2.3 Savodga o‘rgatish mashqlarining asosiy turlari.
Savod o‘rgatish mashqlarining asosiy turlari Tovush ustida ishlash. Tovush savod o'rgatishning asosi bo'lib xizmat qiladi. Savod o'rgatish davrida so'z va bo'g'inlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va ularning artikulatsiyasini analiz qilish mashqlari o'tkaziladi, diksiya (ravshan, burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida ishlash harf ustida ishlash bilan, ayniqsa, kesma harflardan bo'g'in, so'z tuzish kabi sintez qilish usullarida birlashib ketadi; tovush va h aif o'rtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish o'qish malakalarini shakllantirish uchun ham, imloviy jihatdan savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir. So'zlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish usullari hozirgi kunda takomillashtirilib borilmoqda.
Savod o'rgatishda asosan, quyidagi usullar amalda qo'llanilmoqda:
I. Analiz mashqlari.
1. Nutq (gap)dan so'zni ajratish; so'zni aniq talaffuz qilish; b o 'g'inlarga bo'lish va bo'g'inlarni aniq talaffuz qilish, so'zdan, bo‘g'indan tovushni kuchli talaffuz qilib o'qish, muayyan tovushni ajratgan holda so'zni bo'g'inlab o'qish (aaaa-na, nooon, iiin, sssa-na, ki-yyyik, iiish).
2. Darsda o'rganiladigan yangi tovushni ajratish. Bunday tovushni birinchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
a) so'zdan tovushni cho'zib talaffuz qilish bilan ajratish: aaa-na,looo-la, booo-la;
b) undosh tovushni yopiq bo'g'indan ajratish: Usss-mon, O-limmm, A-minnn.
d) sirg'aluvchi undoshni ochiq bo`g `indan ajratish: sssa-na, tu-yyyа, zzzi-rak;
e) bo'g'in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, o ‘-tin, a-na,e-tik, i-pak;
f) o'rganiladigan tovushni so'z boshida kelgan so'zlardan ajratish(so'zni o'qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o'quvchi aytadi): non,tok, olma,...;
g) rasm nomini ifodalovchi so'zni aytish: o'qituvchi nokning rasmini ko'rsatib, noo deydi, o'quvchilar к tovushini qo'shib aytadilar:nok.
Bu jarayonda Omonashuvli ishlab chiqqan usuldan ham foydalanish mumkin. Bunda tovush emas, harf asos qilib olinadi. O'quvchilar o'rganilgan harflar ichidan notanishini topadilar, so'ng uning o'qilishi va fonetik belgilari ustida ishlanadi:Darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan so'ng, odatda, shu tovush so'z boshida, o'rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan so'zlar tanlanib, o'quvchilarga talaffuz qildiriladi.
Misol:
L tovushi: lay la k, olma, fil.
О tovushi: olma, non, O-mon.
D tovushi: don, Odil (so'z oxirida jarangsizlashadigan ozod, obod kabi so'zlarni tanlash tavsiya qilinmaydi).
Dostları ilə paylaş: |