Mavzu: bolalarning savod o‘rgatish jarayoniga tayyorligini o‘rganish mundarija reja: kirish


Savodga o’rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish



Yüklə 371,67 Kb.
səhifə5/8
tarix14.06.2023
ölçüsü371,67 Kb.
#129737
1   2   3   4   5   6   7   8
BOLALARNING SAVOD O‘RGATISH ...

2.2.Savodga o’rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish
Alifbe davri uchun har bir tovushga ilova sifatida so‘zlarning bo‘g‘inlab berilishidan maqsad, avvalo, kelajakda o‘quvchining orfografi k savodxonligini ta’minlashga, to‘g‘ri o‘qish va yozish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga, qolaversa, uning lug‘at boyligini, so‘z

zaxirasini oshirishga qaratilgan. Ushbu materiallar yangi bilim larni mustahkamlashga oid mashg‘ulotlarda o‘quvchilar bilimini tekshirib ko‘rishda asqotadi.


O‘qituvchilar mazkur didaktik materiallarga ijodiy yondashgan holda o‘quvchilarning to‘g‘ri yoza olishi, so‘z boyligi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajrata bilishga oid bilimlarini tekshirib boradilar. Masalan: B harf-tovushini o‘rganish uchun 3 ta so‘z andozasi berilgan bo‘lib, ular bobo, beshik, baliq rasmlari bilan birgalikda taqdim etilgan. Birinchi andozani o‘quvchilar mustaqil to‘ldira oladilar, chunki bobo so‘zidagi barcha harf-tovushlar o‘quvchilarga tanish, beshik va baliq so‘zlariga oid andozalarni to‘ldirish emas, balki mazkur so‘zlarni darslikdagi andozasiga asoslanib bo‘g‘inlarga ajratishni talab qilish maqsadga muvofi q bo‘ladi.
Yangi o‘rganilgan har bir harf-tovush uchun berilgan rasm asosidagi so‘zlarni shu xilda bo‘g‘inlarga bo‘lib talaffuz etish, barcha harf-tovushlari o‘rganilgan so‘zlar uchun berilgan andozalarni mustaqil to‘ldirish o‘quvchida orfografi k savodxonlikni o‘stirishga yordam beradi.
Hozirgi vaqtda izlanuvchan va tajribali o‘qituvchilar bilish faoliyatini jadallashtirishda ta’lim jarayonini didaktik o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirib samarali natijalarga erishmoqdalar. Ma’lumki, o‘qituvchi didaktik o‘yin darslarni o‘tkazish uchun juda ko‘p adabiyotlar bilan tanishishi, o‘quvchilarning bilim darajasi, yoshi, psixologik xususiyatlari, iqtidorini hisobga olishi zarur.

Kitobxon.Com 10 Didaktik o‘yinli darslar yangi mavzuni bayon qilish, mustahkamlash, bolalar bilimini sinab ko‘rish va baholash jarayonida qo‘llanilishi mumkin.


O‘qituvchi o‘quvchilarni yakkama-yakka, keyinchalik guruhli o‘yinlarga tayyorlashi, ular muvaffaqiyatli chiqqanidan so‘ng ommaviy o‘yin darslarini o‘tkazishi kerak. Chunki o‘quvchilar didak tik o‘yin darslarda ishtirok etish uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarni egallagan bo‘lishlari zarur. Savodga o‘rgatish davrida qo‘llaniladigan ba’zi didaktik o‘yin mashg‘ulotlaridan namunalar keltiramiz: I. Mazkur didaktik o‘yinni alifbegacha davr va alifbe davrida qo‘llash mumkin.
O‘quvchilarga bir so‘z o‘qib eshittiriladi. Masalan: «Ism» so‘zi. Agar o‘quvchilar mazkur so‘zni yoza olsalar, alifbe davrida bu so‘zni sinf xattaxtasiga yozib qo‘yish mumkin. So‘ngra so‘zdagi har bir harfga alohida so‘zlar toptiriladi. «Ism» so‘zidagi I, S, M harfl ari uchun o‘quvchilar: I – ilon, S – sigir,
M – maymun so‘zlarini topadilar. O‘qituvchi mazkur so‘zlar ishtirokida gap tuzdiradi.
O‘quvchilar «Hayvonot bog‘ida ilon, maymun bo‘ladi, sigir esa bo‘lmaydi», «Men ilon, maymun, sigir rasmini chizdim» kabi gaplarni tuzishlari mumkin. Ilon, sigir, maymun so‘zlarini bo‘g‘inlarga bo‘lib o‘rgatish, so‘zlar tarkibidagi unlilar haqidagi ma’lumotni mustahkamlash asosida o‘quvchilarning bo‘g‘in va tovush munosabatiga oid tushunchalari rivojlantiriladi.

Yüklə 371,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin