Ertalabki soatda bolalar bilan suxbat o’tkazish- kim, qayerda yashaydi ? Ertalabki soatda bolalar bilan suhbat o`tkazish – kim, qaerda (mahalla, ko`cha, shahar) turadi? U yerda kimlar turadi? Oilada kim onasiga qanday yordam beradi?; Badan tarbiya mashqlarni musiqa bilan o`tkazish (magnitafon) ; Ona tili uslubiyatidan mustaqil mashg`ulot o`tkazish – “O`z tilim – ona tilim” mavzuda didaktik o`yinlardan “Gapni tugat”, “Shirin so`zlar”, “O`yinchoqlarni mehmon qilamiz”; sayr – bolalar bilan birgalikda o`troq qushlarni kuzatib, ular haqidagi bolalar bilimlarini mustahkamlash (chumchuq, musicha, mayna va h.k.) Harakatli o`yin o`tkazish “Kim chaqqon”, “Bekinmachoq”, “Lafta”.
Alaliya tashxisidagi bolalar bilan tarbiyachi shug`ullanayotganda bolalarning ruxiy xolatlariga etibor berishi kerak. Tarbiyachining asosiy vazifasi alaliya bolalar bilan didaktik materiallar orqali nutqini rivojlantiradi. Masalan ; mashg`ulotlarga oid elementlarning tartibli ishtirokiga ko`ra ularning shakli rangi va xajmini xisobga olgan xolda minora qurish (lego orqali) yoki mazayka yordamida geomеtrik shakllardan foydalanishi mumkin.
Ertalabki qabulni mustaqil o’tkazish. Yakkama-yakka bolalar bilan suhbat o’tkazish, ularning “Ona Vatan” haqidagi bilimlarini aniqlash. Ertalabki qabulni mustaqil o`tkazish; yakkama-yakka bolalar bilan suhbat o`tkazib ularning ona Vatan haqidagi bilimlarini aniqlash (Ona Vataning nima deb ataladi? Qanday xalqlar yashaydi?, Nima uchun sen o`z Vataningni sevasan?, Bizning poytaxtimizni nomi nima?, O`zbekistondagi qanday shaharlarni bilasan?, qanday she'r va ashulalar bilasan?, Prezidentimizning ismi shariflarini bilish? 1 sentyabr qanday kun? Mashg`ulot – tasviriy faoliyat – “Dasturxonimizni bezaymiz” mavzusida dekorotiv rasm. Sayr jarayonida bog`cha hovlisidagi terak, chinor va boshqa manzarali daraxtlar bilan tanishtirish. Ular manzarali daraxt bo`lib ko`cha, bog`cha va boshqa joylarni bezatish, ko`kalamlashtirish uchun ekilganligini tushuntirish; bolalarni mustaqil o`yinlar uchun o`yinchoqlar olib chiqish.