuv qurollarini to'g'ri tutish, turli qiya elementlar chizish, uzunlikni,oraliq masofani chamalash va hokazo.
2. Harf elementlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun elementlar, osti va usti ilmoqli elementlar chizish.
3. Bosh va kichik harflarni alohida yozish.
4. Harf birikmalarini, bo'g'inni yozish, harflarni to 'g 'ri qo'shib yozish malakasini hosil qilish uchun so'z yozish.
Grafik malakani hosil qilishdan asosiy maqsad, harflarni bosmasdan bir tekisda, elementlarga ajratmay bog'lab, tez, bir maromda yozish,so'zlarni qatorga to ‘g‘ri joylashtirishdir.Shuni ta ’kidlash kerakki, savod o'rgatish davrida bola harflarni yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni ko'z oldiga keltirib,fikrlab oladi, ba’zan harf shaklini havoda “chizadi”, harf namunasini ko'chiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni qanday yozishni o'zicha sekin gapiradi; o'qituvchi o'quvchi yoniga o'tirib, ruchkani to'g'ri ushlatadi va uning qo'li bilan harfni yozishni ko'rsatadi yoki o'zi yozib tushuntiradi.Bundan tashqari, bola yozuvning texnik tomoniga katta jismoniy kuch sarflaydi. Savod o'rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so'zni yozishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga binoan 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida”gi qonun qabul qilindi. 1995-yil 6-mayda bu qonunga o'zgartirishlar kiritildi. Bu alifbo, birinchidan, og'zaki talaffuz bilan yozma nutq mosligini ta ’minlaydi, ikkinchidan, jahon xalqlarining 30 foizdan ortig'i mana shu yozuvdan foydalanadi. Bu esa xalqaro aloqaaralashuvni birmuncha yengillashtiradi.Lotin alifbosiga asoslangan o'zbek alifbosidagi harflar ham bosmasdan,ortiqcha jimjimasiz, qo'l uzmasdan bog'lab yoziladi. Shuning uchun yozuvga o'rgatish metodikasida harflarni qo'shishga alohida ahamiyat beriladi. O'quvchilar barcha harflarni bir-biriga qo'shish yo'lini bilishlari lozim.Yozuvga o'rgatishning tashkiliy va gigiyenik shartlari. Maktabda asosiy yozuv quroli sharikli ruchka bo'lib, xattaxtaga yozishda bo'rdan foydalaniladi.Savod o'rgatish davrida bolalami yozuvga o'rgatish uchun turli vaqtlarda turli xil chiziqli daftarlardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz silliq qog'oz ishlatilgan bo'lsa, keyin quyuq yotiq chiziqlar bilan kesilgan uch chiziqli daftardan foydalanilgan: Bunday daftarda yozuvga o'rgatilgan boladan boshlang'ich sinflami bitirguncha besh xil daftarga yozishni o'rganish talab etilar edi:Hozirgi vaqtda yozuvga o'rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo'lishi talab qilinadi; 2-sinfdan,ba’zan 1-sinfda o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga yozishga o'tiladi.Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq va to'g'ri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o'rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi. Yozuv darsida o'quvchilar „Yozuv daftari" bilan ishlaydilar. Sinfda o'rganilgan harfni uyda mashq qilish uchun alohida daftar bo'lishi kerak.O'qituvchi yozish vaqtida 65° qiyalikda yozishni, buning uchun daftar parta ustiga 25° qiyalikda qo'yilishini amaliy ko'rsatib turadi. Yozuv daftari bilan ishlash. Yozuv daftari asosida uyushtiriladigan yozuv darslarida o'quvchilar asosan grafik malakalarni egallaydilar.Yozuv ko'nikmalarini shakllantirish ham bevosita nutq hamda tafakkur faoliyati bilan bog'liq. Shu sababli yozuv daftari ham savod o'rgatish jarayoniga mos holda tuziladi. Yozuv daftarida ta ’lim beruvchi, o'rganuvchi-tekshiruvchi va tekshiruvchi mashqlar beriladi. Bu mashqlar bilan ishlash jarayonida lug'at ustida ishlash, to'g'ri talaffuz, og'zaki suhbat, gap va so'z tahlili, so'z yoki bo'g'indagi yozilishi o'rganiladigan harfni ajratish, bo'g'inlarni biriktirish, tuzilgan so'zlarni o'qish va yozish kabi ish turlaridan foydalaniladi.Yozuv daftarida o'quvchilar “Alifbe”da o'rganilgan harfni yozma shakllantiradilar. Suhbat uchun daftarning yuqori qismida predmet rasmi yoki biror mazmunli rasm keltirilishi, ayrim predmet nomlarini ifodalovchi so'z chizmasi katakchalarga ajratib berilishi, gap nusxalarining keltirilishi maqsadga muvofiqdir. Ba’zi o'rinlarda o'quvchilar berilgan gap yoki so'z chizmasini o'zlari mustaqil tasvirlaydilar.Predmet rasmi berilgan o ‘rinlarda shu predmet nomi — so‘z bo‘g'in-tovush jihatdan tahlil qilinadi, so'zdagi tovushlar soni suhbat yo'li bilan aniqlanadi va katakchalarda ranglar bilan belgilanadi. Mazmunli rasm asosida gap chizmasiga mos gap tuziladi, keyin o'sha gapning tahlili ustida ish olib boriladi.Harflaming yozma shakli ularning bosma shakli bilan taqqoslash orqali tanishtiriladi.Yozuv daftarida tinish belgilar qo'llangan. Ular shu belgi uchragan o'rinlarda tanishtirib boriladi.Yozuvga o'rgatishda o'quvchilaming ko'ruv, eshituv, qo'l harakati sezgilarini ishga solish lozim. Shunda yozuv quruq yozuv bo'lmay,ongli yozuvga aylanadi.Yozuvga o'rgatishda orfografik elementlar. Orfografiya yunoncha so'z bo'lib, “to'g'ri yozuv” degan ma’noni bildiradi. Orfografiya(imlo) adabiy tilning yozma shakli bilan bog'liq bo'lib, to`g`ri yozish haqidagi qoidalar yig'indisidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni adabiy til me’yorlari asosida yozma ifodalab bo'lmaydi. O'quvchilaming imloviy savodxonligi haqida g'amxo'rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to 'g 'ri ifodalash, kishilar bilan o'zaro xatosiz muomala qilish uchun g'amxo'rlik demakdir. Savod o'rgatish davrida bolalarda grafik malakani shakllantirish bilan birga imloga oid malaka shakllantiriladi.
Savod o'rgatish davrida o'quvchilar quyidagilarni amaliy tarzda o'rganadilar:
a) talaffuzi va yozilishida farq qilmaydigan so'zlarda tovush bilanharfning mosligini;
b) so'zlarni alohida yozishni, ya’ni yozuv vositasida so'zni ma’nobirligi sifatida ajratishni;
d) so'zning satrga sig'may qolgan qismini keyingi qatorga bo'g'inlab ko'chirib yozishni (bunda bo'g 'in hosil qilgan bir unli harfni qatorga ko'chirib yozib bo'lmasligini);
e) gap boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qo'yilgan nomlarda bosh harfning ishlatilishini.
Savod o'rgatish davrida o'quvchilarda o'z-o'zini tekshirishga oid malaka shakllantiriladi: ular yozganlarini namuna bilan solishtiradilar, yo'l qo'ygan xatolarini topadilar, ularni izohlashga o'rganadilar. Shu davrdanoq ko'chirib yozish, diktant va ijodiy yozuv (insho)lardan foydalaniladi.Gap va so'zlarni yozishdan oldingi tayyorgarlik ishlari, muntazam o'tkazib boriladigan o'z-o'zini tekshirish mashqlari, o'qilgan matnning imlosini kuzatish o ‘quvchi!arda yuqori savodxonlik garovi bo‘lgan orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, ulami yuqori sinflarda o'rganiladigan imlo qoidalarini puxta o'zlashtirishga tayyorlaydi.Yozuv darslarida o'quvchilar nutqini o'stirish. Yozuv darslarida ham o'quvchilar^nutqini o'stirish, fikrlashga o'rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Yozuvga o'rgatishning dastlabki kunlaridanoq bolalaming o'z fikrini yozma ifodalashi muhim ekanligini, u insonlarning aloqaga kirishuvida muhim vositaligini tushunishlariga erishish lozim. Buning uchun o'quvchilar yozadigan birinchi so'z ularning jonli nutqidan yoki o'zlari tuzgan gapdan olinishi kerak. Bu jarayonda ko'chirib yozish va diktant ijodiy yozuvdan so'ng o'tkaziladi. Bu yozma mashq turlarining ongli bajarilishini, o'quvchilaming bilish faolligini ta’minlaydi.Masalan, bolalar o'qish darsida “Alifbe” da berilgan rasmga qarab gap yoki hikoya tuzadilar, yozuv darsida esa o'sha gap yoki hikoyadagi ma’lum bir so'zni yozadilar. Bu ular uchun ijodiy yozuv — inshodir.Keyinchalik o'quvchilar alohida so'z yozishdan kichik-kichik gaplarni yozishga o'tadilar.O'quvchilar gap yoki hikoyani og'zaki ravishda erkin tuza oladilar,lekin yozish uchun o'rganilmagan harf bo'lmagan so'zni tanlashda qiynaladilar.Bu jarayonda o'qituvchi yordam berishi va yozuvni kuzatib borishi lozim.Ijodiy yozuv mashqini doimo izchil ravishda o'tkazib, asta-sekin murakkablashtirib borish kerak. Bunday mashqlar o'quvchilarni insho va bayon yozishga tayyorlaydi, o 'z fikrlarini mustaqil ravishda yozma bayon qilishga o'rgatadi.Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o'quvchilaming yozma nutqini og'zaki nutqi bilan bog'liq holda o'stirishni ta’minlaydi.

Yüklə 173,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin