Mavzu: bolalarning savod o‘rgatish jarayoniga tayyorligini o‘rganish mundarija reja: kirish



Yüklə 371,67 Kb.
səhifə3/8
tarix14.06.2023
ölçüsü371,67 Kb.
#129737
1   2   3   4   5   6   7   8
BOLALARNING SAVOD O‘RGATISH ...

1-rasm O’qish o’rgatish jarayon
ANTONIM SO‘ZLAR” O‘YINI
Bu o‘yin kata va tayyorlov guruhlarda o‘tkazilishi mumkin. O‘yin mashg‘ulot bolalarning mantiqiy tafakkurining rivojlanishiga samarai yordam beradi degan umiddamiz. O‘yin induvidual, guruh bilan ham o‘tkazilsa ham bo‘ladi.
Tarbiyachi bolaga bir so‘zni aytadi, bola esa shu so‘zning qarama-qarshi ma’no anglatuvchisini topadi. Masalan: katta-kichik, issiq-sovuq, qattiq-yumshoq, uzoq-yaqin va xokazolar.
Odatda bollar o‘yin boshida biroz qiynaladilar, aytilgan so‘zga javoban, antonim emas sinonim so‘zlar bilan javob beradilar. Ammo o‘yinning mohiyatini tushunib olganlaridan so‘nga bstrakt tushunchalarni ham osonlikilan anglaydilar, hamda tezlik bilan javob berishga xarakat qiladilar masalan: chaqqoon-yalqov, ishchan-dangasa, odobli-odobsizvaxokazolar.
Avval nima bo‘lgan edi” o‘yini
Bu o‘yin shartiga ko‘ra bolalar tarbiyachi tomonidan aytilgan narsaning avval nima bo‘lganini aytishlari kerak. Masalan: jo‘ja-tuxum, ot – toychoq, kapalak – qurt kabilar.
I. 2. Mashg’ulot jarayonida bolalarni savodga o’rgatish
Bundan tashqari bitta dan ko‘p ma’noga ega bo‘lgan so‘zlardan ham foydalanish mumkin. Masalan: non – un – bug‘doy, uy – g‘isht – loy, stol – yog‘och – daraxt – urug‘, ko‘ylak – mato – ip – paxta – chigit tarzida o‘yin davom etaveradi. Yo`qoridagi tavsiya etilgan o‘yinlr orqali bolalarni mantiqiy fikrlash va tafakkurini rivojlantirish hamda ravon nutqga o‘rgatish mumkin.
Mashg‘ulot Mavzu: “d” tovushi va bosh va kichik “Dd” harflari bilan tanishtirish.
Maqsad:“d” tovushi va “Dd” harflari bilan tanishtirish, o‘rganilgan unli harflar bilan bo‘g‘in, so‘z tuzish va o‘qish.
Vazifalar:

“D” tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,


“D” tovushli so‘zlar bilan bolalar lug‘atini boyitish.
“D” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish
Bo‘g‘inlardan so‘z tuza olish
Kutilayotgan natijalar:
“D” tovushi va “Dd” harflari bilib oladilar.“D” tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.

“D” tovushli so‘zlar ayta oladilar.


“D” tovushli so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘la oladilar
Kerakli jihozlar:
“Dd” harflari
“D” tovushi bor suratlar
“Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing” ta’limiy o‘yin uchun materiallar
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan harflarni ,,Harf jildi "dan o‘qitadi. Ularga xos xususiyatlarni savollar yordamida eslatadi: Bular qanday xarflar? Ular nimalarni ifodalaydi? Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (Bo‘g‘in hosil qiladi.) Bu harflarning nechta shakli bor?
Bugun bolalar “D” tovushi va bosh va kichik “Dd” harflari bilan tanishamiz
Di-van so‘zi necha bo‘g‘inli? Men aytaman, siz aniqlaysiz: Di-van men shu so‘zni qayta aytaman, siz birinchi tovushni aytasiz: D-D-Di-van, Xattaxtaga bitta to‘rtburchak chizaman. Endi: 2- tovushni ayting: Di-v-v-van, 2- to‘rtburchak chiziladi. 3-tovushni toping: Di-v-v-van 3- to‘rtburchak chiziladi: — Di-van so‘zining modeli hosil bo‘ladi: Bu so‘zda biz tanishmagan qaysi
tovush bor? (“D” tovushi) Bugun siz “D” tovushi bilan tanishasiz. “D” tovushi bolalarga talaffuz qildirtiriladi.
Tarbiyachi: “D” tovushini talaffuz qilganimizda quyidagilar sodir bo‘ladi: lablar biroz ochiq, harakatsiz, tinch holatda bo‘ladi, tishlar bir-biriga yaqinlashgan, lekin jipslashmagan, “D” tovushi unli “a”, “i”, “o”, “u” tovushlari bilan qo‘shib talaffuz etilganda tilning oldingi kurak qismi yuqorigi tishlarga yoki alveolalarga tiralib turadi. “D” tovushi ya, yo, e, yu unli tovushlari birikmasi bilan talaffuz etilganda tilning uchi pastga tushgan bo‘lib, pastki kurak tishlari
Tarbiyachi: endi men “D” tovushini talaffuz qilaman, “D” tovushini cho‘zib aytib bo‘ladimi? (Yo‘q) Tarbiyachi “D” tovushining hosil bo‘lishini tushuntiradi. “D” tovushi undosh tovushlar sirasiga kirishi qayd

etiladi. “D” tovushining xususiyatlari quyidagi savollar asosida bolalardan so‘raladi:


“D” tovushi qanday tovush?
Undosh tovushlar qanday rang bilan belgilanadi?
“D” undosh tovush. Undosh tovush unli bilan birga bo‘g‘in hosil qiladi.
“D” tovushining talaffuzi o‘rgatiladi. “D” tovushining so‘z boshida (don, deraza,dutor), o‘rtasida (O-dil, A-do-lat)) kelishi haqida, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytish, bo‘g‘inlardan tovushlarni ajratish, “D” tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelganini aniqlatish orqali tushuncha beriladi.
Tetiklashtiruvchi mashqlar
“Kapalaklar”
O‘yinning mazmuni: Bolalar stulchalarda o‘tirishadi.
Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar; ko‘k, sariq, qizil!» Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. Ko‘raylikchi, ular ucha

oladilarmi? (ularni puflaydi). Qaranglar, uchib ketishdi. qani sizlar ham puflab ko‘ringlar-chi. Kimniki uzoqqa uchar ekan?


Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib qo‘yadi, bolalar kapalakka qarab puflaydilar.
O‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to‘g‘ri turishiga, nafas olganlarida elkalarining ko‘tarilmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar biroz cho‘chchaygan bo‘ladi. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasidan tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak. Endi “Dd” harflari bilan tanishamiz. Bosh “D” va kichik “d” ko‘rgazmadan, rasmli alifbodan, maxsus tayyorlangan ko‘rgazmadan (bosma shakli) ko‘rsatiladi. Bosh “D” harfi ko‘rsatilib, bu harfning qanday shakli? (Bosh shakli — Bosh D harfi) Bosh “D” harfi bilan qaysi so‘zlar yoziladi? Bu (“D”) qanday harf? (Bu kichik “d”harfi) U qaysi so‘zlarda yoziladi? (dutor, doira...) Men ko‘rsatgan “Dd” harflarini nimalarda o‘qiysiz? Nima uchun “D” harflari ko‘k
rangda yozilgan? SHundan so‘ng kesma “Dd” harflari ,,Harf kassasi"ga qo‘yiladi
Bolalar uchun amaliy ish.Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz plastilindan “D” harfini yasaymiz. Buning uchun “D” harfining shakliga diqqat bilan qarab olib, plastilindan shu shaklni yasaymiz.
Bolalar “D” harfi haqida quvnoq she’r eshiting.
Oyijonim olmani-
To‘rt bo‘lakka bo‘ldilar:
Bir bo‘lagin ko‘rsatib,
“D”ga o‘xshar, dedilar. “D” harfli bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish. Tarbiyachi harf terish kartoni, xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga di,du,do‘,ad, id,od, o‘d bo‘g‘inlarini tuzib, yozib qo‘ygan bo‘ladi. Uni bolalarga o‘zi o‘qib namuna ko‘rsatadi. Bolalar bilan xo‘r bo‘lib o‘qiydi. So‘ng yakka-yakka o‘qitadi.
Bunda “D” tovushiini ichda saqlab, keyin unlini qo‘shib birga o‘qish lozimligi amaliy ko‘rsatiladi.
SHu bo‘g‘inlar qayta bolalarning o‘zlariga tuzdiriladi va o‘qitiladi. Bunda tarbiyachi “Da” deydi va yo‘llanma beradi: avval qaysi tovushni eshityapsan (“D” tovushini), o‘shani ,,Harf jildi "dan olib qo‘y. “Daa”, endi oxirida qaysi tovushni eshityapsan? (“a” tovushini) “D” harfining qaeriga “a” harfini qo‘yasan? (orqasiga) Tuzgan bo‘g‘iniingni o‘qi: “Da”. (Qolgan bolalar o‘z joylarida kesma harflardan foydalanib bo‘g‘in tuzadilar ) SHu tartibda di,du,do‘,ad, id,od, o‘d bo‘g‘inlari tuzdiriladi va o‘qitiladi.
Kesma harflar bilan ishlash. Bolalarga kesma harflardan bo‘g‘in tuzdiriladi va o‘qitiladi. Tuzilgan bo‘g‘inlardan yoki bo‘g‘inli kartochkalardan bir nechta so‘z tuzdirilib, o‘qitiladi, ulardan birining bo‘g‘in-tovush tahlili o‘tkaziladi: don, do‘l, do-ri, da-la, O-dil, du-tor.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
- “D” qanday tovush ekan?
-Bu tovushni nima qilamiz?
- Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?"
- “D” tovushi qaysi harf bilan yoziladi?
- “D” harfining shakli qanaqa ekan?
- “D” harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
- Bosh D harfi qaysi so‘zlarda yozilar ekan?
Bo‘g‘inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik?
Alifbegacha tayyorlov davri
B) Alifbo davriga bo’linadi. Ikkinchidan, yozuvga o’rgatish, o’qishga o’rgatish bilan parallel holda olib boriladi.
Analitik-sintetik tovush metodi psixolingvistik nuqtai nazaridan: Birinchidan, savod o’rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; Ikkinchidan, savod o’rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulyasiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; uchinchidan, o’qish birligi sifatida bo’g’in olinadi, bo’g’in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi.
Metodning shakllanishi va tashkil topish jarayonida bo’lgan tamoyillari:
Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarga differensial va individual yondashish;
O’qitishning istiqbolli nuqtai nazaridan: grammatika, so’z yasalishi, imlo,leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib borish;
Psixolingvistik nuqtai nazardan: tovush va harfni o’qitishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ikkinchidan, ta’limning tarbiyaviy va o’stiruvchi xarakteri hisobga olinadi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning muhim prinsiplaridandir.

Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar. “Alifbe” sahifalarida do’stlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat, kattalar mehnati, bolalar o’yinlari, oila, maktab hayoti kabi rasmlar berilgan. Turli mavzularda matn berilgan. Bular bolalarda o’zaro do’stlik, mehnatsevarlik, mehnatni qarlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash, hayvonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o’qishni sevish – umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Bular bolalarni xalqning qaynoq hayotiga, uning baxtiga, orzulariga, muvaffaqiyatlariga ruhlantiradi. Demak,


bolalarga axloqiy, g’oyaviy-siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod o’rgatish vazifasiga kiradi.


Savod o’rgatishni to’g’ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligi maxsus o’rganish talab etiladi. Maxsus o’rganish avgustda, hatto undan oldin – bahordan boshlanadi. 1-sinfga keladigan o’quvchining oilasiga yoki bolalar bog’chasiga boriladi, suhbat o’tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi.
1.O’qish ko’nikmasini aniqlash:
a) so’zni sidirg’a o’qiydi;
b) bo’g’inlab o’qiydi;
v) harflab o’qiydi (noto’g’ri o’qish);
g) anchagina harflarni biladi, lekin o’qishni bilmaydi;
d) ayrim harflarni biladi.
2. YOzuv ko’nikmasi:
a) hamma harfni yozishni biladi, so’z yozadi (bosma yoki yozma):
b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma);
v) yozishni umuman bilmaydi.
3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi:
a) so’zni bo’g’inlarga bo’ladi;
b) so’z yoki bo’g’indagi tovushni ajratadi;
v) hamma tovushni to’g’ri talaffuz qiladi;
g) ayrim tovushlarni noto’g’ri talaffuz qiladi (qaysi tovushlar ekanini xisobga olinadi);
d) nutqning baland yoki pastligi.
4. Og’zaki bog’lanishli nutq. SHe’rni yoddan o’qish:
a) 3 ta she’rni biladi, uni zavqlanib aytadi;
b) 1-2 ta she’rni biladi, aytishga uyaladi;
v) birorta she’rni yoddan o’qishni bilmaydi.

5. Og’zaki bog’lanishli nutq. Ertak aytish:


a) bir yoki bir nechta ertakni aytishni biladi;
b) ertak aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi;
v) ertak aytishni bilmaydi, o’rganishga ham harakat qilmaydi.
6. Og’zaki bog’lanishli nutq. Fikr bayon qilish. (“Rasmda nimalar ko’rayotganingni aytib ber”):
a) 20 so’zdan ortiq bog’lanishli hikoya, bir necha gap;
b) 10 tadan 20 tagacha so’z, bir necha gap;
v) 10 tagacha so’zli bog’lanishli javob;
g) 3-4 so’zli qisqa javob.
Shuningdek, bola nutqining sintaktik qurilishi ham foydalanadigan so’zlar doirasi ham o’rganiladi, to’plangan materiallar 2 variantda yoziladi.
a) har bir o’quvchi haqida alohida ma’lumot, bu bolaga yakka yoki differensial yondashish uchun kerak bo’ladi;
b) sinf o’quvchilari uchun umumiy ma’lumot, bu ma’lumotdan darsda sinf o’quvchilari uchun umumiy ishlar metodikasini tanlashda foydalaniladi.
v) ma’lumotning bittasi maktab ma’lumotida, ikkinchi nushasi sinf o’qituvchisida qoladi.
1-bosqichning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf bilan tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, og’zaki va yozma nutq haqida gap, nutqning gaplardan tuzilishi, so’z, gaplarning so’zlardan tuzilishi; bo’g’in,
so’zlarning bo’g’inlardan tuzilishi, so’zlarning bo’g’inlarga bo’linishi; tovush, bo’g’inlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini o’rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish ko’nikmalari hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nusxalar asosida o’quvchilarning bog’lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o’zlari bilan she’r,ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo’shiqlar, latifalardan ayttirish lozim.

Yüklə 371,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin